TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Nurli buloq sari

Muallif: Haydarova Gulchiroy, Farg'ona viloyati

Joylashtirish vaqti: 2012-01-17

Inson tug'ilibdiki, u nafas oladi, harakat qiladi, o'zi bilgan bilmagan holda Alloh tomonidan berilgan quvvatga intiladi. Kimdir ichki quvvat tizimini ma`lum darazhaga ko'taradi. Kimdir harakati yo'lida nimagadir erishadi, kimdir hech narsaga intilmaydi va nimaga dunega kelganini ham bilmajdi, kimdir intiladi, lekin hech narsaga erishmajdi. Chunki inson qanchalik salbiy fikrlasa, undagi salbiy quvvat ishlaydi va tepadan berilaetgan izhobiy quvvat o'rnini ham salbiy quvvat egallaydi.
Duneda shunday buloq borki, uni "nurli buloq" deyishadi. Bu buloqda Alloh tomonidan berilgan inson uchun zarur har qanday ozuqa bor. U buloq tog'ning cho'qqisida joylashganki, har qanday inson ham unga etolmaydi.
Odamlar buloqqa intiling, sadoqatdan narvon yasang, sabr-toqat-la harakat qiling va ohirgi so'zingizni aytish uchun buloqqa shoshiling.
Insonda nafs bor, buloq suvi nafsingizni o'ldiradi.

Nurli suvni ichganingizda tomoqdagi "qof" nuqtasidan nafsni o'ldirib, "alif" nuqtasiga izhobiy habarni berib, "to" nuqtasida ijobat bo'ladi. "sin"da salbiy so'z sinadi, "ho" da hayvoniy hirs haydaladi, "a`yn" da ajdodiy an`ana avjlanadi, "lom" da la`in lashkari la`natlanadi, "sod" da sadoqat sabri sinaladi, "ro" da rangin ro'e ranglanadi, "jo" da erqin eg'du yarqiraydi, "mim" da mukammal murod mavjlanadi, "kof" da ko'ngil ko'rki kurtaklanadi, "ho" da havotirli hijron hiralanadi, "nun" da nurafshon nur nurlanadi. Inson tanasiga singib ketgan nafs, hirs va jamiiki salbiy dardlarni haydab, nurli eg'du, mukammal sadoqat berib, vujuddagi dardlarning malhamini shu darajada rivojlantiradiki, borliqdagi dardni vujud malhami bartaraf etib, tanadagi moviy bo'shliqqa musaffolik bahsh etadi. Ya`ni "nurli buloq suvi" hastalangan dilni, qalbni dard kelgan qa`rigacha tozalab, o'zida yashiringan nafsga qarshi kurashuvchi nurni paydo qiladi.    

Buloqning suvi shunday hislatliki, ado qiladiki, ado bo'lmaydi, maftun qiladiki, mag'lub bo'lmaydi, tiz cho'ktiradiki, tizzalanmaydi, zabt etadiki, chekinmaydi.
Inson nafsi shu darajada kuchliki, buloq suvini o'z hovlisidan chiqarmoqchi bo'ladi. Uni bo'ysindirmoqchi bo'ladi. Lekin nurli buloqning shunday hislati borki, uni harsand tosh bilan berkitmoqchi bo'lsang, ikkinchi jojdan otilib chiqadi. Yanada qattiqroq harakat bilan to'htatmoqchi bo'lsangiz, u sizning hohishingizni vaqtincha qondirib, ma`lum vaqtdan keyin undanda kuchli haybat bilan paydo bo'ladi. Qaysiki uni hech qandaj kuch to'htatolmaydi.
Sihatli tan istaganlar "nurli buloq suvi"dan qonib iching, yo'qsa harakatlaringiz samarasi hasta yurak, parcha dil, so'nib boraetgan kelajaksiz haetga olib boradi.
Inson hamisha  Olloh tomonidan berilgan ne`matlarning qadriga etishi, uni qadrlab e`zozlashi lozim bo'ladi. Aks holda nurli buloqning nurlaridan quruq qoladi.
Nurli buloqning manzili-Nursafardijya, uni mavjlantiruvchi-So'fiylar nuri, buloq asoschisi Ilohdan berilgan ta`limot `egasi-Nursafardiy, bardavomligini ta`minlovchi-So'fiy tabib.

Nursafardijya - "nur"ning "olam"ga "safar"i va "olam"ning yaralishi.
So'fiylar nuri - yaralgan "olam"ni jonlantiruvchi, mangu ilohietga olib borguvchi "nur".
Nursafardiy - "nur"ga "safar" qildiruvchi sababchi shayh, murshid, tanlangan "do'st".
So'fiy tabib - yaralgan "olamning" madadkori, musaffo sihati va dardkash "tabibi"

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA