TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Mangulik falsafasi

Muallif: Sofiy-Tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2012-03-05

Dedimki, qalb oshyonini obod etmoq tafakkurni ulug’lagay. Tafakkur ruhiy borliqni ilohiy olamga tutushtiruvchi ko’prikdir. Qalbning avvali iymon, istagi e’tiqod, amali ibodatdir, samarasi ilohiy jalol, o’zagi jamoldir...

Banda ilohiy olam bilan munosabatga kirisha oladimi? Buning uchun agar inson tafakkuri uyg’ongandan so’ng o’zligini anglagach, albatta, ma’lum bir falsafaga e’tiqod qilmog’i lozimdir. Dunyoviy falsafa  moddiylik qonunlarini o’z ichiga oladi. Ammo Ilohga olib boruvchi yo’l emas. Ilohiy falsafalar tafakkur orqali yuzaga kelgan mukammal ruhiy olam bo’lib uning asosiy yo’li ilohiy manzillarni ko’zlaydi. Ilohiy olam bu ko’zga ko’rinmas mavhumiyat xilqati va uning asosi quvvatlar tizimidan iboratdir. Olamning asosi quvvatiy manbaalardan tashkil topgan bo’lib uning zamirida ilohiy  asos yotadi. Iloh bu boqiylik quvvatidir. Uning ko’lami yaratilgan butun olamlar sathini qamrab olgan. Koinot qo’ynida kichik bir zamin uzra yashayotgan inson xilqati ilohiy olamga bog’liq mavjudoddir. Lekin inson fano olamida nafsga asir bo’lgani uchun ham ilohiy olamga bog’liqligini har doim ham tan olavermaydi. Bu holat uning o’zligining o’zligida emasligidadir. Inson dunyo ilkiga tushib o’zining ilohiyligini unutgan holda o’zlik haqidagi tasavvurdan yiroq turadi.  Uning Ilohdan kelganligi va Ilohga qaytish falsafasi tasavvuriga sig’maydi. Insoniyat iymon va e’tiqod aqidalariga amal qila boshlagan davrdan buyon Tangri haqidagi yagona xulosa vujudga keldi. Olamda o’ziga xos diniy bo’linishlar, turli e’tiqodlar paydo bo’ldi.  Inson qaysi dinga e’tiqod qilmasin, Tangrini yagona ekanligini tan oladi. Bu holat insoniyatning qanchalik dunyoga bog’lanib qolmasin, oz bo’lsada yutug’idir.

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA