TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Ikki xilqat ichindaman yoxud mendaman, mensizlikdaman

Muallif: Sofiy tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2012-01-12

Dedimki, Maning manligim manda emasdur va maning mavjudligimda bandaligim o’zimga begonasifat vo ajab, dunyo ilkiga tushding, ki mandagi holat ichra hol sanda emasdur.

Mening menligimni anglamoq mushkul.

Mankim, umrim davomida Iloh ishqi bilan yashadim va poklangan qalbim saroyidagi zikrim javohirlari bilan uning bebaho lazzatini his qilganimdan so’ng mukammallikning mutloq darajasini anglatib turuvchi ilohiy olamning tub- tubiga intilib bordim. Bu holat mendagi menligimdan butunlay ayirgan holda inon-ixtiyorim Ilohning ixtiyoriga o’tdi. Angladimki, butun umr qilgan ibodatlarim meni Iloh saltanatining shohsupasi tomon eltayotgan edi.

Men o’zimni tanimayman.

Ko’zguga qarasam menga begona kimsa qarab turadi. Hayratdan dong qotaman. Menga qarab turgan kim?

Ha, anglaymanki, bu bir vaqtlar men bo’lganman. Lekin ko’zgudagi aksim hozir men emas. Shu holat meni hayratga solmoqda edi. Anglaymanki, mana shu ko’zgudan menga qarab turgan men qachonlardir men edim. Ana shu ko’zgudagi menga qarab turgan men, mening foniy olamdagi mavjudligimni anglatib tursada, u shunchaki oddiy vujuddir va lek bu vujud mening asl menligimni o’ziga singdirib uning og’ir yukini ko’tarib yuribdi...

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA