TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Piru-ustoz sifatlari va qudrati

Muallif: So'fiy-tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2011-07-15

Dedimki, pirning sifatlari ilohiyot quvvatidan olingan tengsiz jilo va orazi otashidan paydo qilingan ma’vo orqali namoyondir. Pir ul zotkim Ilohning aynan nuri, bandalarning yo’lini yorituvchi, yo’qlik ichra borliqni anglatuvchi va yo’qlikdagi borliqni bandalarga ayon qiluvchi, nazarida ilohiy jamol, nafasida Tangri quvvati, uni ko’rsa gunoh titraydi, shayton falaj bo’ladi, manmanlik so’nadi, foniy ishqi o’ladi, nafs tiz cho’kadi... Shaytoniy quvvatlar daf bo’ladi, ezgu-niyatlar saf tortadi...

Pirning nafasi - havoni harakatga keltirib, borliqni kashf qiladi.

Pirning harakati - havoni harakatga keltirib, karomat yaratadi.

Pirning fikri - ilohiy quvvatni paydo qiladi, amal yaratadi, zikr yaratadi, voqea yaratadi, nafas va harakatga ilohiylik ato etadi.

Amali - kam ko’rinur, ko’p ko’rinmas va voqealar yaratadi.

Borlig’i - yo’qlik, quvvat, saxovat, ilhom, tarbiya, hushyorlik, amal, undash...

Nazari - gunohni o’ldiradi, ezgulikni undiradi... Qalblarni poklaydi, manmanni yiqitadi, nochorni turg’izadi, xudosizni ibodatga o’tqizadi... Shaytonni dildan ketkizadi, ilohiyotdagini Ilohga etqazadi... Bandani mukammallikka undaydi...

Qadami - u yurgan yo’lda shaffof buloqlar ko’z ochadi. Gunoh ko’tariladi. Ibodat nafasi unadi...

Donishmandligi - olamni nurga to’ldiradi. Foniylikda  boqiylikni kashf qiladi, qalblarni ilohiy saltanat sarhadiga ko’taradi...

Xush duosi - karomat yaratadi. Olamni nurga to’ldiradi. Aqlsizni oqil, baxtsizni baxtli qiladi, nochorni taxtli qiladi. Farzandi yo’qni farzandli, hayotini asal-qandli, borlig’ini Iloh bilan bandli qiladi. Oilani payvandli etib naslni poklaydi... Gunohni aritadi, Ilohga qaratadi... Barokat, saxovat sochadi. Qalblarni nurga to’ldiradi.

Bad duosi - manmanni o’ldiradi, yovuzni so’ndiradi, hasadni chiritadi, yosh bo’lsa qaritadi, nafs qulini o’lmasidan oldin go’rga tiqadi, bir duosi ikki olam jahannamiga olib boradi. Etti pushtini engadir... Duosining doirasi kengdir, yomonlikka bir duo qildi o’limga tengdir... Duosi yashindan tez, lekin sekin-asta quritadi. Atrofida qondosh-qarindosh aritadi, umrini chiritadi. Duosi yomonlikka kafandan libos bichadi, tasodifiy  o’limga olib boradi.

Va ufavviyzu amri illalloh

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA