TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

So'fiy tabobati

Muallif: A. Kushkarov

Joylashtirish vaqti: 2009-08-19

Bir odam Masih bilan sayr qilib yurgan ekan, bir nechta suyakka ko'zib tushib qolibdi. U Masihdan o'likni tiriltirishni o'rgatishini so'rabdi.

Masih aytibdi: «Bu ish sizga to'g'ri kelmaydi. Siz o'zingizning sog'lig'ingizga yaxshi qaray olmaysiz-ku, birovlarga ta'sir etmoqqa qiziqib yuribsiz».

****

Hozirgi kunga kelib ko'pchilik haqiqiy sog'liqni unutmoqda, zero, sog'liqning bugungi andozasi asl sog'liqdan orqada qolmoqda. Sog'lom odam muskullari tarang tortilgan odam emas, balki haqiqiy sog'lom kishi bu hayot go'zalliklaridan quvona oladigan va hayotni qadrlaydigan insondir. Sog'liqning belgisi chuqur sezuvchi kishida namoyon bo'ladi. Moddiy-dahriy kishi bilan aqloniy-ruhoniy odamning sog'lig'iga putur etishiga hayron qoladigan joyi yo'q. Birinchisi maromni yo'qotganidan kasalga chalingan bo'lsa, ikkinchisi o'ziga begona bo'lgan me'yor-maromga moslasha olmaganidan kasalga yo'liqadi. Inson - xoh u moddiy odam bo'lsin, xoh ruhoniy bo'lsin - baribir olomon orasida yashaydi. Va undan qochib qutula olmaydi ham. Modomiki, shunday ekan, u bir qator omillarga beixtiyor giriftor bo'ladi. Ko'zini, ko'nglini oladigan taassurotlardan yashira olmaydi. Eng yaxshisi bu erda bir narsadan: ko'ngilsizlikdan, tartibsizlikdan, nomuvozanatlikdan saqlanishi va buning iloji bo'lmagan taqdirda jur'at, jasorat paydo qilib, uning yo'lida g'ov bo'layotgan, sog'lig'iga va komilligiga rahna solayotgan barcha oqibatlarni engib o'tish darkor.

So'fiy aqidasi bo'yicha u nafaqat ma'naviy jihatdan, balki har tomonlama yuksaklikka - barkamollikka erishmog'i lozimdir. Har qanday ta'limot va bilimlar majmuasi - hosili bo'ladigan ishdir. Biroq yashay olmoqlik ham bu bir ilohiy san'atdir, irsiy-merosiy ilmdir.

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA