TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Assalomu alaykum. Shukrona

Muallif: Nursafardiyya

Joylashtirish vaqti: 2012-04-05

NURAFSHONLIK

Nursafardiyya - bu millatimizning besh asrdan buyon intiqlik bilan kutgan, milliylikning o’zagidagi ilohiy falsafadir.

***  ***  ***

Nursafardiyya – bu Najmiddin Kubroning Kubroviya, Hoja Ahmad Yassaviyning Yassaviya, Bahouddin Naqshbandning Naqshbandiya tariqatlaridan so’ng vatanimizda vujudga kelgan mukammal milliy-ilohiy falsafa so’fiylikdir.

***  ***  ***

Tarixda yashab o’tgan buyuk ajdodlarimizning buyuk an’analari davomchisi Nursafardiyya falsafasining mazmuni milliylik bo’lsa, mohiyati ilohiylikdir.

***  ***  ***

Ona yurtimiz, muqaddas zaminimizda yashab o’tgan buyuk avliyolarimiz izidan izdosh sifatida borayotgan Nursafardiyya falsafasi ilohiy ilmlar orqali millatimizga milliy o’zlikni anglashni, millatni sevishni, el-yurtga, vatanga xizmat  qilishni o’rgatadi. Vatandoshlarni komillik va mukammallikka chorlaydi. Ularni dunyoviy hamda ilohiy ilmlarini boyitishga xizmat qiladi.

***  ***  ***

Nursafardiyya – bu ezgulik falsafasidir.
Nursafardiyya – bu millatimizning bebaho xazinasidir.
Nursafardiyya – bu millatimiz saxovati, salomati, samimiyligidir.
Nursafardiyya vatanni sevadi, millatni sevadi, milliy qadriyatlarni, azaliy an’analarni sevadi va qadrlaydi.
Nursafardiyya - bu siz sevgan falsafadir.
Nursafardiyya – bu sizning salomatligingiz, sizning komilligingiz va sizning mukammalligingizdir.
Nursafardiyya – bu xalqdir, xalq falsafasidir.
Nursafardiyya – bu ezgulik va saxiylik falsafasidir.
Nursafardiyya – bu haqiqat va adolat falsafasidir.
Nursafardiyya – bu kamtarlik va kamolot falsafasidir.
Nursafardiyya millat va vatan falsafasidir.
Nursafardiyya – bu Iloh falsafasidir.

***  ***  ***

Najmiddin Kubroning etagidan tutgan, Yassaviyni ustoz bilgan, Naqshbanddan bahra olgan, Nursafardiyyaga xush kelibsiz...

***  ***  ***

Ilohiy ishq ila yashagan, millatga ezgulik ulashgan, elni komillik va mukammallikka chorlagan, Nursafardiyyaga xush kelibsiz...

***  ***  ***

Xalqni saxovatga undagan, milliy qadriyatlarni asrashga bel bog’lagan, millat an’analarini qadrlagan, Nursafardiyyaga xush kelibsiz...

***  ***  ***

Millatimizni, vatanni sevishga undayotgan, har bir vatandoshni elni xizmatida bo’lmoqqa chorlagan, o’zlikni anglab ilohni tanitishni maqsad bilgan, Nursafardiyyaga xush kelibsiz…

***  ***  ***

Haq yo’lida Haqparvar, Xalq yo’lidaXalqparvar, Vatan ishqida jon fido, Nursafardiyyaga xush kelibsiz…

***  ***  ***

Falsafasi siyosiy taraqqiyot bo’lmagan, maqsadi iqtisodiy taraqqiyot bo’lmagan, giyohida kimyoviy taraqqiyot bo’lmagan, taraqqiyoti insoniylik bo’lgan, Nursafardiyyaga xush kelibsiz…

***  ***  ***

Duosida panoh bor, panohida Iloh bor, ilohida Olloh bor, Nursafardiyyaga xush kelibsiz…

***  ***  ***

Nafasida komillik, qadami mukkammallik, istagi ibodat, fikri Iloh, zikri Olloh, Nursafardiyyaga xush kelibsiz...

***  ***  ***

Xalq dardini o’ylagan, ma’rifatni kuylagan, ezgulikdan so’zlagan, ilohiy nur ko’zlagan, Nursafardiyyaga xush kelibsiz...

***  ***  ***

Ishq yo’lida bir dona, xalq yo’lida mardona, tariqatlar ichida durdona, Nursafardiyyaga xush kelibsiz...

***  ***  ***

Ibodat ila ildam, xalqi bilan birdam, millat ila har dam, Olloh ila hamdam, Nursafardiyyaga xush kelibsiz...

***  ***  ***

Zikrini qilar odat, fikrida ming qiroat, amallari ibodat, manzillari saodat, Nursafardiyyaga xush kelibsiz...

***  ***  ***

Giyohi dardga davo, ilmida ming bir ma’vo, bundan ortiq yo’q ma’no, Nursafardiyyaga xush kelibsiz...

***  ***  ***

Nafsning bag’rini tilgan, olamni fano bilgan, Iloh tomon intilgan, Nursafardiyyaga xush kelibsiz...

***  ***  ***

Vujud ketar narvonda, ilmsizlik armonda, vaqtlar g’animat onda, Nursafardiyyaga xush kelibsiz...

***  ***  ***

Ko’zingizga nur bergan, so’zingizga dur bergan, o’zingizga hur bergan, Nursafardiyyaga xush kelibsiz...

***  ***  ***

Pok niyatni ko’zlagan, ezgulikdan so’zlagan, Ilohini o’ylagan, Nursafardiyyaga xush kelibsiz…

***  ***  ***

Quvvati ildam oshar, qalbi mehrdan toshar, Iloh tomonga shoshar, Nursafardiyyaga xush kelibsiz...
Manmanlik yo’q, g’iybat yo’q, fanoviy bir g’urbat yo’q, boylikka muxabbat yo’q, Nursafardiyyaga xush kelibsiz...

***  ***  ***

Amallari ezgulik, samolarni kezgulik, fanosidan bezgulik, Nursafardiyyaga xush kelibsiz...

***  ***  ***

Nurli yo’lda nuri bor, ishqida sururi bor, mardona g’ururi bor, Nursafardiyyaga xush kelibsiz…
Ilohiy nur taralgan, ilohiy deb qaralgan, bir xalq bo’lib yaralgan, Nursafardiyyaga xush kelibsiz...

***  ***  ***

Qalb Ilohning so’zidur, boqib turgan ko’zidur, balkim uning o’zidur, Nursafardiyyaga xush kelibsiz…

***  ***  ***

Iloh so’zi qalbida, Iloh ko’zida ko’rgan, balkim o’zida turgan, Nursafardiyyaga xush kelibsiz...

***  ***  ***

Chin falsafa muborak, ezguliklar muborak, saxovatu haqiqat, adolatu saodat, ibodatlar muborak...

***  ***  ***

Yangi fikr, boqiy zikr, tafakkurlik, hurlik muborak, ilohiy bir durlik muborak...

***  ***  ***

Milliylikda o’zlik muborak, mardona bir so’zlik muborak, ilohiy yorug’ yuzlik muborak…

***  ***  ***

Vatanni sevgan, millatni qadrlagan, xalqini hurmat qilgan,  elda izzat topgan, Nursafardiyyaga xush kelibsiz…

***  ***  ***

Nafs nimadir bilmagan, zikrini kanda qilmagan, fanoni tanimagan, Nursafardiyyaga xush kelibsiz...

***  ***  ***

Yassaviydek dardi bor, amalida mardi bor, Naqshbanddek qadri bor, Nursafardiyga xush kelibsiz…

***  ***  ***

Kubrodek yo’ldan qaytmas, tildan zikri arimas, ming asrga qarimas, Nursafardiyga xush kelibsiz…

***  ***  ***

Mashrabning nafasi bor, Ilohning bir sasi bor, millatning havasi bor, Nursafardiyyaga xush kelibsiz…
Robiyadan so’ylagan, ishqi samo bo’ylagan, xalq dardini o’ylagan, Nursafardiyyaga xush kelibsiz…

***  ***  ***

Ishqi aning vatandir, xalqi ila bir tandir, bir tandir degan mandir, Nursafardiyga xush kelibsiz...

***  ***  ***

Zikri qalb, tili, labi, balkim Mansur matlabi, yo ketarmi u kabi, Nursafardiyyaga xush kelibsiz...

***  ***  ***

Rumiyning karashmasi, Ilohning bir chashmasi, tariqat birlashmasi, Nursafardiyyaga xush kelibsiz…

***  ***  ***

Arabiyning nazari, ibodatdan o’zari, iloxiylik guzari, Nursafardiyyaga xush kelibsiz…

***  ***  ***

Shibliyning bir hikmati, muridlarning xizmati, Nursafardiy himmati, Nursafardiyyaga xush kelibsiz…

***  ***  ***

Mashrabning qoni singgan, ishqi dorga ilingan, bag’ri ming bor tilingan, Nursafardiyyaga xush kelibsiz...
Ey, ishqqa aza tutgan, azal eding unutgan, millating ming yil kutgan, Nursafardiyyaga xush kelibsiz...

***  ***  ***

Siz bilandir har onda, qurbon bo’lsa qurbonda, ilmi aning Qur’onda, Nursafardiyyaga xush kelibsiz…

***  ***  ***

Saxovati shundaydir, mahobati kundaydir, doim ishqqa undaydir, Nursafardiyyaga xush kelibsiz…

***  ***  ***

Ishq mayini quyar ul, Ilohni xo’p suyar ul, ming rohatni tuyar ul, Nursafardiyyaga xush kelibsiz…

***  ***  ***

Nafs g’amini emagay, ishqdan o’zga demagay, kim kelar kim kelmagay, Nursafardiyyaga xush kelibsiz…

***  ***  ***

Tariqat o’zlik erur, o’zlikda birlik erur, birlikda sirlik erur, Nursafardiyyaga xush kelibsiz...

***  ***  ***

Nursafardiyya - bu asrlar osha vujudga kelgan barcha so’fiyliklar uyg’unligidir. Tariqat ilohiydir. Ilohiyli ko’zlikdir. O’zlikka xush kelibsiz,  aziz vatandosh...
Istak ilinji.
Quy soqiy may ichaylik, quvvatlarni quchaylik, ilohiy bir ishq ila samolarga uchaylik… Quy, ey soqiy, fano na darkor bizga, ilohiy bir ishq kor bizga... Mayli ishq bo’lsa, bo’lsin bo’yin uzra dor  bizga.. Kim bo’libdi Mashrab kabi devonahol zor bizga... Quy, ey soqiy Hayyom kabi mastlik istadim... O’z nafsimga o’zim bu kun qastlik istadim... Saning ishqingdaman parvona o’lsam, parvonalik ichra devona o’lsam, mastona o’lsam… Quy, ey soqiy...

Alhamdulillahi robbil a’lamin...

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA