TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Mendagi men - sizlik. 3-kitob

Muallif: Sofiy-Tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2011-12-01

Men o’z o’rnida foniy olamni garchi u nafsga yo’g’rilgan bir xilqat bo’lsada, bu olam ichra go’zal tuyg’ularning borligi uchun ham qadrlayman. Bu zamin o’zlikni anglash saroyidir va bu saroy ichra mavhum bo’lgan xazinadan iborat zikr javohirlarini topgan  bandagina chinakam saodatga erishadi. Men bu saroyni misoli karvonsaroyga o’xshatganim uchun ham boqiy taraddudiga tushmog’im lozimligini angladim. Va aynan o’sha xazinani topmoq ilinjida halovatimni yo’qotdim. Bozorga o’xshab turgan g’ala- g’ovur dunyodan ufurib turgan nafs bo’ronlari ba’zi insonlarni ayovsiz o’z domiga tortib ketayotgan edi. Bu olamning shirakayf ishratlari oldida mening ham nafsim hakalak otishi  va men bunday makkorlikning oldida talmovsirab qolishim mumkinligidan o’zimni olib qocha boshladim. Menga tasalli bergan birinchi tuyg’u aynan Tangrini eslash edi. Va men Tangrini  eslaganim hamono bu foniy olamda o’zimni birinchi bor begona his qildim. Men hali ruhiyat kamolotiga etmaganim uchun ham vujudan begonalik azobi meni hatto dunyoni tark etish qaroridan ham qaytarmagan bir tuyg’uga duchor etgan edi. Lekin hech qanday ruhiyatsiz va ilohiy ishqsiz mening dunyoni tark etishim chinakam fojea ekanligini anglaganim hamono bu fikrimdan qaytishni afzal bildim. Men vujudan tufroqqa aylansamda, ruhan o’lmoqni istamagan holda Tangriga yuzlashmoqqa ahd qildim. Men foniyning beshavqat qonuni bo’lgan o’limga tik boqdim.

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA