TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

So'fiylik sabolari

Muallif: Sofiy tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2012-05-02

So’fiylik dardi Ilohdir.

So’fiylik nadir desa degilki, uning qalbi ilohiy olamning markazida turuvchi quvvatlar shodasidir. Bu quvvatlarning bir tomoni ilohiy jalolga ulangan bo’lsa, bir tomoni  vujudan mavjud so’fiyning zamini bilan bog’liqdir. So’fiy ilohiy olam sohibi Ollohning xos kishisidir va ul mavjudlik olamida vujudiga begona bo’lgan sifati bilan ilohiyligi saodatida zamin va koinotni bir-biri bilan bog’lab turadi. Koinotlar sarvari ilohiylik saltanatida bandasifatlar orasidan so’fiylarni tanlab oldikim, ularning ishqi istaklari ilohiy olam burjidagi quvvatlar tizginiga mos va uyg’undir. So’fiylar bandalar bilan ilohiyot orasidagi vositachidirlar. Ularning riyozat evaziga topgan mulki ilohiyotlari Olloh olamining o’zginasidir. O’zlikka aylangan ilohiy so’fiylarning har bir harakatida ibodat va saodat nurlari olam sahniga barokat va salomatlik, tinchlik va xotirjamlik javohirini sochib turadi.

So’fiylar tafakkur bobida ilg’or qalbi shuuridagi ilohiy quvvatlar manbai olam va zamin siru asrorlarini  uning ko’z oldida namoyon qilib turadi. Vujudan mavjud, ruhan ilohiyotga aylangan so’fiyning holati ilohiy olam sarhadlarini qamrab oladi. Bunday cheksiz va xotirjamlik olamidagi so’fiyning har bir harakati Iloh izmi bilan ro’y bera boshlaydi. Bu harakatlar tizimida ma’lum qolip mavjud emas. U istagan joyida, istagan paytda hoziru nozir bo’lishi mumkin. So’fiy ruhiyat olamini ilohiyotga aylantirib, undan mavjudlik vujudini yaratadigan ilohiyot kishisidir. So’fiy ilohiy sirlar olamining sohibidir. Bu olamdan tergan ilohiy javohirlari uning karomati mevasiga aylanadi. So’fiylar o’z mavjudlik vujudlariga begonadirlar va bu vujud ularning samolarga sig’magan ilohiy ruhiyatlari uchun misoli qafasdir... So’fiylar Ilohning bir bo’lagidirlar va shu sabab ham karomat sifatidagi har bir nafaslaridagi duo olamni gulzorga aylantiradi va yoyinki bir qarg’ishi har qanday kuchni yakson qiladi. So’fiylar Iloh nomidan so’zlaydilar, ilohiy ko’z bilan nazar soladilar, ilohiy fikr bilan kashf qiladilar. So’fiyning bir nafasidagi quvvatning harorati ming dardlarga davodir. So’fiylar ko’rinmasdir, lekin ko’rsatib qo’yadilar. So’fiylar ushlanmasdir, lekin ta’sir kuchi yoyinki ko’kka ko’taradi va yoyinki badnom etadi. So’fiyni eshitib bo’lmas, lekin eshittirib qo’yadi. So’fiylikni yo’q qilib bo’lmas, lekin u bor qilish qudratiga ega. So’fiy bilan kurashib bo’lmas, chunki u doim g’olibdir. So’fiylikni sezib bo’lmas, chunki u moviy bo’shliq bilan limmo lim to’ladir.

Insonni ilohiyotga etkazuvchi bu so’fiylikdir. So’fiylik chegara bilmas. So’fiylik falsafasining oxiri yo’qdir, chegarasizdir. Uning chegarasi Ollohning chizig’idan boshlanadi va tugaydi. Hatto gallaktikalar so’fiyni o’ziga bo’ysindira olmaydi. Gallaktikalar chegarasi so’fiy uchun ma’lum bir qolipdir. So’fiylar bunday qolip chegaralaridan chiqib, samosiz samolar kengliklari uzra kezmoq baxtiga muyassardirlar. Chunki so’fiyda o’y-fikr, hissiyot yo’qolib u ilohiy jarayonga aylanadi. Demakkim, ilohiy olam doirasi ichidagi so’fiy ilohiy manbaaning o’ziga aylangan holatda  chegara bilmas xilqatga aylanadi. Ilohiy darajada yashash jarayoniga o’tgan so’fiy mavjudlik vujudi ila zaminda ilohiy karomatning o’ziga aylanadi. Uning har bir gapi, istagi amalga osha boshlaydi. So’fiylar ilohiyot ichidagi ilohiy olamdirlar va bu olamga tosh otib bo’lmas. Bu olam haqida yomon fikr bildirib bo’lmas. So’fiy oddiy odamlar uchun saodat eshiklarini ochuvchi, ezgulik ozuqasi bilan to’yintiruvchi, saxovat mevalarini ulashuvchi, haqiqat uchun kurashuvchi, ilohiyotning zamindagi valiylaridir.

Sening baxting nedir desalar, dedimki baxtim ichra ahdim Ilohdir, shahdim Ilohdir... Iloh qalbimdir, qalbim samodir, ma’vodir, ma’nodir. Men bu cheksizlik qo’ynidagi ma’no ichidaman, ma’vo ichidaman. Mening har bir nafasimdagi ibodat iloxiy olam ichra mening mavjudligimni namoyon etmoqda. Mening bunday namoyonligim ilohiyotning ichida ilohiy olamning o’zi bo’lib shakllanmoqda. Men bu shakldan ilohiy vujud yaratdim. Mening ilohiy vujudim fano olamining mo’’jizakor qiyofasiga aylandi. Men mavjud dunyoviy vujudimni tark etganimga ancha bo’ldi.
Mening mavjudlik vujudim holatim bo’lsa, ruhiy mavhumligim holimdir. Men mavhumlik ichra mavjudlikka va mavjudlik ichra mavhumlikka aylanuvchi xilqat ichidaman. Men aylanuvchi va aylantiruvchi xilqat ichidaman. Demak, men aylanuvchi bo’lganim holatda aylantiruvchilik qobiliyatiga ham egaman. Men aylantiruvchi xilqatida bo’lganim uchun ham aylanuvchi qobiliyatiga egaman. Bu holat ilohiylikdan o’zga hech narsa emas.

Sarob dunyo ichra holim vayronadur,

Ko’rdi kim holim manim hayronadur.

Men fano olamining bir zumlik mehmoniman. Men boqiylik olamidan turib, fano olamining bir daqiqalik umriga vujudimni botirib oldim. Ruhimni vujudimga birlashib qolgani va mening vazifam shu ruhimni vujud iskanjasidan sug’urib olishim uchun ham vujudimni fanoning bir daqiqalik umriga botirib oldim. Mening fano umriga bir daqiqalik botganimni o’zi menga og’irlik qildi. Bu foniy olamda bir daqiqalik yashaganimni sezdim va mening qolgan umrim boqiydadir. Chunki mening har bir nafasim zikrim ilohiylikka aylandi. Mana shu bir daqiqalik umrimda doimiy ilohiylikda bo’lganimni tushundim. Mening mavhumligim mavjudlikka aylana boshladi... Mavjudligim mavhumlikka aylana boshladi. Odamlar meni tushunmay qoldilar. Shunda angladimki, zamin va samo, odam va Iloh orasida parda tortilgan. Men pardaning narigi tomonida turganim sabab ham odamlar meni tushunmadilar. Mening mavjud qiyofam ularga mavhum ko’rina boshladi. Mening mavhumlikdan mavjudlik yaratganimda esa odamlar hayrat ichra ilohiy nafasimdan bahra oldilar.
Men ilohiy olamning ilohida turdim, koinotlar hoqoni Ollohning panohida turdim, ilohiy ishqning ming ohida, samo peshtoqida turdim. Meni zamin ichra borligimni bor demang, fanoda tursamda, fanoga er demang, bo’l g’amxona  ichra baxtiyor demang.

Qo’y, ey soqiy, mastonalik ichra mast bo’lay,
Mastlik birla jamolingga qasd bo’lay.
Bir bor orazingni ko’rsam kifoya,
Mayli sen samoda, menkim past bo’lay.

Ilohiy olam ma’nosini ilohiy falsafasiz anglash mumkin emas, zero ilohiy falsafagina uning siru asrorlari kalitini ochuvchi mukammal yo’ldir.

Iloxiy ilmlar sarhadlariga chuqurroq singib borayotganim uchun ham dunyoviy mavjudlikni yo’qota boshladim

Mening mavjudligimdan ko’ra mavhumligimdagi ma’no ming bora kuchliroq va quvvatliroqdir.

Ey Olloxim  iloxiy kuvvatingdan bizga nasib etgil..

Men ishq bo’lib yaraldim fano olamida,
Ilohiy jamol istab ishqim rashkidaman.
Erning ostonasida qulsifat keldim,
Ostonasi osmonimdir, osmon ko’shkidaman.
Ilohiy ishq sharobidan mastu devonaman,
Devonalik birla visol istadim.
Visoliga vaslim vafodor o’ldi,
Birlikda birliklar oxir bor bo’ldi.

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA