TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Iloh, inson, ibodat va nafs sarhadlarida

Muallif: So'fiy-tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2011-05-27

Charchoqni yotganda bilasan, o’limni o’lganingda bilasan.

***

Sen menman desang, unda men kimman?!

***

Hamma narsa uchun bir kun kelib javob berishga to’g’ri keladi. Bu dunyoda javob berib qolgan yaxshiroqdir.

***

Birovga yordam berolmasang, ahvolini so’rama, undan ko’ra unga yordam berish yo’lini izla yoki izlat.

***

Amaliyotsiz ibodat, nursiz chiroqqa o’xshaydi.

***

So’fiylik shundayin ilohiy bir gulki, uni ko’rgan bir umrga oshiq va uni hidlagan bir umrga mast bo’lib qolgay.

***

Men hammaga men haqimda istagan fikrlarini bildirishlariga, istagan gaplarini gapirishlariga va istagan ishlarini qilib ko’rishlariga ruxsat etaman, lekin bilamanki, ularning hech biri menga salbiy ta’sir ko’rsata olmaydilar, chunki mening taqdirim va qismatim Iloh tomonidan boshqarib borilmoqda.

***

Egri bo’lishdan oldin o’ylab ko’ring, sizni to’g’rilashmoqchi bo’lishsa sinib qolishingiz mumkin.

***

Odamzot nega o’zligini topolmay yo’qolib ketadi, chunki uning fikrida, zikrida o’sha yomon quvvat  joylashgan.

***

Ey inson, fahmla, Alloh tomonidan berilgan  tanahgni sovutib, Iloh tomonidan berilayotgan issiq quvvatni qabul qilishga va uni Haq yo’lida sarflashga tayyorlan.

***

Kurashmasang kul bo’lasan, bir kun kelib erga o’g’it bo’lasan.

***

Bu dunyoda Ilohni ro’kach qilganning ustidan g’olib bo’ldik, deb shoshilmang, mag’lub bo’lganning muhim g’alabasini Ilohi kelgusi dunyoda va’da qilib qo’ygan. O’shanda sizlar haqiqiy g’alaba nima ekanligini yaxshi tushunib olasiz.

***

Hayvon xilidagi odamga 3 ta narsa kerak: nafs, nafs va yana nafs.

***

Axmoqning eng yomon ko’rinishi, bu ilmsizlik va nodonligidadir.

***

Bezbetdan, nodondan va bilimsizdan sizga bu hislatlar yuqib qolmasligi uchun uzoq yurishga harakat qiling.

***

Bezbetda-yuz, nodonda-aql, bilimsizda-fahm-farosat o’zgacha ko’rinishda bo’ladi.

***

Falsafasiz, mukammalliksiz jiddiy ishga kirishmang, o’zingizni ham, atrofdagilaringizni ham qurbon qilasiz.

***

Ilohiy quvvatga ega insonga bo’yin egishni odat qiling, aks holda hayotingiz nobud bo’ladi.

***

Bilimingiz yuqori bo’lsada manmanlikka berilmang, bilim bilan mansab yaratsa bo’ladi, lekin manmanlik uni bir kun borib yo’q qiladi.

***

Xatolardan tavba qilishga, kerak bo’lsa tiz cho’kishga odatlaning, aksincha pushaymonlar ko’payib ketishi mumkin.

***

Duchor bo’layotgan qiyinchiliklarga mardona turib berishga doimo tayyor turing. Ularning, albatta, mukofoti bor.

***

Manmanlik ko’p ijobiy voqealardan mahrum qilg’ay.

***

Chuqur tushkunlik, omadsizlik, qiyinchiliklarni engishning bir yo’li bor, u ham bo’lsa yuqoridagilarga sinov deb baho berishdir.

***

Meni tushunmaslar, meni ko’rolmaslar! Sizlardan xato bo’lmayman, chunki sizlar bilan u dunyoda ham uchrashmaymiz, sababi ruhlaringiz bu dunyo zamini uchun o’g’it qilib tayinlangan.

***

Biz yaxshilar ichida ham, yomonlar ichida ham yo’qmiz. Angladimki, biz Sen, Iloh, bilan birgamiz.

***

Kim bu dunyoda “dunyo” yarataman desa, katta xato qiladi, chunki Yaratuvchi borligini unutgan bo’ladi.

***

Ilohga ibodat qilsangiz ham qilmasangiz ham shu kuningiz o’tadi. Bir ibodat hosil qilishga kirishing.

***

Umrning boshi yig’i bilan boshlanadi va oxiri ham yig’i bilan tug’aydi. Oralig’ini yig’iga sababchi amallarsiz o’tkazishga harakat qiling.

***

Ilohning sizga bo’lgan munosabati sizning amallaringiz va ibodatlaringiz bilan o’lchaniladi.

***

Zikriy ibodatsiz umr befoyda amalga o’xshaydi.

***

Sog’likni boylik bilan tenglashtirsak, umrni ibodat ila tenglashtirgan ma’qulroq.

***

Eng sodda va ma’qul ibodat, bu qalbga nazar va nafasga e’tibordir.

***

Ibodatsiz bo’lsangiz, hech bo’lmasa o’limni eslab yuring.

***

Yo’qotgan narsangizni topishingiz mumkin, lekin ibodatsiz umrni qaytarib bo’lmaydi.

***

Nafsni tiyish uchun ayrim sizga juda kerak bo’lgan narsalardan voz kechishni o’rganing.

***

Bulbul qandayin go’zal sayramasin, me’yoridan ko’p bo’lsa yurak bezitar. Dono so’zlar birdaniga bisyor bo’lsa donishmandlik ham tegar jonga.

***

Umrim noma’lumlikda o’tsada, u Senga ayon, Ilohim!

***

Daraxt bargining erga tushishi Sensiz bo’lmasa, nega bandang daraxtni silkitayotir?!

***

Sendan bizga savol yo’q, bizning Senga savollarimiz javobsiz qolmoqda, darvoqe.

Robbi zidni ilma.

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA