TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Mendagi men - sizlik. 2-kitob

Muallif: Sofiy-Tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2011-12-01

Mening asl menligimning asl sababi nimada?

Men Iloh doirasiga kirishim uchun avvalo Ilohni anglashim kerak edi. Angladimki, eng avvalo men istayotgan va tafakkurimda uning ishqi uyg’onayotgan bir paytda, men uning manzili uchun mustahkam va barqaror, pokiza bir saroy hozirlashim kerak edi. Bu saroyning nomini QALB deydilar. Men ilohiy olamni anglashim va uning jamoli ila jalolini topmog’im uchun avvalo qalbimga nazar solishim, uning foniy olamdagi holatini bilishim kerak edi. Men qalbimga quloq tutmadim, aksincha nazar soldim. Bilsam, men qalb atagan ko’ngil  saroyimni allaqachonlar foniyning menga begona bo’lgan nafs ishtiyoqi egallab bo’lgan ekan. Men tafakkurim birla nafsning kirdikorlarini anglab qoldim va shu ondan Tangriga yuzlanib faryod chekdim. Men o’zimni deyarli boy berib qo’ygan edim. Men o’zimni deyarli nafs girdobiga topshirib qo’ygan edim. Tafakkurimda kechayotgan barcha jarayonlar faqat dunyoviy istakka, foniyning sarob yumushlariga qaratilgan edi. Dunyoviy nafs meni deyarli g’ajib tashlamoqqa hozir, uning menga  lazzatli bo’lib ko’ringan har bir ishratining ostida sarobdan iborat pushaymonlik qasri bunyod bo’layotgan edi.

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA