TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Tafakkur, ong va nafsning toqnashuvi (muzokara uchun mavzu)

Muallif: Sofiy-Tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2011-06-20

Men ilohiyotdan va ilohiyotda ekanligimni anglayapman, siz anglamayapsiz!

Ilohiy ming ilhom qaytmoqda bizga, siz angmayapsiz!

Mening ruhoniyat olamida ekanligimni anglamaganingiz uchun ham borliqdan uzilgan borlig’imni o’zingiz so’ygan  va bilib bilmagan dunyoviy falsafangiz ichra anglamayapsiz.

Borliq olamida men o’zligimni sezmog’imga sezgilarim sababidan emas, aksincha qalbim oynasida ilohiy quvvatning bardavom ko’rinishi tufayligina anglab etdim.

Mavjud vujudning tug’ilmoq va o’lmoq orasida, uning yoshlik jannatidan qarilik jahannamigacha harakatga keltirib turuvchi jon mexanizmi dunyoviy qolipga moslab yaratilgan bo’lsa, ana shu jon qobig’idagi aylanib turuvchi ruhoniy olam quvvati uning mavjud qoliplarini sindirib, mavjudlik maqomidan ma’budlik darajasiga ko’taradi va tasavvurga sig’magan tafakkurning bunday oliy darajasi ilohiy lazzatdan o’zga hech narsani anglatmaydi.

Mening ruhoniy sezgilarim ruhiyatimning fanoviy falsafasini yo’qqa chiqardi va ruhiyatimning o’ziga undagan ruhoniyat sari yo’l qidirdim. Va bunday imkoniyatni qalbi shuurim zamirida yashirin sabr sarchashmasidan topdim. Va mening metindek bu sabrim mening tafakkurimdagi tasavvurimga yo’l ochdi.

Dedimki, tasavvurga tafakkur orqali kirish lozim. Zero, ongning to’g’ridan-to’g’ri tasavvur doirasiga kirishi ko’plab haqiqatlarni yo’qqa chiqarib sarobga aylantiradi. Ong va tasavvur orasida o’zining beqiyos kuch-qudratini yashirib yotgan tafakkur quvvati insoniyat uchun cheksiz imkoniyatlar manbai ekanligini insonlar o’z vaqtida anglab etmaganlari uchun ham manqurtlik girdobiga tushib qolmoqdalar. Tasavvur kuchi insonga xayolan zavq bag’ishlaydi, lekin xayolot makonidagi zamon jarayoni haqiqatdan yiroqdir. Nega insonlar ko’zlagan maqsad va orzulariga erishavermaydi? Mohiyat qaerda?

Insonlar to’g’ridan-to’g’ri tasavvur doirasiga qiradilar va ushbu hududan o’zlariga qaytayotgan salbiy quvvatlar tizimini sezmaydilar. Inson tasavvur qiladi, lekin tasavvurida shakllangan istakka erisholmasligini anglagan holda doimiy ravishda entikish va armon iskanjasida yuradi. Bunday salbiy quvvatlar tizimi o’z o’rnida insonning hujayra darajasiga ta’sir qilib, ichki jarayonda kechayotgan quvvat mexanizmini susaytiradi. Insoniyatni har qanday tasavvuridagi tasavvuriga, orzusiga erishtiradigan yagona kuch va imkoniyat, bu tafakkurdir. Ya’ni ong va tasavvur orasidagi tafakkurni yanchib, tasavvur doirasiga kirganlar hech qachon ko’zlagan maqsadlariga etolmaydilar. Tafakkursiz tasavvur oddiy yashashdan toki olam qonunlarini salbiy tomonga o’zgartirib yuborishdek quvvatga ega bo’lishi bugungi kunda dunyoviy global muammolarni yuzaga kelishiga sabab bo’lmayaptimi?

Tasavvurning shakllanishi yoxud tafakkurning inson hayotida quvvatga kirish kirmasligining sababchisi ongning bugungi holati qay darajada?

Kechirasiz, o’tgan asrlarga nisbatan bugungi davr ongining tasavvur doirasidagi shakli eng past darajani ko’rsatmoqda. Bu holatni ilmiy tomondan asoslashga urinib ko’rmaymizmi?

Mana shu jarayonda insonlar keskin xatosi nimada?

Sabab shuki, insonlar tasavvur doirasidagi tafakkur bilan hisoblab xulosa qiladilar. Tafakkur doirasidagi tasavvur esa tamoman boshqa narsa. Mohiyat qaerdaligini angladingizmi?

Ya’ni tasavvurda ko’ringan tafakkur sarobga aylansa, tafakkur orqali qilingan tasavvur haqiqatga aylanadi. Demak, insondagi har orzu armonga emas, aynan kashfga aylanadi. Bir fikr qiling, tafakkurning qudratini anglayapsizmi? Siz tasavvur qilishga shoshilmang. Bu holat sizning bosh miya hujayra tizimini chalg’itadi, xolos. Mohiyat tafakkurda ekanini unutmang. Biz tafakkur haqida kuyunchaklik bilan gapirar ekanmiz, bugungi davr ongi tafakkur mexanizmini ishlatishga tayyormi? Afsuski bu borada ijobiy fikr aytolmaymiz. Nega?

Chunki insonlardagi ong darajasi tafakkur tomon yuqorilab emas, aksincha pastlab bormoqda. Tafakkurning yo’qligi, tasavvurdagi noto’g’rilik, doimiy salbiy fikrlar bugungi kun insoniyatini turli xil xastaliklarga duchor qilmoqda.

Statistika ma’lumotlarga qaraganda, bugungi kun, davr ayollarining o’ndan biri ko’krak saratoniga yo’liqsa, to’rtdan biri mioma, kista va rak kasalliklariga uchramoqda.

Buning asosiy sabablaridan biri ayollarda hayo pardasining ko’tarilishi, ochiq holatda ko’kraklarini ko’z-ko’z qilishlari va buning natijasida ongning noto’g’ri fikri ko’z qarashlarning salbiy quvvati aynan ko’krak hududini bedavo dardga duchor qilmoqda.

Shu jumladan, belning ochiq yurishi, tor shimlar, qomatni ko’z-ko’z qilinishi tashqi tomondan oqib kelayotgan salbiy quvvatlar tizimini so’rib olmoqdaki, biz kuyunchaklik bilan so’zlayotgan xavfli kasalliklar turi kutilmaganda namoyon bo’lmoqda.

Demak, shundan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, bugungi kun insonlar ongi yuqori tafakkurga emas, aynan ko’krakka tushgan. Ayollar o’z qomatlarini ko’z-ko’z qilish ilinjida ongni shu doiraga qaratsalar, erkaklar ongi ham, ko’z nigohlari va fikrlari aynan bel “pasti” va ko’krakka qaratilgandir.

Shu o’rinda tafakkur haqida so’z ochmoq bir oz erish tuyuladi. Bugungi hayotimizni o’tmish momolarimizning hayo pardasiga o’ralgan hayotlariga taqqoslagan holda qanday xulosa qilish mumkin?

Hayo pardasi bugungi kun salomatlik mezoni ekanligini qachon anglaymiz?

Hayo pardasini nima ko’tarmoqda? Buning uch sababi bor nazarimizda.

Birinchisi bu-soxta go’zallik.

Ikkinchisi bu-nafs.

Uchinchisi bu-fahm-farosatning qamligi.

Ammo bunday ko’rinishni jamlab yaxlit holda soxta va milliylikka yot bo’lgan madaniyat desak, haqiqatga yaqinroq bo’ladi.

Milliy asliyat millatimizning qonida bor... Ammo bu xavotirga o’rin yo’q degani emas...

Milliy asliyat millatning urf-odati-yu, odob-axloqidan tortib, uning nafaqat ichki, balki tashqi ko’rinishida ham namoyon bo’ladi. Yangi davrning xatosi shundaki, insonlar hayotlari davomida e’tiborni ichki go’zallikka emas, aksincha tashqi go’zallikka qaratmoqdaki, bunday harakatlar zamirida soxta go’zallik o’z aksini ko’rsatmoqda. Tashqi qiyofa, o’ziga haddan ziyod oro berish, ichki dunyosini go’zal etmagan inson uchun salbiy oqimlar tizimiga tushib qolishi xavfidan holi emas. Shuning uchun inson avvalo ichki go’zallik orqali tashqi dunyo uchun o’ziga doimiy immun tizimini yaratishi kerak. Demak, ichki go’zallikda immun, ya’ni himoya tizimi mavjud ekan, unga qanday erishiladi?

Shu o’rinda biz ong va tasavvur orasida mudroq yotgan tafakkurga murojaat qilishimizga to’g’ri keladi.

Tafakkur nima o’zi?

Tafakkur oliy darajadagi ilohiy hissiyotlar manbai va bunday hissiyotlar zamirida haqiqat mavjud. Tafakkurda fano ishqidan ko’ra, baqo shukuhi mavj uradi. Olam mohiyatini anglatuvchi va insonni chinakam o’zligiga qaytaruvchi quvvat manbai aynan tafakkurdir. Tafakkur sarhadlariga etmoq oson yumush emas. Buning uchun faol ong mezonlari yig’indisidan hosil bo’lgan chinakam sabrni bir manbaaga qaratmoq lozimki, sabr asoslari foniy nafsini chetlab o’tadi va olam mohiyatini anglayotgan o’zlik uchun ichki go’zallik dunyosi eshiklari ochilib, insonni yuksakka ko’taruvchi tafakkur o’z qiyofasini namoyon etadi. Soxta go’zallik, moddiyat unsurlariga berilib, jismoniy rohat mezonlariga ko’nikib qolgan inson uchun ruhiyat olamidagi mavhum lazzat sirlari ko’pincha mavhumligicha qoladi va anglamoq lozimki, bunda mavhumlik lazzati kaliti, aynan tafakkur qo’lidadir.

Aslida ong ilohiy ne’mat bo’lib, u insonni olam kengliklari uzra oliy tafakkur sari etaklab boruvchi quvvat tizimidir. Ming afsuski, insonlar o’z onglari quvvati tizimidan chiqib ketmoqdalar.

Anglamoq lozimki, olam Iloh mahsuli, sinov va ibodat maydoni. O’zlikni anglash odamiylik hislatlari bilan uni obod qilish saroyidir. Olam, garchi samo kengliklari odam uchun sirli bir xilqat bo’lsada, olamning odam yashaydigan qismi ona zamin olam qonunlarini anglatib turuvchi asosli manbaadir. Olam odam uchun imkoniyatlar bekati. Har bir odam bu bekatda qo’nib o’tarkan, o’zligini anglab odamiylik tamoyillariga amal qilgan holatda, o’z manziliga o’zlik bilan etib olmoqni ko’zlagani ma’qul.

Odam olam ichra, odam va odamiylik ichra bir olam bo’lsagina, tafakkurning rohatbaxsh jarayoni ro’y beradi.

Anglamoq lozimki, olam odam mahsuli emas, odam olam mahsuli emas va har ikkala unsur ham Iloh mahsulidir. Odam odamiylik nuqtai nazarida bo’lmog’i uchun odamiylik mezonlariga amal qilmog’i lozimki, olam qonunlari odam taqdiriga bog’liq holda uning hukmiga qarab qolmasligi lozim. Odam odamiylik kashfiyotchisidir, olam kashfiyotchisi emas. Odam olamni kashf qilmog’idan oldin o’zligini, odamiyligini kashf qilmas ekan, oqibat olamga moddiyat ko’zi bilan qaralib, olam qonunlarini buzib yuboradi va bu holat odamiylik sharafiga musharraf bo’lishga ulgurmagan odamlar, ularning hayotlari uchun ham halokatli oqibatlarni yuzaga keltirishi mumkin.

Xo’sh, vaziyat taqozosidan kelib chiqqan holda qanday xulosaga kelish mumkin?

So’z tafakkur haqida borar ekan, tafakkur tamoyillariga yo’l ochuvchi ongni musaffo tizimga yo’naltirish uchun nima qilmoq kerak?

Keyingi davrda inson ongining pastlashuvi nafaqat inson salomatligiga, balki o’zi yashab turgan jamiyat, qolaversa o’z milliyligiga ta’sir kuchini o’tkazmoqda.

Ong dunyoni ham, odamni ham qanday bo’lsa shundayligicha qabul etadi va u na olamni va na o’zi yashab turgan vujudni tadqiq qilish xususiyatiga ega emas. Odamning o’zini anglamasligining boisi ham shunda. Bu nimadan darak?

Demakkim, ong ruhiyat mahsuli bo’lib, moddiyat unsurlariga bog’lanmagan holda, hatto o’zi yashab turgan vujudni ogohlantiruvchi hech qanday himoya vositasiga ega emas.

Ongda birgina tafakkurga chiqish yo’li bor va agar u bunday bebaho yo’lni topolmasa, o’zi yashab turgan vujudni tashqi salbiy quvvatlar tizimidan asrash qobiliyatidan mahrum bo’ladi.

Savol: insonda ong rivojlangan ekan, nega u oldindan sodir bo’lishi kerak bo’lgan hodisa va yoxud kasallikdan boxabar etish xususiyatiga ega emas? Nega?

Har bir organizmda millionlab mayda mikrob, qo’polroq aytganda qurtlar, gijjalar va yana uyg’onishi lozim bo’lgan bakteriologik kasalliklar turi yashirin yotibdi. Tishlar emirilmoqda. Jigarda qon aylanish tizimi buzilgan yoxud ayollarda bachadon yoki ko’krak bezi o’simtasi paydo bo’ladi. Qizig’i shuki, inson xastalikka chalinib bo’lgandan so’ng vrach yoxud tabibga murojaat qiladi.

E’tibor qilayotgan bo’lsangiz, vujud xastalikka chalinsa ham ong beparvo, u vujudda paydo bo’layotgan xastalikni sezmaydi.

Bu holatni qanday izohlash mumkin?

Agar har ikkalasini, ong va vujud birlamchi desak, mantiqqa to’g’ri kelarmikin?

Ey farzand, sen olamni anglamog’ing, odamni anglamog’ing uchun avvalo o’zligingni anglagin. Olam falsafasi, odamiylik falsafasi o’zingdadir. O’zlik esa qalbingdadir. Senkim, borliq olamdan pok qalbing ila ilohiy olam sirlarini anglamoqqa intilgilki, foniy olamdan uzilmagan holda saodatga erishmoq baxtiga muyassar bo’lgaysan. Nafsga erk bermoqlik baqo ilmini unutish bilan barobardir. Zero, baqo ilmida o’zlik va olam falsafasini anglatuvchi Iloh mavjuddir. O’zlik baxtiga komilliksiz, mukammalliksiz erishib bo’lmagay va bu yo’lning o’ziga xos mashaqqatlari mavjudkim, ushbu sinovda mardona turmog’ing e’tiqodingga havoladir. Senkim, komillik yo’liga tushmog’ingdan oldin odamiylik tamoyillari asosida o’zligingni kashf qilmog’ing lozim bo’ladi. Odamiylikni kasb etmoq, komillik yo’liga qo’yilgan birinchi qadamdir.

Dedimki, tafakkurga olib boruvchi yo’l, bu ruhiyatdir, ruhiyat jondadir, qondadir, qon ichra iymondadir.

Dedimki, jondagi ruhiyatni, qondagi iymonni va Ilohga bo’lgan ahdu paymonni uyg’ota bilish kerak.

Dedimki, vujudga jon Iloh ila kirgan, lek ruhiyat mudroqdir, fano amali yaroq, uyg’otmoq maroqdir.

Iloh cheksiz quvvat, mislsiz qudratdir va dedimki, quvvatiga erishsang samoviy halovatda, qudratiga erishsang fanoviy karomatdasan.

Dedimki, har ikki ma’noni bitta anglatuvchi, ma’budga olib boruvchi yo’l ruhiyatning tafakkurga aylanishida sodir bo’lsa, ushbu yo’ldan o’zlik orqali o’zingga qaytuvchi ilohiy nurlar maskani qalbdadir.

Qalb nechun Ilohni anglamasligini anglagilki, boisi nafsdadir. Nafs riyokor ruhiyat va tafakkurning yuziga temir parda tortuvchi fanoviy beqiyos ozuqa manbaidirki, inson bu yo’lda hushyorlik kasb etmasa, bilgilki o’zlikni anglatuvchi Iloh falsafasi hech qachon unga nasib aylamagay.

Nafs nadir? Ki ul insonni yo’lidan adashtiruvchi sinov maydonidagi eng yovuz dushmandirki, uning asosiy kuchga kirgan payti onaning qornidan tug’ilgan paytidayoq chaqaloqda namoyon bo’lg’ay. Dunyoga kelgan go’dakning birinchi ilinji nafsdir. U atrofidagi hammaning e’tiborini tortadi, ona sutini so’radi, manmanlik qiladi, yig’lab istagan narsasini muhayyo qilishlirini so’raydi. Shu sabab ham jismoniy rivojlanish Iloh tomonidan unga sekin astalik bilan berilgan, aks holda dunyoni ag’dar-to’ntar qilishdan toymaydigan nafs girdobidagi go’dakdan har narsa kutish mumkin bo’lardi.

Hayvonlarga e’tibor bersangiz, ular tug’ilgandanoq yurib ketadilar va aynan hayvonlarda ongning nisbiy tushunchasi berilgani uchun ham ular sokinlik ila mo’’tadil rivojlanadilar.

Inson bolasida o’ta kuchli nafs tizimi rivojlangani bois unda avvalo nafsni boshqaradigan ong paydo qilinadi. Go’dak sekin asta sutdan ayriladi, asta-sekin o’ynab nafsini ong bilan boshqara boshlaydi. Go’dak anglay boshlaydiki, dunyo u o’ylaganchalik faqat nafsdan iborat emas. Ong bilan boshqariladigan hayot insonda toki tafakkur uyg’onmaguncha davom etadi.

Qachonki tafakkur ongni boshqara boshlasagina Ilohga yo’l ochiladi.

Dedimki, jon vujudda, ruhiyat vujudda, lekin ong vujuddan tashqaridadir. U insonni boshining tepa qismida, uning aura doirasidadir. Va shu sabab ham ong vujudda kechayotgan jismoniy, salbiy va unda paydo bo’layotgan yangi xastaliklardan boxabardir. Ong ozuqani vujuddan oladi va aslida vujudga ongning keragi yo’qdir. Vujudni tafakkur bilan boshqarish lozim va ana shunda insonda chinakam o’zlikni anglash tizimi paydo bo’ladi. Nega biz ongni vujudga keragi yo’q deymiz, chunki ongda ilohiylik yo’q va u shundoq ham nafs doirasida turgan vujudni nafsiga yanayam erk beradi. Bu holat esa insonni Ilohdan tamoman yiroqlashganidan darakdir.

Tafakkur vujudni ham, ongni ham boshqaruvchi tizimdir. Tafakkur zamirida turgan ruhiyat va ilohiyat birlamchidir. Ruhiyat kamolotga erishib tafakkurga aylansa, ilohiyat bilan uzviy bog’lanadi.

Bundan kelib chiqadiki, ruhiyat Ilohga olib boruvchi asosdir. Faqat uni poklagan holatda tafakkur darajasiga ko’tarish lozim. Masalan: ilon vaqti kelib po’st tashlaydi, vujudini yangilaydi. Shunga o’xshash insondagi ongni po’st desak, uni tashlab chinakam o’zligi, ya’ni ruhiyat va tafakkurni yuzaga chiqarishi lozim.

Yoyinki, siz ipak qurtiga hech e’tibor qilganmisiz. Tuxumdan chiqqan qurt ongi bilan nafs izlaydi, vaqt o’tishi bilan o’ziga quti yasaydi. Ichida uchmoqqa hozirlik ko’rib kapalakka aylanadi va asl qurtligi, nafsini tashlab ozod bo’ladi va uchib ketadi. Kapalak anglaydiki, xonasida qolsa halok bo’ladi. Qurt xonasida ekanligidayoq, kapalakka aylanishga urinadi. Qurt bo’lib qolishni istamaydi, garchi istasa halok bo’lishini anglaydi.

Bu holat juda mukammal jarayondir. Qarang, vujudidan, nafsidan qutilgan kapalak uchun ozodlik, xotirjamlik shu qadar muhim. Endi u halok bo’ladimi, yo’qmi ahamiyati yo’q, asosiysi o’z missiyasini qoyilmaqom qilib bajardi.

Insonlarda shu jarayon qanday kechmoqda?

Dedimki, insonlar ozodlik va xotirjamlikdan yiroqdirlar va bu holatning asl sababi nafsdir. Insonlar onglarida metindek qotib qolgan nafs iskanjasidan qutilmoqlari amri maholdir.

Bu holatning salbiy tomoni shundaki, nafs avvalo inson umrini emirmoqda. Uni turli xil xastaliklarga duchor qilmoqda.

Masalan, sizdagi ong nafsga qorishgan va siz hayot tashvishlariga shu qadar berilib ketgansizki, uning har zarbasini his qilgan ong, g’am-tashvishlarni to’g’ridan-to’g’ri qalbga uzatadi. Qalb bu axborot yig’uvchi, ongdan kelayotgan xabarlarni qabul qiluvchi asosdir. Ong mavhum, ong jismoniy holat emas. Shu sabab ham hayot zarbalarida ong emas, aynan qalb ozor chekadi. Qalb bu moddiyatdir, yurakka ta’sir etadi. Ongdagi fikrlash doirasining asabiylashuvlari yurakni ishdan chiqaradi. Yurak qon-tomir kasalliklari, insul’t, infarkt kabi xavfli kasalliklar ana shunday holatda paydo bo’ladi.

Foniyni anglaganlar, o’zlikni anglaganlar, dunyo tashvishlaridan yiroq avliyolar qalbni Iloh bilan himoya qiladilar. Chunki tafakkur tizimi, undagi ko’rinish faqat Iloh bilan boshqariladi.

Dedimki, ruhiyat tafakkurga etgach, Ilohning quvvatini oladi va u hech qachon buzilmaydi. Tafakkur doirasidagi inson birovga yomonlik qilolmaydi. Hamisha ezgulik yo’lida ilohiy tasavvur bilan yuradi. Ya’ni u Iloh tomonidan boshqaruvga tushadi.

Ilohiy harakatlar tizimi uni boshqara boshlaydi. Olloh nazariga tushadi. Biz yuqorida misol keltirganimizdek, insonda kapalak uchishi ro’y beradi.

Dedimki, inson dunyoviy nafsdan echib, xotirjamlikni yaratish evaziga Ilohga erishadi. Avvalo qalb poklanmas ekan, unda Ilohga joy yo’qdir. Insondagi ikkinchi odam bu qalbdir, haqiqiy odam, odamiylik, ilohiylik bu qalbdir. Chinakam o’zlik bu qalbdir. Iloh yo’li, o’zlik yo’li bu qalb va tafakkurdir.

Dedimki, insonlar ruhiyatga e’tibor bermadilar, tafakkurga nazar qilmadilar va so’qir ko’zlar nafs ummoniga chuqurroq kirib bormoqdaki, buning natijasida insonning tepasida turgan ong yanada pastlab ketmoqda. Ong va nafs birlamchi bo’lib qolmoqda.

O’zginamni o’zimga begona qildimi, ishq,
Ko’rinmasdan bir bora devona qildimi, ishq.

****

Yorga bir makon qurdim, qalbim oshiyonida,
Ko’zim yo’lida giryon, parvona qildimi, ishq.

****

Dunyo go’zal dedilar, ko’rmadimman rohatni,
YO, bu jannat otashin vayrona qildimi, ishq.

****

Yor qayda, yoron qayda visoli pinhonadir,
Hijronning sahrosida hayrona qildimi, ishq.

****

Mayxonada mast bo’ldim, mastligim mastonaliq,
Mastonaliq mastida bir xona qildimi, ishq.

****

Ko’rmadi mandek devona, olam oshiyoni, yo rab,
YO, kim Nursafardiyni bir dona qildimi, ishq.

Ey inson, tafakkur va ong darajahgni Iloh ozuqasi bilan boyit, qachonki u nafs to’qnashuviga tayyor tursin.

Valikullin darajatun mimma a’miluf.

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA