TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Er kurramiz kimlarga kerak bolib qoldi? Biz ozimizga kerakmizmi?

Muallif: Sofiy tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2012-04-05

Dedimki, olam yaralgandan buyon uning siru sinoati  Ilohdan o’zga mavjudodga ma’lum emasdir.  Mohiyatni Ilohdan o’zgasidan axtarmoq bekor ekanligini Yaratganni fahmlamoq va ibodat saroyida qalb shuuri bilan o’zlikni topmoq, taraqqiyot davrida eng muhim  muammollardan biri bo’lib qoldi, desak xato qilmagan bo’lamiz.

Anglamoq fasli kelganini anglamoq lozimligini anglamog’imiz lozim. Demakkim, anglamoq haqida gap ketar ekan, bu holat tafakkurimiz nishonasining ijobiy belgisi, desak xato qilmaymiz... Dunyoning mohiyatiga toki qalbimiz pardasi ko’tarilib, nafsimiz xastaliklaridan qutulmas ekanmiz, zinhor anglamasmiz. Dunyo sirdir. Olamning paydo bo’lishi va zamin bag’rida ilohiy falsafalarning vujudga kelishi orqali o’zlikni anglash tushunchasi  ongli xilqat, ya’ni insoniyatni ko’pdan buyon o’ylantirib keladi. Xo’sh, ming yillar davomida zamin ko’ksida yashab kelayotgan insoniyatning taraqqiyot davridagi bugungi ahvoli qanday?

Agar tarixga nazar tashlaydigan bo’lsak, ilohiy falsafalarning vujudga kelishi oqibatida ona zamin muhiti bir muncha musaffo edi. Taraqqiyot davri o’n to’qqizinchi asrdan keyingi davrni o’z ichiga olgan bo’lsa, yaqin o’tgan yuz yilliklar oralig’ida aynan ilohiy falsafalarning bir muncha chekingani oqibatida insoniyat xilqati halokat yoqasiga kelib qolganini fahmlamoq unchalik qiyin emas. Insoniyat kashf qilgan so’nggi yillardagi taraqqiyot aslida kimga qarashli? Nega insoniyat o’zi yaratgan taraqqiyotga o’zi qul bo’lib qoldi?

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA