TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Xattotlik va Nursafardiyya

Muallif: ---

Joylashtirish vaqti: 2011-05-17

Xattotlik san’tining tarixi uzoq davrlarga borib taqalishi bilan bir qatorda, u nafaqat arabiy va forsiy yozuvlar bilangina cheklangan. Azaliy manbaalarga nazar tashlasak, xattotlik san’atini turkiy xalqlar orasida “kashta yozuvi” iborasi bilan 4-6 asrlardan ma’lum bo’lgan.

“Kashta yozuvi” tizimi to’g’ridan-to’g’ri matoga iplar yordamida tikish yo’li bilan yaratilgan asarlar bo’lsa, yana bir xili kigizga, julbaraq va gilamlarga rang-barang jilolar yasash usuli orqali amalga oshirilgan. Ayniqsa, ushbu usullar ajdodiy turkiy xalqlar ichida ko’p ko’zga tashlanadi.

Arab va eski o’zbek tili xattotlik san’atining paydo bo’lishi, uning ahamiyatini va usullarini yanada rivojlantirdi.

Xattotlik orqali kitoblarni, devorlarni naqshlar bilan bezatilish maqsadi qo’yilsa, yana ilohiy kitob bo’lmish Qur’oni qarimni mukammal o’rganish ham asos qilib olinadi. Ya’ni xattotlik orqali Alloh jamoliga intilish, undan bahra olish bosh maqsaddir.

Nursafardiyya so’fiylik tizimida yuqorida qayd etilgan maqsadlardan tashqari Allohning jalolidan quvvat olish ham asosiydur.

Ya’ni xattotlik san’ati bilan mashg’ul bo’lgan shaxs nafaqat go’zallikni, balki insonlarga ruhiy quvvat beruvchi shakl sistemasini yaratishi lozim. Shu bilan bir qatorda san’atkor ish jarayonida o’zining mavhum fikrlash tanasida ichki quvvatini boyitgan holda ilohiyot olamiga kira borishi mumkin bo’ladi.

Qaysi xattotlik tizimi bo’lishidan qat’iy nazar xoh maxsus so’z, gap, xoh shakli daryolar bo’lsin, uning asosida chuqur inson ichki tizimini mustahkamlab, ilohiy darajaga etkazadigan kuch turmog’i kerak.

Nursafardiyya so’fiylik tizimida xattotlik (kashta yozuv) sistemasi uning bir qancha yo’nalishlarida qo’l keladi. Masalan, zikr, raqs, jang san’ati, gimnastika (harakatiyot), sohalarida xattotlik tizimisiz mukammallikga erishib bo’lmaydi.
Ushbu sizlarga tavsiya etilayotgan maqola aynan xattotlik tizimiga kirish va Nursafardiyyadagi ayrim yo’nalishlarni o’rganish uchun mo’ljallangan. 

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA