TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Iloh tafakkuri golib chiqadimi yoxud... hamma Ollohdan kelganmi?...

Muallif: Sofiy tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2012-05-01

Bismillahir rohmanir rohiym...

Dedimki, olam tamaddunidan uning tanazzuliga qadar oraliq masofa orasida turgan insoniyat xilqati oraliqdagi ilohiy qonunlarni o’zlashtirib oxir- oqibat uni o’z nafsi hukmi bilan yuritmoqda. Umr qisqadir va lek qisqa umr qonuni bilan karvon kabi  bu olam sahnidan o’tib ketayotgan insoniyat o’z ortidan halokatli oqibatlarni meros qoldirib ketmoqda... Bu holat moziyning biz tasavvur qilolmagan ruhiy olamiga ham, kelajakning mavjudlik borligiga ham ayovsiz zarba bermoqda. Moziy haqida gap ketganda anglamoq lozimki, insoniyatning tasavvuriga sig’dirolmaydigan mavjudlik ongida, o’tmishning borliqdagi ko’rinmas jilolari kezib yuribdi. Bu javohir jilolar tarixda yashab o’tgan buyuk avliyolarning duo va zikriy quvvatlari bo’lib, ularning ruhiyat olamlari oramizda yashamoqdalar. Ming afsuski, keyingi asrlardagi insoniyatga xos bo’lmagan nobop texnokratik taraqqiyotning kirib kelishi insoniyat mavjudlik olamidan tortib uning moziy borlig’iga va kelajak poydevoriga zarba bermoqda.

Ruhiyat olami qaqshamoqda, kelajak poydevoriga shikast etmoqda. Buning asosiy sababi yangi asr insoniyatining yot missiyalar ta’siri ostiga tushib,  o’zi yashab turgan ona zaminini xaroba holatga keltirayotganidir.

Insoniyatga nima bo’ldi?

Oshkora aytish mumkinki, bugungi davr taraqqiyotini yaratayotgan “taraqqiyparvar” insoniyati o’z insoniylik burchlaridan chiqib ketgan holatda o’zga gallaktikalardan oqib kelayotgan, maqsadi zaminimizni halokatga boshqarish bo’lgan yot informatsiyalarning o’ta maxfiy missiyalarini amalga oshirmoqdalar.
Insoniyat kimga tegishli?

Iloh yaratgan zaminda ilohiy qonunlarning qonuniyati bekor qilindimi?
Insoniyat, qolaversa butun borliq Ilohning mahsuli. Ollohning ne’matidir. Siz dahshatli bir holatga e’tibor qiling. Insoniyat taraqqiyot ortidan ergashib o’z yaratuvchisini unutib qo’ydi. O’zga mavjudodlar ta’siriga tushib o’zi yashab turgan ilohiy olamiga qarshi isyon ko’tardi. Amerikada besh milliondan ziyod inson Xudo yo’q degan fikr bilan qandaydir rasmiy hujjatlarga imzo qo’yishgani haqiqatga aylandi.

Bu holatni qanday tushunish mumkin?

Insoniyat siyosiy va iqtisodiy jihatdan kuchli qudratga ega bo’lib o’zi yashab turgan olamini ham biologik, ham ekologik va ham texnokratik halokat yoqasiga olib borib uning kelajagini mavhum holatga  solib qo’ymoqda.

Bugungi davrda ekologiyaning tamoman buzilayotgani, zamin bag’ridagi tabiiy boyliklarni ayovsiz talanayotgani bilan hech kimni ishi yo’q. Bu holatlarga oddiy ko’z bilan qarashga o’rganib qoldik. Bugungi davrda insoniyatning bir-birini o’ldirishi hech narsaga arzimay qoldi. Insoniyat bir-birini o’ldirish bilan, zaminni ifloslantirish, uni tanazzulga olib kelayotgani bilan qoniqmay qoldi. Endi nima qilish kerak? Endi ular yangi isyonni kashf qildilar... Bu isyon Ollohga nisbatan isyondir... O’z yaratuvchisiga nisbatan isyondir... Endi ular Xudoni yo’q deb jar solmoqdalar.

Biz shu borada masalaning mohiyatini izlab ko’ramiz...

O’zga gallaktikalarda yashayotgan va allaqachonlar

Iloh izmidan chiqib ketgan texnokratik mavjudodlar o’z quvvatiy manbaalarini tugatgan holatda o’zga planetalardan quvvatiy manbaa izlamoqdalar... Ularning nishonlariga olingan er kurrasi asosiy quvvat manbaalaridan biriga aylanib ulgurdi. Ular birinchi navbatda insoniyatning ongini tahlil qilishdi. Ong bu har qanday yuklatilgan vazifani bajaruvchi mexanizmdir… Ongga qanday informatsiya kiritilsa, u shu jarayonda ish bajaradi. Gallaktik mavjudodlar angladilarki, bunday tekin mexanizm ularning quvvatlari uchun asosiy manbaa bo’lib xizmat qilishi mumkin. Ular o’z missiyalarini tajriba sifatida misli kutilmagan texnokratik sistemalarini insoniyat ongiga kiritishdi. Shu orqali keyingi davrlardagi texnokratik taraqqiyot shiddat bilan rivojlanishi holati ro’y berdi. Shu bilan insoniyat o’z qiyofasida qolgan holda o’zga missiyalar topshirigini amalga oshira boshladi.

Eslab qoling, agar bunday taraqqiyot o’z nobopligi bilan shuhrat qozonmaganda, uning samarasi insoniyatning sog’lom turmush tarzi va porloq kelajagiga qaratilganda aytish mumkin ediki, bu  insoniyatning ilohiy musaffo taraqqiyoti bo’lib qolardi. Bugungi davrdagi insoniyatni halokat yoqasiga olib kelayotgan shiddat bilan rivojlangan texnokratik taraqqiyot o’zga mavjudodlar kashfiyotidir.

Shunda holat ro’y bermasligi mumkin edimi? Albatta, mumkin edi. Agarda insoniyat ilohiy qonunlardan chiqib ketmaganida biz bugungi davrda o’zimizni boshqacha olamda ko’rgan bo’lardik.

Insoniyat ilohiy qonuniyat tizimidan chiqqandan so’ng Ollohning birinchi g’azabi bilan ilohiy quvvatlarning himoya qobig’i cheklandi. Insoniyat ilohiy immun tizimini yo’qotdi. Bu holat bilan o’zga gallaktikalar hujumi ehtimoli kuchaydi. Ular o’zlari ko’rinmagan holatda, o’ta maxfiy tarzda informatsiya, axborot tizimi orqali insoniyat ongiga o’zlarining  yashirin missiyalarini tiqishtirdilar. Bu bilan butun tarix insoniyati tasavvuriga singdirolmagan kashfiyotlar yashin tezligida ro’y berdi. Agar robotga mina o’rnatib uni tankka qarab yo’naltirsangiz, tankni ham, o’zini ham portlatib yuboradi.

O’zga gallaktik mavjudodlar insoniyatga ana shunday mina o’rnatib uni zaminga yo’naltirmoqda. Nega?

Maqsad aynan insoniyatning o’z qo’li orqali zaminni halokatga yo’liqtirishdir. Ilohiy qonunlarni tan olmay qolgan inson ongi esa mina vazifasini bajarmoqda. Faqat uning qaysi paytda, qachon portlashi ma’lum emas.

Insoniyat o’z Ilohini anglamagani uchun ham o’zligidan ayrilib qolmoqda va shu sabab ham o’zga gallaktik vujudiy mavjudodlar tashrifi va axboriy quvvatlari bilan insoniyatning ongi o’g’irlandi. U bajaruvchi mexanizmga aylandi. Insoniyatda garanglik sindromi singdirildi. Hozirgi insoniyat aynan qaysi yo’ldan borayotganini bilmaydi. Kelajak mavhum bo’lib qoldi. Muammolar ko’payib ketdi. Zamin  insoniyatning nobop taraqqiyotidan charchadi... Milliy nizolar, global muammolar keng miqiyosda qanot yoydi. Insoniyat karvoni yo’lini yo’qotib qo’ydi.
Bugungi davr insoniyati o’ziga qarshi o’zi kurashmoqda. Bir-birini qul qilmoqda. Texnokratik davrda insoniyat uchun ish bajaruvchi robotlarni yaratishga asos qolmadi. Insoniyatning o’zi tirik robotga aylanib qoldi. Chunki o’zga galaktik informatsiyalar quvvati bilan ishlayotgan  taraqqiyotchilar uchun robot yasab ortiqcha xarajat qilishlariga hojat yo’qdir.

O’zga gallaktik mavjudodlar nima istayaptilar? Ma’lumingiz bo’lsinki, erdagi inson ongi yuqorida katta kuchga ega bo’ladi. Xuddi erdagi oddiy bir kilo hajmdagi tosh koinotda ming tonnalik og’irlikka ega bo’lgani kabi oddiy ong quvvati ular uchun cheksiz quvvat manbaiga aylanadi.

Insoniyat salbiy jarayonlar, o’zga gallaktik missiyalar ta’siriga tushib qoldi... Bu holatda insoniyatni ayblab bo’lmaydi. Yot missiyalarning halokatli axboriy tizimlari ma’lum tanlanganlar ongi orkali amalga oshmokdaki, oddiy xalk uning jabrini tortmoqda. Yotlar ta’siriga tushib qolgan “yotlar” insoniy qiyofa bilan erni, zaminni xaroba holatga keltirmoqdalar... Nobop taraqqiyot esa insoniyat ustidan yashirin genotsid siyosatini yurgizmoqda. Insoniyat o’zini o’zi yo’q qilish yo’lidan bormoqda.
Bundan maqsad nima?

O’zga gallaktik missiyalarning maqsadi erni o’ziniki qilib olishdir. Hozirgi davrda dunyoviy ong bilan dunyoda yashab bo’lmay qoldi. Ongsizlar yashamoqda… To’g’ri odamlarga yashash uchun yo’l qolmadi.

Buning oqibatida nima ro’y bermoqda?

Global muammolar paydo bo’ldi…

  • 1. Zamin ximikatlarga to’lib toshdi.

  • 2. Qirg’in qurollar biologik, atom, lazer qurollari o’z qurbonini kutmoqda.

  • 3. Ximiyaviy dori-darmonlar urchib ketdi...

  • 4. Erimizni boy berish, xastalantirish... Tabiiy o’rmonlarni yo’q qilish, neft zahiralarini surib olish, havoni ifloslantirish, ozon tuynugining paydo bo’lishi...

  • 5. Rak, saratonning ko’payib ketishi.

  • 6. Ekologik halokatlar...

  • 7.Tug’ish qobiliyatining yo’qolishi…

  • 8. Milliy nizolar, urushlar avj oldi...

  • 9. Tabiiy ofatlarning ko’payishi.

  • 10. Garanglik sindromi...

  • 11. Tug’ilgan bolalarning jismonan va ruhan rivojlanishining yomonlashuvi...

  • 12. Tafakkurga moyillikning kamayishi...

  • 13. Zaminimizni ayovsiz talamoqlik...

Qur’oni karimda Olloh “eng, iching, lekin isrof qilmang” (eng, iching faqat ozgina shukur qiling) - deydi.

Buni tom ma’noda tushunsak, insonlar har kundalikda ishlatadigan xom-ashyolardan tartib, to’y-yu hashamlardagi ishlatiladigan yoki o’ta zoyachilik yo’lida qilinadigan hatti-harakatlarni olishimiz mumkin.

Lekin global, dunyo miqiyosida, vaholanki er kurramiz, uning atrofidagi moviy bo’shliq miqiyosida olsak, umuman katta muammolarga duch kelayotganimiz ma’lum bo’ladi.

Iloh insonning yashab turishi, faoliyat ko’rsatishi va kelajakka munosib zamin, avlod va meros qoldirishi uchun er kurrasini 5 unsur bilan ta’minlab qo’ygan.
Bular:

  • Tuproq-er.

  • Suv.

  • Havo.

  • Temir.

  • Daraxt.

Aynan ushbu unsurlardan tashkil topgan er kurramizga munosabatimiz qanday va ularning hozirgi ahvoli va Qur’oni karimda aytilgan tejamkorlik va zoya qilmaslik borasida ulug’ fikrlarni inson qanday bajarayapti?

Insoniyat tuproqni ko’proq hosil olmoq niyatida turli xil ximikatlar bilan zaharladi.
Suvni zaharladi. Zaxirasi kamayib borayotgan chuchuk suvlarni isrof qilmoqda... Har yili ulkan tankerlardan halokat orqali to’kilib ketayotgan neft mahsulotidan dunyo okeanlari zaharlanmoqda...

Atom reaktorlarini sovutadigan suvlar butunlay yaroqsiz holatga keladi... Fukusima...

Havo harorati, tabiiy iqlim tamoman o’zgarib ketdi. Ekologik halokatlar ro’y bermoqda. Atom stantsiyalarining portlashi evaziga butun borliq zaharlanmoqda.
Er qa’ridan sug’urib olinayotgan temir moddalari qirg’in qurollarga aylantirilmoqda.
Tabiiy o’rmonlar ayovsiz tarzda kesilmoqda va tabiiy ofatlar natijasida kuyib kul bo’lmoqda...

Inson talabini to’xtovsiz yuksalishi, nafs borasida hech narsadan qaytmasligi, chiroyli kiyinishi, ko’z-ko’z bo’lish, insoniy bir-biri bilan maishiy musobaqalar o’tkazishi aynan shu 5 unsurlarning tejamsiz, hayvonona ishlatilayotganligini, nafs shu darajada yuqorilanganki, inson uchun er kurrasi uni emas, balki inson er kurrasini boqayotganday tuyula boshladi...

Hali bunisi holva, xalqlar, davlatlar, bir yig’indi noto’g’ri fikrda yurgan boylar bir-biridan ustun bo’lish, boshqarish, dunyoni egallash yo’lida qanday ko’z ilg’ay ololmaydigan kuchli, lekin hech qanday foyda bermaydigan, texnikalarni, harbiy anjomlarni, binolarni, koinotga uchar kemalarni va h.k larni yaratishayapti. Ana sizga isrofgarchilik...

Ular o’ylaydilarki er kurrasi boyliklari tugamaydi deya...

Lekin qanday yo’lga tushib qolganlarini bilmaydilar.

“Ularda ko’z bor, ko’rmaydilar, ularda quloq bor, lekin eshitmaydilar, ularning qalbini biz muhrlaganmiz”. Qur’oni karimdan.

Xo’sh, bunday ishlarni qilayotganlar kimlar o’zi, ular ham Iloh bandasimi, nega er kurrasini, xalqini, vatanini o’ylamasdan faoliyat olib bormoqdalar?

Hamma gap shunda... Ular er odamlari emas... Ular er odamlari bo’lgan edilar...
Ular nafsi, Iloh qonunlarini buzish evaziga insoniylikdan mahrum etilganlar... Ular endi o’z “dunyosiga”, o’z “qonunlariga”, o’z “sayyoralariga”, o’z “gallaktikalariga” ega... Ular boshqa bir “olamga” xizmat qiladilar, o’zga gallaktika qullariga, josuslariga aylanib bo’lganlar. Ular “ulardan” kelayotgan topshiriqni bajarish uchun xalqlarini, vatanini ayamaydilar, er kurrasini qurbon etishga tayyordirlar... Ularga boylik bir sabab, xolos, aslida maqsad umuman o’zga... Ularga “u yoqda yaxshi va’dalar” berilgan va berilmoqda. Ular bajarishga shoshmoqdalar... Chunki ularning mukofoti ma’lum-er kurrasining quvvatiy manbaasi boshqa erga ko’chirilishi lozim. Shundagina ularga va’da qilingan davr keladi. Insoniyat hali bu narsani anglab etmagan va ming afsuski hali beri etolmaydi, chunki ular insoniyatni texnokratik tizim bilan aldab qo’yishgan, ularga shunday muomalalarni o’ylab chiqishganki, insoniyat qandaydir demokratiya, ozodlik, saylov, erkinlik degan ularning safsatasi bilan ovvora.

  • 1. Ular konflikt, urush va to’qnashuvlarni uyushtiradilar, odamlar sonini kamaytirish maqsadida;

  • 2. Ularning boshqa “olamdan” xabar olish va uzatish uchun maxsus kirdikorlari mavjud;

  • 3. Ularning shu buzg’unchi xabarlarini zaminda amalga oshiruvchi bizning oramizda yurgan iflos xizmatchilari bor;

  • 4. Ularning shaxsan o’zlari yaxshi va yuqori mavqe’larda tinch va ishonch bilan yuraveradilar, chunki ularga “boshqa hayot” va’da berilgan, biz esa ularni korruptsionerlar, poraxo’rlar, tovlamachilar, xoinlar deb ataymiz;

  • 5. Ularning asosiy maqsadi, Iloh tomonidan avvaldan zamin maxsus qarz qilib berilgan an’anaviy tizimlarni, insoniy xislatlarni, milliy etikani, Ilohga e’tiqodni yo’qqa chiqarishdir;

Endi yana 5 unsurga qaytamiz:

  • Suv - oddiy ifloslanishdan tashqari atom reaktorlari, harbiy texnikalarni ishlab chiqarishda ishlatilib, butunlay yaroqsiz holga keltirilmoqda.

  • Temir – tejamlanmasdan er tagidan olinib, harbiy qurollar ortiqcha texnika anjomlari uchun sarf qilinmoqda.

  • Daraxt – istalgan paytda keraksiz biznes uchun uylar qurilib, inson xatosi asosida to’xtatib bo’lmas olov-yong’inlar ro’y bermoqda.

  • Havo – ifsoslanish, reaktorlar, avtomobillar.

  • Er – mineral o’g’itlar, atom reaktorlaridan chiqqan chiqindilar, egasi siyosatchilar bo’lib qoldi. 

Qur’oni karimdagi ma’lumotlarga qaraganda oxirgi zamon bo’lishidan oldin Olloh farishtalarga na’ra (ovoz) tortishni buyuradi va insoniyatni ikkiga bo’lib ko’rsatishini va’da beradi... Bu bo’linishda insonda ikki xil rang paydo bo’ladi... Ularning biri yashil bo’lsa, biri olov rangdir. Olloh yashil rangdagilar mening odamlarimdir, sodiqlarimdir, menga xizmat qilganlardir. Olov rangdagilar esa “ularga”  xizmat qilganlardir va ularni ko’z oldilaringda hatto ruhini ham yoqib kulga aylantiraman va erga o’g’it qilaman, - deb uqtiradi.

Insoniyat jonli robotlarga aylanib qolgan. Bu holatini biri bilsa, biri bilmaydi... To’g’ri yo’ldaman, - deya fikr qiladi.

Mana texnokratik taraqqiyot er mulkini, tabiiy boyliklar zaxirasini ayovsiz tarzda nihoyasiga etkazmoqda. Zamin boyligi tugasa nima bo’ladi? Insoniyat hozirdanoq o’zga planetalardan yashash uchun manbaa izlamoqda... Ana shunday holat o’zga galaktikalarda ham ro’y bergan va ular bizning zaminimizni nishonga olishdi...
Lekin zaminda insoniyatning mavjud ongi bilan o’zga galaktik hayotni orzu qilishi safsatadan o’zga narsa emas. Nega?

Chunki ular allaqachon o’zga gallaktik mavjudodlar quliga aylanib qolganga o’xshayaptilar.

Insoniyatning insoniylik holatidagi insonlari hali yuksak tafakkur darajasiga etib bormadilar. Shu boisdan ham o’zga gallaktikalar hayoti haqida gapirishga erta. Ba’zi “insonlar” esa o’zga gallaktikalarning informatsiyalari rejasi asosida ishlamoqdalar. Ya’ni ularni xizmatini qilmoqdalar. Bu holat esa zaminning chinakam, ongi zaharlanmagan insoniyati uchun muqarrar halokatlar xavfini tug’dirmoqda.
Yuqorida keltirganimizdek, Xudoni yo’q deb jar solgan xudosizlar ilohiy zamin ilohiy qonunlaridan chiqib, o’zga mavjudodlar qo’liga aylanib qolmadilarmi? Bu holat ularning o’z quldorlari xizmatini qilayotganlarining isboti emasmi?

Insoniyat o’zga planetalar hayotiga etib borolmaydi. Chunki texnokratik yot jarayonlar insoniyat ongini zaharlab zaminimizni halokat yoqasiga olib kelmoqda. Bu holat Iloh qiyomatidan oldin qiyomatni boshlab berishi mumkin. “Insonlar”ning o’z qo’li bilan yaratib qo’yayotgan dahshatli qiyomati zamindagi insoniyat uchun halokatli bo’lsada, erni boshqarib turuvchi  “inson”lar uchun oddiy holatdir. Chunki butun insoniyatni halok bo’lishiga sabab bo’luvchi, qiyomatga sabab bo’lguchi missioner “insonlar”ga “u yoqda” katta va’dalar berilgan.

Insoniyat xilqati o’n bir milliardga etsa, zamin boyligi ular uchun chinakam muammoga aylanadi. Keyin boshqa planetalar aro “OV” mavsumi boshlanadi. Hamma gap o’sha ov mavsumiga etib borishda...

O’zga gallaktikalarda bu holat ro’y berib, ozuqani erdan olmayaptilarmi?
Insoniyat nega o’z ongi tafakkurini boy berib qo’ydi... Bu holat insoniyatning ilohiy qonunlardan chiqib ketgani bilan izohlanadi. Ilohiy olamda ilohsizlik ro’y berdi. Insoniyat Ollohdan yiroqlashib ketdi. Zaminimizga ilohiy quvvatlar oqimi pasaydi... Buning oqibatida zaminimiz Ilohdan quvvat olishi o’rniga moziydagi zaxirada turgan beqiyos quvvatini o’zga kuchlarga berib qo’ymoqda. Bu holat Ollohning g’azabidir.
Masalan, Er tuxum bo’lsa, Olloh uni teshib qo’ydi... Tuxum bor, shakl bor... Lekin ichidagi quvvat yo’q. Er ham shunday... Shakli boru quvvati yo’qolmoqda...
Biz ibodatni, e’tiqodni unutgan holda erimizni xaroba qilayotgan o’zga gallaktik quvvatlar tizimiga yo’l ochib qo’ydik. Chunki cheksiz samo uzra Ollohga bo’ysinishdan voz kechgan  mavjudodlar olami ham yo’q emas...

* * * * * * * *

Agar samo uzra ikki yuz million gallaktika bo’lsa har bir gallaktika ichidagi milliardlab planetalarni tasavvur qilavering... Bir vaqtlar Ilohdan qaytgan o’zga kuchlar Ollohning qarg’ishiga uchrab, Olloh ularni kechirmagani uchun ham noiloj quvvat izlab ilohiy quvvati pasayib qolgan planetalarga hujum qilmoqdalar... Ularning asosiy maqsadlari insoniyat tafakkurini yo’q qilish, bir-biriga qarshi qo’yish, zaminni xastalab oxir-oqibat halokatga yo’liqtirishdir.

Bilasizmi, insoniyat uchun ilohiy yo’lning barchasi ochiq va u shundoqqina ko’rinib turardi. Faqat uning muqaddas yo’li og’ir bo’lgani uchun inson nafsiy xurujlar ostida qolib ketgan edi.

Endichi?

Endi ilohiy xilqat yo’liga temir parda tortildi. Insoniyat Ilohni ko’rolmay qoldi. Shu sabab ham Xudoni yo’q deb ayuhannos solayotganlar paydo bo’ldi. Insoniyat bajaruvchi robotga aylandi. Insoniyat achinarli ahvolga tushdi. Bu borada insoniyatni ayblab bo’lmaydi. Garanglik sindromiga tushgan insoniyat boshi berk ko’chaga kirib qoldi.

Insoniyat Ilohini baribir tan oladi. Lekin unga tomon yurolmaydi... Bugungi davr insoniyati...

Baribir Xudoni tan oladi. Yashamoqda, yashaydi... Faqat o’zga unsurlar ta’siriga tushib qolganlar o’z e’tiqodlaridan yuz o’girgan holda butun boshli insoniyatni hayotini xavf ostiga qo’ymoqdalar... Texnotaraqqiyot insoniyatni manqurtlik zindoniga tashlamoqda... Insoniyatni “insoniyat” insoniyat qiyofasidan chiqarmoqda... Insoniy qiyofada bo’lgan robot insonlar o’zgalarning missiyasini bajargan holatda Iloh yo’lida turgan insonlarni ham chalg’itishga urinmoqdalar...
Insoniyat e’tiborni global muammolarga emas, aksincha uning kelib chiqishi jarayonlariga haqiqat yuzasidan baho berishi kerak. Istaymizmi yo’qmi, insoniyat xili cheksiz muammolar girdobiga tushib qoldi. Eng achinarlisi bu holat hamon davom etmoqda. Holat o’sha... Bugungi davr insoniyatini nobop texnokratik taraqqiyotdan to’xtatib bo’lmay qoldi. Olamga bir yoqlama qarash, olamning ilohiy qonunlarini buzishga olib keldi. Yuz yillikning yashin tezligidagi texno taraqqiyoti insoniyatning ilohiy tamoyillaridan uzib qo’ydi. Va buning oqibatida zamin uzra globalizm muammolari urchib ketdi. Insoniyat nafaqat tafakkur tanazzuliga, balki o’zi yashab turgan zaminni ham tanazzulga uchrashiga asosiy sababchi bo’lib qoldi. Texno taraqqiyot unsurlari insoniyatning ko’ziga xudosizlik pardasini tortib qo’ydi. Oqibatini bugungi insoniyat yaqqol ko’rib turibdi.

Insoniyat shiddat bilan ketayotgan ayanchli bunday yo’ldan to’xtamog’i lozimdir. Aks holda yaqin asrlar oralig’ida koinot sahnidan zaminning butunlay yo’q bo’lib ketishi ehtimoldan yiroq emas.

Ijobiy amaliyotsiz olamni qutqarib bo’lmaydi. Uning asosida ilohiy ibodat yotmog’i lozim. Har bir harakatimizda ilohiy ibodat samarasi ko’rinib turishi kerak. Buning uchun insoniyatda tafakkur ila fahm-farosat, mas’uliyat, insoniylik burchi, odamiylik amaliyoti, ilohiy e’tiqod bo’lsagina, ma’lum ijobiy natijalarga erishmoq mumkin. Insoniyatda ilohiy fazilatlar yuzaga chiqishi lozim. Bunday fazilatlarga erishmoq uchun esa inson sirtdan ma’lum davrlarda Ilohga qo’shilish, undan vujudiga quvvatlar tizimi va xabarlar oqimini ola bilishi darkor. Buning uchun insonda har bir harakat ibodat bo’lmog’i lozimdir. Inson jismoniy, ruhiy holatda qolaversa ilohiy jarayonda antenna quvvat qabul qiluvchi unsurlarni yaratishi lozimki, bu holat uning zikrida, fikrida, so’zida hatto har bir nafasida ro’y berishi lozim. Bunday ilohiy holatni yaratish kerak. Insoniyatning fikri, zikri, nafas, butun borligi ibodatga aylansagina murod hosil bo’ladi. Bu bilan insoniyat kechayu kunduz ibodatga o’tirishi shart emas. Inson oilada, jamiyatda yashayveradi va ilohiy ibodatini ichki ruhiy holatda qalbida saqlab, o’z kasbida dunyoviy yumushlardan cheklanmagan holatda amalga oshaveradi.

Inson uchun zo’rma zo’raki ibodatlardan ko’ra chin ixlos bilan Ollohni eslab unga bir soat vaqtingizni ajratib sig’inganingiz, zikr qilganingiz ming chandon ortiqroqdir. Olloh zikrni sevadi. Zikr bu Uning nomini takror takror tilga olib quvvatini dilda saqlashdir...

Dunyoni qutqarish uchun ibodatlarga bir oz qo’shimcha tarzda, balki zikr sistemasini yo’lga qo’ymoq lozimdir.

Insoniyatda ilohiy tafakkur bo’lmog’i lozim. Aks holda shiddat bilan oldinga intilayotgan texno taraqqiyot o’zining halokatli oqibatlarini boshlab zaminimizni, butun insoniyatni chinakam jahannam  ostonasiga boshlab kelishi mumkin. Zamin dardi bu butuninsoniyat dardi bo’lmog’i lozim. Olam butun insoniyatniki. Zaminni teng ikkiga bo’lib turgan dinlarimizni ro’kach qilib ona zaminimizni bir tomoniga befarq qarasak, tanazzulga uchragan o’sha tomon qolgan yarmini ham tortib ketadi. Ya’ni o’rmonga o’t tushsa ho’lu quruq barobar yongani singari orada ibodat ahli ham ularning ortidan halokat yoqasida qoladi. Olamning kazo-kazolari  zaminni istagancha talab, borliqni xaroba holatga keltirsa, insoniyat ahli bunday jarayonga befarq qarashi lozim emas. Diniy dunyoqarashlar o’z yo’lida. Bu erda muammo butun insoniyat va zamin taqdiri haqidadir. Insoniyat dini, irqidan qat’iy nazar umuminsoniyat olamiga birlashmog’i lozim. Har kim o’z e’tiqodida qolaversin. Lekin olamni halokatdan qutqarish uchun umuminsoniyat xilqati birlashmasa bo’lmaydi. Bunday birlashuv zamirida ilohiy birlik, yagona Ollohga intilish e’tiqodini yaratish kerak. Olloh o’zi yaratgan bandalarini sog’inadi.

Olloh insoniyat uchun jannatmisol zaminni yaratib qo’ydi va meni unutmasinlar degan qabilda sinovlarini ham berdi. Nega insoniyat Ollohga shukrona keltirmaydi?
Koinot xilqati o’z-o’zidan paydo bo’lishi mumkinmi?

Masalan, inson mashinani yaratmasa u qaerdan hosil bo’ladi? Bu oddiy haqiqatku...
Olloh insoniyatni yaratib uning mukammal yashashi uchun barcha sharoitlarni muhayyo qilib bergan. Insoniyat bunday ne’matlarni qadriga etdimi?

Insoniyat xilqati tabiiy toza hayotdan chekinib tutunlarga burkangan olamni kashf qilib qo’ydi. Mana shu holatda insoniyatni buzg’unchilikning buyuk yaratuvchisi desak haqiqatga yaqin bo’ladi.  Haqiqat achchiq bo’ladi, lekin uning tan olmasdan ilojimiz yo’q. Chindanam insoniyat xili zaminning musaffo muhitiga davosiz infektsiya kiritib qo’ydi. Endi esa buning jabrini o’zi tortmoqda.

Endi tasavvur qiling... Hozirgi davrda insoniyat xili teng ikkiga bo’lindi. Boylar va qullar jamiyati olam miqiyosida vujudga keldi. Boylar o’z nafsi yo’lida istagancha zamindan foydalanib unga  cheksiz zarar etkazgan holatda o’z boyliklari bilan mast bo’lib yashayversalar, kambag’allar qornini to’qlash g’amida kun kechirib, tafakkuriga nafsdan o’zga narsani sig’dirolmasa, zamin taqdirini kim o’ylaydi?
Aslida insoniyat to’rt kunlik dunyoda o’z hayoti uchun ehtiyojini qondirib, umrini ilohiy ilmlarga bag’ishlashi, dunyoviy ishlar bilan shug’ullangan holda faqat Iloh ishqi bilan yashashi lozimdir.

Nafs unsurlari insoniyatni tamoman engib qo’ydi. Insoniyat nafsga bo’ysindi. Oqibati esa insoniyat xili nafsni xudo darajasiga ko’tarib yubordi. Nafsga sig’inish sindromi boshlandi. Nafs esa yashirin genotsid siyosatini yuzaga chiqardi. Xudosizlar ko’paydi. Insoniyat bugungi davrda nafaqat Ilohni, balki o’z kelajagini unutib yashamoqda. Bu holat bilan insoniyat nafaqat o’zini, balki butun kelajagini ham yo’qqa chiqaradi. Bugungi insoniyat kelajakka hech vaqo qoldirolmaydi. Zaminning tabiiy boyligi, uning zaxiralarining ham chegarasi bor. Insoniyat Ilohni unutgan holatda taraqqiyot ortidan to’xtovsiz ketmoqda va bir kun kelib taraqqiyotga yaroqli xazinalarning tugashi bilan taraqqiyotga o’rganib qolgan kelajakni o’z yo’lidan taqqa to’xtatib qo’yadi. Undan keyingi holatni tasavvur qilavering. U paytdan na Iloh va na falsafa... Keyin nima ro’y beradi? Oqibatini tasavvur qilavering...

Agar voqealar rivoji shu holatda davom etaversa taraqqiyot davri insoniyati kelajak avlodga buzuq taraqqiyot va xasta zamin hamda nogiron avloddan o’zga hech narsa qoldirolmaydi.

Ilohiy olamga qaytmoq lozim. Insoniyat o’z yaratuvchisiga yuz burishi kerak. Ollohning g’azabidan qo’rqmoq kerak... Zaminni ilohiy mukammallik qutqaradi. Zaminni ilohiy e’tiqod, ibodat qutkaradi. Insoniyat najotni zaminni yarador etayotgan taraqqiyotdan izlashi bu kechirilmas xatodir. Dunyo o’tkinchidir. To’rt kunlik umr kuz ochib yumguncha o’tar. Insoniyat kelajak avlodlarga ham ularning mukammal yashashlari uchun sharoit yaratib, yashashlari uchun o’rin berishlari kerak. Tegirmon navbati bilan. 

Tasavvur qiling, dunyoning kazo-kazolari sanoqsiz boyliklarini banklarda muzlatib, boylik ustiga boylik yig’moqdalar. Bir tomonda esa o’ta qashshoqlik holati hukm surmoqda.

Insoniyat xili teng huquqli bo’lishi kerak emasmi? Zaminni o’ziniki qilib olgan oligarxlar kambag’al toifaning ham haqqi bo’lgan boyliklarga ega bo’lib uni banklarda saqlab yotishi haqiqatga to’g’ri keladimi? Bundan xulosa chiqadiki, bu zamin faqat boylarniki... “Kelgindi kambag’allar” esa ularga begona qul sifatida qolib ketmoqdalar. Afsuski bunday qullar boylarga nisbatan to’qson beshga besh foizni tashkil etadi. Insoniyat xili o’z tafakkurini boy berib qo’ygani uchun ham ikki yoqlama qullikka duchor bo’ldi. Ya’ni dunyoga egalik qilib turganlar o’zga gallaktik mavjudodlar xizmatida bo’lsa oddiy toifa insoniyati dunyoga egalik qilayotganlarga qullik qila boshladilar. Ilohiy olam haqida esa gap yo’q. Ona zaminni qandaydir qora parda o’rab olganga o’xshaydi. Bu holatni zaminimizga ilohiy nurning kamayishi bilan izohlash mumkin...

Ilohiy olamdan o’zga chinakam xotirjamlik yo’qdir. Insoniyat xilqati ilohiy zaminda ilohiy o’zligini topsagina insoniylikning asl qiyofasini yaratish mumkin. Texnotaraqqiyot chin ma’noda insonlarni o’zligidan mahrum qilgan holatda uning ilohiy quvvatiy manbaalariga to’sqinlik qila boshladi va bunday ayanchli holat bilan ularni  boshi berk ko’chaga kiritib qo’ydi.

 
Olamni kim qutqaradi?

Olamni yagona Olloh qutqaradi. Lekin insoniyat o’z yaratgan Ilohidan yuz burib taraqqiyot ortidan halloslab ketgancha o’zligini unutsa, o’z yaratuvchisiga nisbatan isyon ko’tarsa panohni nimadan izlash mumkin?

Ilohdan o’zga panoh bormi? Nega ibodat ahliga quloq tutmaymiz? Nega ilohiy amallardan yiroq turamiz? Nega o’z panohimizni unutgan holatda o’zimizni o’zimiz halokatga boshlaymiz?

Ilohdan o’zga panoh yo’q. Buni Evropa ahli ham Amerika ahli ham tan olishi lozim. Aks holda xudosizlikning oqibati ularni chinakam tanazzulga olib keladi.
Taraqqiyot ahli bilan ibodat ahli orasida to’siq paydo bo’lganga o’xshaydi. Bu to’siqlar insoniyat xilqatini naqd ikkiga bo’lib yubordi. Osiyoning ibodat ahli taraqqiyot ortidan quvib ketgan insoniyatning G’arb va Amerika ahliga achinish bilan qaramoqda. Axir ularning falsafasiz hayoti texnotaraqqiyotning xudolik darajasini bildirmayaptimi? Ular najotni nobop taraqqiyotdan izlamoqdalar. Bizning nazarimizda falsafasiz hayot quruq vujud manqurtlik amallariga o’xshaydi. 
Bunday amallar ortidagi pala-partish kashfiyotlar insoniyatni og’ir ahvolga solib qo’ydi.

Insoniyat taraqqiyotga shoshilmaslik kerak edi. Tafakkur taraqqiyoti insoniyat uchun musaffo hayot tarzini yaratib berishi lozim edi. Lekin ong zamin o’ziga kerakli ilohiy tafakkurni qabul qilmagan holatda o’zi uchun o’zga nafsiy xurujlarga yo’l ochib berdi va uning izmidan chiqolmay qoldi. Qullik iskanjasiga tushdi. Ilohiy informatsiyalar kirishi lozim bo’lgan moviy bo’shliqlar nafs bilan qondirildi. Endi esa ilohiy tafakkur uchun ongda joy bo’lmagani sabab ham ilohiy tafakkurni unga sig’dirolmayaptilar va har qanday ilohiy ilmlar silsilasi ular uchun safsata tuyulgan holatda Xudoni inkor qilmoqdalar...O’z yaratuvchisiga nisbatan isyon ko’tarish bu gunohlar ichidagi gunohdir. Xudoni inkor qilganlar insoniyat xilidan emasdir. Ularning tashqi qiyofalari inson bo’lgani bilan onglari qandaydir yashirin missiyalarning xizmatini qilmoqda. Texno taraqqiyotning nobop kashfiyoti nafaqat insonlarning hayotiga, balki ularning ongiga ham ayovsiz tarzda zarba berdi. Nobop taraqqiyot insoniyatni insoniylik xislatlaridan ham mosuvo qilmoqda.

 

Bu holat qanday ro’y berdi?

Ilohiy olamni anglamaslikdan. Insoniyat ilohiy olamda yashab turib o’z olamining mohiyatini unutib qo’ydi. Insoniyat faqatgina mavjudlikni ko’ra bildi. Lekin mavjudlik ichra olam mohiyatini anglatuvchi mavhumiyatni ko’ra olmadi. Olamning ilohiy aurasi mavjud edi. Insoniyat bu aurani texnotaraqqiyotning yot unsurlariga almashib o’z atrof-muhitini zaharlab qo’ydi. Bugungi taraqqiyot insoniyati bir-birini aldamasa, bir-biriga xiyonat qilmasa, ekologiyani buzmasa, bir-birini o’ldirmasa, siyosiy zo’ravonlik qilmasa, iqtisodiy manmanlik qilmasa, zamin bag’rini ayovsiz talamasa, milliy nizolar uyushtirmasa, turli xil ximikatlar bilan bir- birini zaharlamasa, yangi bedavo kasalliklarni kashf qilmasa, o’z qirg’in qurollari bilan o’zga millatlarni qo’rqitib turmasa, har qanday demokratiya ozodlik niqobi ostida millatlar ichki ishlariga aralashmasa yashay olmaydigan darajaga etdi. Olamga yakka hokimlik qilish raqobati kuchaydi. Bunday nosog’lom raqobatlar butun insoniyat hayotiga xavf solishi muqarrardir. Ona zamin cheksiz koinot bag’rida kichkina bir zarradir. Uni yo’q qilish taraqqiyot insoniyati qo’lida bo’lib qoldi. Agar olamni asrash yo yoki uni yo’q qilish taraqqiyot qo’lida ekan, insoniyat najotni kimdan va nimadan kutadi?

Koinotga qaraganda ona zamin urushdan so’ng tutab yotgan shaharga o’xshaydi. Uning xarobalari ichida insoniyat yashamoqda. Bunday xaroba ichidan turli xil kasalliklarni ham, qirg’inbarot qurollarni ham, zaharli ximikatlarni ham, halokatli nurlanishlarni ham, milliy nizolaru, siyosiy zo’ravonliklarni ham va xuddi vujudda paydo bo’lgan chipqon kabi xudosizlarni ham topish mumkin...

Ikki yuz yil oldingi insoniyat Xudoning ishqi va uning panohi bilan yashagan bo’lsalar keyingi asr avlodi taraqqiyot ishqi va panohi bilan yashamoqda. Hozirgi insoniyat xilqati taraqqiyotsiz yashay olmaydigan darajaga etgan... Biznes, pul insoniyat hayoti mazmuniga aylandi. Aynan biznes yo’lida insoniyat zaminni ham o’zini ham o’zga insonlar va insoniyatni ham zaharlamoqda. Zamin bahrini ayovsiz talash, ximikatlar ishlab chiqarish, ximiyaviy dori-darmonlar, qirg’inbarot qurollar narkotik moddalar savdosi, odam savdosi bularning barchasi insoniyatning insoniyatga ishlatayotgan yashirin qurollaridir.

 

Insoniyat nimaga arziydi o’zi?

Ikki qarich kafandan o’zga hech narsaga. Umr shiddat bilan o’tadi. Vaqt hech kimga shavqat qilmaydi. Tirik mavjudod borki vaqti bilan olamdan ketadi. Qisqa vaqtning rohati insonga hech vaqo berolmaydi. Ayshu ishrat ham, rohat farog’at ham vaqt tubiga cho’kib ketadi. Inson eskiradi. Borar joyi manzili esa qabrdir. Tuproqdir. Insoniyat mehr qo’ygan taraqqiyot o’lguchidir. Iloh o’lmasdir, boqiydir.

Aslida o’lim nima?

O’lim bu yo’qlik degani emas. O’lim fano olamining vaqt tizimidan qutqaruvchi boqiy olamga olib o’tuvchi bir holatdir. Mavjudlik olamida mavjudlik falsafasi bilan yashayotganlar boqiylik olamini onglariga sig’dirolmaydilar va shuning uchun ham mavhumiyat olamidagi Ilohni anglay olmaydilar. Haqiqiy boqiylikni sezmaydilar va najotni to’rt kunlik dunyodan izlab o’z xudosizliklari bilan boqiy saodatidan mahrum bo’ladilar...

Vujud o’lguchi, ruhiyat o’lmasdir. Ruhiyat boqiydir agar unga ilohiy tafakkur ila jon kiritilsa. Ilohiy tafakkur nega o’lmaydi? Chunki unga ilohiylik singdiriladi. Iloh esa o’lmas, boqiydir. Boqiylik istagan inson ilohiy tafakkurga ega bo’lsin. Aks holatda risolamizning boshida Qur’oni karimdan bir oyat keltirganimiz kabi insoniyat xili ranglarga bo’linib bir tomoni olovrangda kulga aylansa, bir tomonida yashillik rangi bilan jannatga tushgay. Ilohning olovida yonmoq bu tamoman yo’qlik ma’nosini bildirsa, uning yashillik olami jannat misol ilohiy olamda boqiy yashamoqdir.   
Insoniyat texnotaraqqiyotdan foydalanish uni kashf qilishdan oldin avvalo o’zligini kashf qilmog’i lozim edi.

Hozirgi davr taraqqiyoti insoniyatga tegishli emas. Shuning uchun ham bunday taraqqiyotning samarasi ona zaminga ham, butun insoniyatga ham zarar keltirmoqda. Agar taraqqiyot insoniyatning tafakkuri bilan yaratilganda hayot boshqacha bo’lur edi va olam aro chinakam musaffolik sururi hukm surgan bo’lardi. Insoniyat o’z-o’zini jarga uloqtirishi haqiqatga to’g’ri kelmaydigan falsafa. Insoniyat ongga tayandi. Ongning bajaruvchi mexanizm sifatida bilgan o’zga kuchlar uning boshqaruv sistemasiga o’zlarining nobop taraqqiyotlarini tiqishtirishdi. Oqibati esa ma’lum.

Olam insoniyatga tegishli ekanligini insoniyatning o’zi unutib qo’ymoqda. Ularning tafakkurlari manqurtga aylantirilib o’zgalar uchun xizmat qilmoqda. Bu holatning Ollohning oldida javobgarligi bor. Olloh zaminni insoniyat uchun yaratgan edi. Xudosizlar makoniga emas, albatta...

Insoniyat tafakkurga murojaat qilmog’i lozim. Ayni taraqqiyot davrida tafakkur mexanizmi allaqachonlar muzlatilgan. Ilohiy qonunlar unutilgan. Insoniyat “insoniyat” kashf qilgan taraqqiyotning ortidan tamoman ergashib ketdi. Taraqqiyot karvoni shiddat bilan ilgarilab bormoqda. Bunday karvonning oxiri halokatdan o’zga hech narsa emas. Biz ishongan taraqqiyot insoniyat boshiga ko’plab kulfatlarni solmoqda. Har qanday taraqqiyot biznesga asoslangan. Har qanday taraqqiyot ortida iqtisodiy siyosat yotadi. Lekin bunday siyosat insoniyat ustidan genotsid sindromini yuritsa, kelajak avlodlarning taqdiri nima kechadi?

 

Insoniyat o’z kelajagiga nimani meros qoldirmoqda?

Narkobiznes.
Odam savdosi.
Ximiyaviy qurollar.
Lazer qurollari.
Ximiyaviy dorilar.
Bedavo xastaliklar.
Ekologik halokat.
Zamin bag’ridagi boyliklarni ayovsiz sug’urib olish…
Ozon qatlamining tuynugi.
Milliy nizolar.
Siyosiy zo’ravonliklar.
Taraqqiyot sindromi.
Nurlanishlar.
Komp»yuter xastaliklari.
Yalang’och madaniyat.
Jinsni o’zgartirishlar.
Mutatsiyaning paydo bo’lishi.
Misollarni istagancha keltirish mumkin. Taraqqiyot insoniyatga mana shunday “ne’mat”larni tortiq qildi va bu meroslar kelajak avlodlarga hozirgi davr insoniyati tomonidan tortiq qilinmoqda.

* * * * * * * *

Yangi yuz yillikning insoniyati kelajakning besh yuz yilligi avlodlari oldida qarg’ishga qolishi ehtimoli bor… Chunki yuz yillik xato va halokatlarning davosi uchun besh yuz yil kerak bo’ladi.

* * * * * * * *

Hozirgi davr insoniyati ana shunday zaharli  ana shunday ne’matlardan hech ikkilanmay foydalanmoqda. Vujudiga kasalliklar yuqtirmoqda. Ongiga taraqqiyotning yangi-yangi kashfiyotlarini tiqishtirmoqda. Bu bilan insoniy ilohiy falsafalar tomiriga bolta urilmoqda. Ongli insoniyat o’z zaminiga o’zligiga nisbatan shunday zulm qilishi mumkinmi?

Shu holatdan anglash mumkinki, insoniyatning ixtiyori o’z qo’lida emas. U o’zga kuchlar ta’siri bilan boshqarilmoqda. Buning sababi esa insoniyat xilqatining o’zligini anglamaganidadir. O’zlik, albatta, Ilohdir. Ilohsiz ona zaminda musaffo muhitni yaratib bo’lmaydi. Ilohni anglamoq uchun esa insoniyat avvalo o’zligini anglamog’i lozim. O’zlikni anglash uchun nafs atalmish yovuz dushmanga qarshi kurashmoq kerak bo’ladi. Nafs bu taraqqiyotning yuragiga aylangan. Nafs bu taraqqiyotning qonidir. Mana shu qon bugungi davr insoniyati vujudida aylanmoqda. Mana shu qon insoniyatning hayoti bo’lib qolmoqda. Insoniyat taraqqiyot yuragi bilan oldinga intilmoqda. Taraqqiyot yuragi bu temirdir, robotdir. Unda na hissiyot va na Iloh bor. Bu yurak bir kuni izdan chiqadi, ishdan chiqadi, to’xtaydi.

Aslida taraqqiyot insoniyat uchun kerak, agar u sog’lom taraqqiyot bo’lsa. Lekin taraqqiyotning samarasi uning halokatli oqibatlari haqida yuqorida misol keltirdik. Bunday oqibatlar insoniyatning o’ziga qaratilgan qirg’in emasmi?

 

Tafakkurni uyg’otmoq lozim...

Shunda insoniyat asl o’zligiga qaytadi. Aks holda bu yo’lning oxiri halokatdir. Insoniyat jamiyatda yashayveradi. Kimdir oldin, kimdir keyin... Taraqqiyot mahsulidan bahra oladi... Misoli jannat yaratadi... Lekin zamin bag’ridagi ko’payib borayotgan muammolar, nobop kashfiyotlar, insoniyatning o’zida kechayotgan kasalliklar, ekologik buzilishlar, maxfiy nurlanishlar bora- bora o’z samarasini berib, biologik o’zgarishlarga, epidemik xastaliklarga, kuchli tabiiy ofatlarga olib keladi.
Insoniyat o’z ongi bilan zaminni qutqarib qolish qobiliyatiga ega emas. Insoniyat ilohiy olamga ulansagina buning uddasidan chiqish mumkin. Ilohga e’tiqod qilmoq lozim. Ilohga ibodat qilmoq lozim. Ilohiy quvvatlar sistemasini yaratish lozim. Ona zaminning quvvati susaygan. Majolsiz qolayotgan zaminni ilohiy quvvatlar bilan jonlantirish lozim. Insoniyat o’z ongiga taraqqiyotning nobop va zararli unsurlarini tiqishtirib turli xil xastaliklarga duchor bo’lavermasdan, tafakkur orqali o’z mukammaligi va komilligi haqida ham qayg’urishi kerak va zarurdir.

Chin insoniylik tafakkurda. Musaffo hayot tafakkurda... Sog’lom taraqqiyot tafakkurda. Ilohiy olam tafakkurda.

G’uborga to’lib toshgan zamindan tafakkur olamini yaratish juda mushkul... Insoniyat shu qadar taraqqiyot ortidan ergashib ketdiki, ular uchun ilohiy tafakkur safsatadan o’zga narsa o’lmay qoldi. Ko’zni ochmoq lozim. Qalb ko’zini ochmoq lozim. Odam odamni sotmoqda, odam odamni o’ldirmoqda, odam odamni xastaliklarga chalintirmoqda. Odam odamni nurlantirmoqda, odam odamni naslini buzmoqda... Odam o’zligini buzmoqda.

Insoniyat nima bilan mashg’ul o’zi? Insoniyat yuzidan hayo pardasining ko’tarilgani, uning hayvoniy qiyofaga solib qo’ymoqda. Internet saytlarida, oshkora disklarda, tungi kanallarda, hayosizlikning har qanday turini ko’rish mumkin. Olam miqiyosida ana shunday sharmandali holat ro’y bermoqdaki, bu ham nobop taraqqiyot mahsuli. Eng achinarlisi, bunday yalang’och madaniyat Osiyo yurtlariga ham to’fondek yopirilib keldi. Bu holat Sharqning azaliy hayo olamiga ham ta’sir qildi. Taraqqiyotning bunday kashfiyotlariga olam, ibodat ahli hayronu lol. Olam ibolik sistemasi buzildi. Hayo pardasi ko’tarildi. Muhtaram ayol zotiga berilgan erkinlik ularni xavolantirgan holda ayovsiz tarzda yuzlaridan hayo pardasini ko’tarib tashladilar. Er-xotin orasida xiyonat oddiy holatga aylandi.

Bizning Osiyoda falsafa bor, bizning Sharqda falsafa mavjud. Mana shuning uchun ham har qanday hayosizlik agar u to’fondek bostirib kelsa ham o’tkinchidir. Bizda o’zlikni anglash tuyg’usi mavjud... Har qanday iqtisodiy inqiroz, global muammo bo’lsin, bizda o’ta bosiqlik bilan kutib olinadi. Nega? Chunki bizning qonimizda ilohiy xotirjamlik bor. Lekin olam miqiyosida kechayotgan voqealar rivojiga jimgina qarab turolmaymiz, albatta. Umuminsoniyat qadriyatlarini saqlab qolish borasida biz ham o’z fikrimizni bildirishga haqlimiz. Chunki bir zaminda yashar ekanmiz, nobop taraqqiyot boshlagan har qanday ofatlarga biz ham qolib ketishimiz muqarrardir.

Insoniyat Iloh oldida o’z javobgarligini his qilmas ekan, uni bu yo’ldan to’xtatib bo’lmaydi. Tafakkurni uyg’otmok lozim. Qalbdan nafs pardasini ko’tarib tashlamoq lozim. Har qanday taraqqiyot rivojlanmasin insoniyat qaerdan kelganini va qaerga ketishini unutmasligi kerak.  Insoniyat boshiga turli ko’rguliklarni solayotgan bunday taraqqiyot Ilohdan emas. Agar bunday taraqqiyot ilohiy bo’lganda musaffo va insoniyat uchun, zamin uchun har tomonlama foydali bo’lardi. Bunday taraqqiyot nikohsiz tug’ilgan bolaga o’xshaydi. Bunday taraqqiyotning qulog’iga azon aytilmagan. Bu taraqqiyot ibodatdan yiroq taraqqiyotdir. Shuning uchun ham uning samarasi insoniyatga foydadan ko’ra ko’proq zarar keltirmoqda... Insoniyatga ilohiy taraqqiyot kerak. Ana shunda insoniyat o’zini ham zaminni, ham butun borliqni, xam faqat uning izmi bilan asrab qoladi. Ilohiy taraqqiyot uchun avvalo tafakkur taraqqiyotini yaratish kerak. Insoniyat dunyoviy ishlari bilan birga ibodat olamiga, zikr olamiga kirishi kerak... Ollohga sig’ingan holatda Ollohning muqaddas va pokiza quvvatini zaminga baxshida etmog’i lozim. Ilmni Olloh beradi... Olloh saxiydir, istasa ilohiy taraqqiyotini insoniyatga bergan holda gallaktikalar aro kashfiyotlar taraqqiyotini tortiq qiladi... Olloh uchun insoniyatga berguchi bunday ne’mat aslo qiyin emas. Faqatgina insoniyat o’zligini anglagan holda  Ollohni unutmasa bo’lgani. Ilohga ibodat qilmoq kerak. Ilohdan so’ramok kerak, Ollohning ne’mati cheksizdir. 
Insoniyat ilohsizlik yo’lidan ketib nimaga erishdi? Insoniyat boshidan muammolar arimay qoldi. Insoniyat Ollohdan o’zga zotlarga bo’ysinmasligi kerak. O’zga unsurlarga qullik qilmasligi kerak. Insoniyat zaminda o’z insoniylik xislatini saqlab qolishi lozim. Ana shunda ilohiy karomatlar orqali musaffo taraqqiyot yo’lidan borish mumkin. Insoniyatning har bir amalida ibodat bo’lsin, har bir nafasida Iloh bo’lsin... Insoniy taraqqiyotning asosi mana shunda. Dunyoviy taraqqiyot bu ikkinchi darajali masala. Agar insoniyat ilohiy ibodat va zikr bilan insoniy taraqqiyotga erishsagina dunyoni chinakam jannat maskaniga aylantiradi. Ollohning o’zi bu borada yuqoridan turib homiylik qilishiga shubhamiz yo’qdir...

O’zga gallaktik mavjudodlar mavjud ekan, ular baribir ongli insondan foydalanishni o’z oldilariga maqsad qilishadi. Agar insoniyat o’zligini anglab ilohini tanisa, cheksiz quvvatga ega bo’ladi. Albatta, insoniyatdagi qudrat o’zga gallaktik mavjudodlarga ma’qul kelmasligi tayin. Insoniyat kimga bo’ysinishni anglagandan so’ng qullik iskanjasidan chiqadi. O’shanda gallaktik urushlar bo’lishi ehtimoli yaqin... Lekin insoniyat kimning panohida turganini anglaydi va xotirjamlik ortidan hamisha g’olib bo’ladi. Insoniyatni asrovchi bu Ollohdir. Ollohning quvvatiy tizimini zamin uzra aura misoli yoymoq lozim. Buning uchun ibodat va zikr tizimini  shakllantirish kerak. Qalbda ilohiy quvvatlar uchun joy ajratish kerak. Butun insoniyat yagona Ollohga intilib, yagona Olloh nomi bilan yashasagina, ona zaminimizga hech qanday o’zga kuchlar ta’sir qilolmaydi. 

Zaminimizni Olloh asraydi, Olloh yo’lida e’tiqodi butun insoniyat asraydi.

 

Ilohiy immun tizimi bu - ibodatdir

Insoniyatni ibodat qutqaradi. Ibodatning asosi esa zikrdir. Ilohiy muhabbat qutqaradi, iymon e’tiqod qutqaradi.

Tarixda yashab o’tgan buyuk avliyolarimizning zikriy holatlariga e’tibor qiling. Ular yolg’izlikda xilvat xonada o’tirgan holatda  boshlarini to’rt tomonga harakatga keltirib tinimsiz ilohiy zikr qilganlar. Harakatdan maqsad esa ilohiy quvvatni, agar zamonaviy tilda aytadigan bo’lsak, ilohiy antenani topish, unga ulanish bo’lgan. Shu sabab ham zikr qilinganda bir xil holatda emas, aksincha toki antenani ushlab quvvatiy manbaaga ulanguncha harakat davom etgan.

Tarixda yashab o’tgan so’fiy avliyolarimiz o’tkinchi olamning rohat farog’atidan kechgan holatda mashaqqat va riyozat ila ilohiy ishqqa berilganlar. Ularning Iloh jamoliga erishib, uning jalolidan quvvat olganlari, ilohiy duolari o’zlari yashab turgan olamdagi insonlar ustiga nur misoli taralib balo qazolardan asrab turganlar.
Shundan xulosa qilib aytish mumkinki, so’fiy avliyolar insoniyat bilan Iloh orasidagi vositachidirlar.

Ilohni sevgan inson Iloh bilan maxfiy munosabatlarda bo’ladi. Bu holatni oddiy odamlar tushuna olmaydilar. Lekin avliyolarga ixlos qiladilar va ilohiy inson ekanliklariga hurmat  bilan qaraydilar, duolarini oladilar.

So’fiylik ilmi bu chinakam ilohiy falsafa bo’lib bunda inson haqiqiy komillik va mukammallik darajasiga yotadi. Bu yo’lning mashaqqatlari juda og’ir bo’lgani sabab ham insonlar uning amallariga bardosh berolmaydilar.

Ilohiy ishq yo’lida turganlar Ollohning jamolini orzu qiladilar.

Hazrat Navoiy “Sittai Zaruriya” kitobida shunday deydilar, - so’fiyning tanida riyozat toshidan minglab dog’lar paydo bo’lgan. Biroq bularning bari bir tomonu, ayriliqning dog’i bir tomondir.

Hazrat Navoiy shu erda Iloh jamoliga orzumand so’fiyning holatini aniq va ravshan ifodalab berganlar.

Ollohning go’zal jamolini ko’rmoq dunyoviy holatda mumkin emas, lekin tinimsiz ibodatlar evaziga uning quvvatiga erishmoq mumkin. Lekin buning uchun dunyoviy havaslardan yiroq turgan holatda riyozat sahrosini, mashaqqat karvonida bosib o’tmoq lozimdir. Bunday ishq yo’lida sabr bilan turib bermoq har kimning yumushi emasdir.

Hazrat Navoiy o’sha kitoblarida shunday iboralarni keltiradilar, - Xarakoniydek shayx seni oz fursatda er yuzini kezdirib, ajoyibotlarni ko’rsatsa ham, bu (tariqat) vodiysining karomatlariga mahliyo bo’lma... Bilgilki, komil darveshlarning tutgan yo’li doimo shundaydir. Agar zamona shohlari ham bu yo’riqni tutsalar, ziynat ustiga ziynat edi.

Naqadar buyuk hikmat... Hazrat Navoiy birinchi navbatda mahliyo bo’lma degancha bu yo’lning naqadar og’irligiga ishora qiladilar, ikkinchidan zamona shohlari bu yo’lni tutsalar, ziynat ustiga ziynat bo’lar edi, deganlaricha bu yo’lning naqadar saodatli ekanligiga shohid bo’ladilar...

Mana sizga so’fiylikning yo’li. So’fiylik bu ezgulik va kamolot, saxovat va adolat, haqiqat va chinakam ilohiy ishq yo’lidir. Insoniylik xislatlarining chinakam namunasi mana shu xilqatdadir.

So’fiyning ilohiy ishqi ilohiy kamolot bo’lsa bunday kamolot zamiridagi ilm xalqnikidir. So’fiy ilohiy mashaqqati bilan olgan ilmini xalqqa beradi. Hikmat ulashadi. Insoniyatni ezgulikka chorlaydi... Nafsga qarshi kurash sirlarini o’rgatadi.

So’fiy bu chin ustoz o’zlikni anglatuvchi ilohiy valiydir. Hazrat Navoiyning bir iboralariga e’tibor bering. (o’sha kitobda) Agar sen murshid - yo’l boshlovchining buyurganlaridan tashqariga chiqmasang (ularni so’zsiz bajarsang), nafs sening oldingda ojizlanadi, senga qarshi turish quvvati susayadi.

Insoniyatning eng kuchli dushmani bu nafsdir. Nafs bu insoniyatni ilohiy yo’liga parda tortuvchi yashirin dushmandir. Uning ko’ngil oynasiga parda tortib, ilohiy quvvati ustiga parda tortuvchi  manqurtlik sindromi insoniyatni oxir-oqibat halokatga yo’liqtiradi. Insoniyat o’z nafsi oldida ojiz qolmasligi lozim. Nafs bu insoniyatni Ilohdan o’zib qo’yguchi asosiy dushmandir. So’fiylik olami hamisha nafsga qarshi kurashib keladi. Aslida dunyoviy nafsdan kechmoq mushkuldir. Uning mashaqqati mana shunda. Agar tarixga nazar tashlasak, o’z nafsiga qarshi kurashib Iloh yo’lida darveshlikni orzu qilgan Ibrohim Adhamdek shohlar o’z taxtidan voz kechgancha ilohiy yo’lni ixtiyor etishgan. Qolaversa, tarixiy hukmdorlarning aksariyati so’fiylik ilmini yuksak qadrlab avliyolar etagidan tutganlar. Hukmdorlik bilan birga faqirlikni ham ixtiyor etganlar. Ollohni sevib yashaganlar. Hazrat Navoiyning “Sittai Zaruriya” kitoblaridagi yana bir hikmatga quloq tutamiz. Sulton Husayn Boyqaro darveshsifat shoh, faqirlikni odatga aylantirgan sultondir. Shohlik taxtining yuksakligi, darveshligu faqirlik Hak Taolo tomonidan uning sha’niga loyiq qurilgandir... Zamona shohlaridan darveshlikni shohlikdan ustun qo’ygan bir kishi (ya’ni, Sulton Husayn Boyqaro)gina bu martabaga loyiqdir. Orifligidan ko’ra darveshligi shoxligidan ustundir...

Anglagan bo’lsangiz, shohlar o’z shohligidan ularning odatiy holatiga aylangan darveshlikni ustun qo’yganlar. So’fiylik bu dunyoning chinakam mohiyatini anglatuvchi beqiyos ilmdir. 

Hikmat xazinasi so’fiylikda, ilm xazinasi so’fiylikda, ilohiy ishq xazinasi so’fiylikdadir. So’fiylik bu avliyolik ilmidir...Tarixiy ilmlar,  aziz avliyolar ilmisiz, ibodatisiz zaminga ilohiy quvvatlar tizimini ochib bo’lmaydi. Shariat ilmida yurgan ko’plab shayxlarimiz allaqachon  so’fiylik maqomiga erishgan bo’lsalarda, ko’p hollarda buni o’zlari sezmaslar. Shariat olamida davomiy qolishni istaydilar. Lekin ularning qilayotgan ibodatlari ma’lum ma’noda ilohiy quvvatlarni paydo qilishga ijobiy sabab bo’lmoqda. Bunday chinakam ibodat bizning yurtimizda bardavomdir. Lekin asosiy mavzu global va gallaktik mavzuda ketarkan, olam miqiyosida o’z ilmimizni namoyish etgan holda ilohiy zaminimizda bir yoqadan bosh chiqarib muammoni hal qilishga haqlimiz. Nazarimda shariat ilmi bilan tariqat, ma’rifat va haqiqat ilmlari orasida hech qanday raqobat bo’lishi mumkin emas. Chunki shariatsiz tariqat bo’lmas. Har qanday tariqat ilmiga kiruvchi e’tiqod kishisi avval shariat ilmini bilmog’i, uning maktabida tahsil olmog’i lozimdir.

So’fiylik ilmi ezgulik ilmidir, ilohiy ishq ilmidir va uning tamoyillariga amal qilgan kishikim saodatga erishgay...

So’fiylik xilkati bu umuminsoniy ilohiy qonunlarni birlashtiruvchi ilohiy olamdir. So’fiylik irq tanlamas, millat tanlamas. Uning elkasiga nafaqat butun dunyo insoniyat muammosi, balki gallaktikalarning yuki ham tushadi… Iloh yagona, Olloh yagonadir. Umuminsoniyat yagona Ollohga bo’ysunmog’i lozim. Har bir din o’z e’tiqodida qolaversin... So’fiylikning mohiyati va ilohiyligi shundaki, u umuminsoniyat ilohiy falsafalarini birlashtiradi. Bu olamga ilohiylik kerak... Musaffo hayot, boqiy falsafalar kerak... Mukammallik va komillik kerak... Tafakkursiz insoniyat hech narsaga erisholmaydi... Olamni tafakkur qutqaradi. Ilohiy olamga yuzlashmoq davri keldi... Fikr qilmoq kerak, zikr qilmoq kerak... Ibodat qilmoq kerak... Yagona Ollohga birlashmoq kerak. Ana shunda qalblarga ezgulik nishonalari paydo bo’ladi. Ana shunda insoniyat insoniyatni qadrlay boshlaydi. Ana shunda azaliy udumlar qaytadi. Insoniyat o’zligini anglasa xatosini anglaydi... Olam miqiyosida qirg’in qurollarni sekin-asta yo’q qiladilar. Zaminga shavqat qiladilar... Ximikatlarni tugatadilar.

Musaffo sog’lik haqida qayg’ura boshlaydilar... Narkotik va odam savdosi barham topadi... Milliy nizolar, siyosiy va iqtisodiy zo’ravonliklar yo’qoladi... Insoniyat bir-biriga nisbatan o’ta mehribon va tashqi missiyalarga nisbatan o’ta shavqatsiz bo’ladi.  Yagona Olloh qanoti ostiga birlashadi... O’zga gallaktik mavjudodlar hujumiga insoniy ilohiy nafasning o’zi kifoya... Bu holat inson uchun erish tuyulishi mumkin, lekin ilohiy nafasda tengsiz quvvat va qudrat bor... Chunki bu nafasning zamirida ilohiylik bor.

Bu holat oddiy insonlar uchun erish tuyulishi mumkin. Ayniqsa, texnotaraqqiyot rivojlanib ketgan bizning davrimizda moziy avliyolarimizning karomatlari afsonaday tuyuladi. Lekin bu chinakam haqiqatdir. Quyida bir rivoyatga e’tibor bering. Ma’lumki, har bir rivoyatning zamirida haqiqat yotadi...

Bir katta shaharda o’zga mavjudodga o’xshash bir maxluq paydo bo’lib odamlarni ayovsiz tarzda qirg’in qila boshlabdi. Askarlar ojiz qolibdilar. Shaharda vahima o’ralabdi. Hukmdor taxtida boshini ushlab o’tirgancha, mulozimlarini chaqirib bu halokatni chorasini topinglar, - deb buyruq beribdi. Shunda bir mulozim bosh egib, shahanshohim falon qishloqda bir chol yashaydi. Maxluqni o’sha yo’q qilmasa boshqa choramiz qolmadi, - debdi. Hukmdor o’sha cholni topib kelishlarini buyuribdi. Ko’p o’tmay bir necha mulozimlar cholning darvozasida paydo bo’libdilar. Eshikni uning kampiri ochibdi... Mulozim kampirga, - bizga cholingiz kerak, - desa, kampiri jahl bilan, - chol jonimga tegdi, uni hozir tandirga solib tagidan o’t qo’ydim, - debdi. Mulozimlarning hafsalasi pir bo’lib ortlariga qaytmoqchi bo’libdilaru, bu holatni haqiqatligini o’z ko’zlari bilan ko’rmoqchi bo’libdilar. Chunki hukmdor mayitni o’z ko’zlaring bilan ko’rdilaringmi, deb so’rab qolishi mumkin edi. Mulozimlar hovliga kirib tandirxonaga o’tibdilar. Ne ko’z bilan qarasalar chol tandir ichida cho’g’ning ustida Ollohga zikr qilib chordona qurgancha o’tirgan ekan... Mulozimlar lol qolishib cholga vaziyatni tushuntirishibdi. Shahardagi mahluq haqida so’zlab undan qutilish uchun chora izlab kelganlarini aytishibdi... Shunda chol tandirdan chiqib somon poyasini olib kamon yasagan bo’libdi. Keyin bir xasni unga yoy misol qo’yib shahar tomonga nomiga otib qo’yibdi va boraveringlar mahluq o’ldi, - debdi... Mulozimlar cholning bunday o’yinidan lol bo’lib, - chol chindanam aqldan ozgan ekan, hali shunga ishonib yuribmizmi, - degancha umidlari cho’kib yo’lga tushibdilar. Ammo shaharga yaqinlashsalar u erda bayram boshlanib ketgan ekan. Hamma, mahluq o’ldi, - degancha qichqirarkan... Mulozimlar shunda cholning karomatiga tan berishibdi.

Angladingizmi, so’fiyning har bir nafasida ilohiy quvvat borki, uning ta’siri har qanday kuchni yakson qiladi... Chunki avliyolar butun borliqlarini ilohiy olamga topshiradilar. Ilohiy ishq bilan yashaydilar. Kecha-yu kunduz zikr holatida bo’ladilar. Har bir nafaslarida Ollohni o’ylaydilar... Ularga dunyoviy ishq begona, Olloh jamoli va jaloliga etishmoq uchun mashaqqat va riyozat sahrosidan rohat izlaydilar. Ilohiy olamning bir bo’lagiga aylanadilar. So’fiylik bu dunyoviylik emas, ilohiylikdir...

So’fiylarning vujudan holati zaminda bo’lgani bilan ularning ruhiyat xoli Iloh bilan birlik sarhadlarida tutashib ketadi.

Nursafardiyya deganda so’fiylik olamini tushunish kerak. Nursafardiyya bu - butun tarixiy avliyolarning izlaridan borib ularning zikriy quvvatlarini uyg’otgan chinakam ilohiy falsafadir. So’fiylikning mohiyatini anglamoq lozim. So’fiylik bu avliyolar ilmidir. Uning hech bir dinga yoki oqimga zinhor aloqasi yo’qdir. So’fiylik bu umuminsoniy qadriyatlarni qadrlovchi umuminsoniy mukammallik maktabidir. So’fiylar insonlarga hikmat ulashadilar, ezgulikni targ’ib qiladilar, mehr-oqibatli, saxovatli bo’lishga undab haqiqat yo’lida turib Haqni sevishga chorlaydilar... So’fiylikning ilohiy saltanatida cheksiz quvvat manbai mavjud... Chunki bu saltanat  Ollohga tegishli, Olloh saltanatidir... So’fiylar ana shu saltanatdan quvvat oladilar. Ularning har bir duolari mustajobdir. So’fiylar Olloh va insoniyat orasidagi vositachidirlar.

Avliyolarning duolari olamni qutqaradi. Ular Olloh nomidan so’zlaydilar, duo qiladilar... Tafakkurning asosi, tomiri ham so’fiylik ilmidadir. Umuminsoniyat xilqatiga so’fiylik olami to’g’ri yo’lni ko’rsatadi. Ezgulikka boshqaradi. O’zlikni asrashga, odamiylik tamoyillariga amal qilishga o’rgatadi.

Texnotaraqqiyot davrida insoniyatning nobop taraqqiyoti insoniyat boshiga ko’plab kulfatlarni solayotgani haqida so’zladik. Insoniyatning kim tomonidan boshqarilayotgani haqida gapirib o’tdik. Ular ilohiy tizimdan chiqib ketgan holatda o’zga unsurlar xizmatini qilib insoniyat va zaminni halokat yoqasiga boshlamoqdalar. Bu gaplar safsata emas, ayni haqiqatdir. Agar o’zga mavjudodlar insoniyatning ong bo’shlig’iga o’z missiyalarini kiritib erga hujum boshlagan bo’lsalar, ilohiy yo’lda Olloh ishqi bilan yashayotganlarga ham Iloh tomonidan ma’lum quvvatiy informatsiyalar kelib turibdi. Olamda nima gaplar bo’layotganidan biz xabardormiz va bunday salbiy jarayonlarni insoniyat ahliga etkazmoqni ilohiy burchimiz deb bilamiz. Muhammad payg’ambarimiz, Ollohga - bandalaring mening aytganimni qilmayaptilar desa, Olloh, - Sening burching aytib qo’yish, - deb uqtirgan. Garchi biz payg’ambar bo’lmasakda, avliyolar yo’lidan borgan holda butun umr Ilohga qilgan zikrimiz va ibodatimiz orqali ilohiy olamdan xabardor bo’lib turganimiz va ilohiy ishqning ko’nglimizni yoritgani va haqiqatni anglaganimiz bois ham aytib qo’ydik. Bu yo’ldan yurmok Ilohni tanib tanimaslik ibodat yo’liga kirmoq va kirmaslik har kimning hukmiga havoladir.

Olloh ulug’dir, buyukdir va yagonadir!

 

 

Dunyo nadir? Nafsdir, nafsning ishqi mandir,
Manim ishqim Sandir, Ollohim...
Dunyo nadir? O’tkinchi, umri misol ninachi,
Ketar nafs karvonida,
Oxir minar narvonida,
Manqurtligi sarbonida...

* * * * * * * *

Ezgulikni kasb etmoq kerak,
Saxovatni kasb etmoq kerak.
Haqiqatni sevgil inson xilqati,
O’zligingni asra inson xilqati.
O’zligingga qaytgil inson xilqati,
O’z so’zingni aytgil inson xilqati.
Adolatni sevmoq kerak,
Jaholatni o’ldirmoq kerak.
Adovatni so’ndirmoq kerak,
Xiyonatni yo’q qilmoq kerak.
G’iybatni dorga ilib, tuhmatni so’ymoq kerak,
O’zlikka qaytmoq kerak.
Insoniylik maktabida inson bo’lmoq kerak,
Ollohni sevmoq kerak...

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA