TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Insonlar orasidagi jannatning lazzatlari-farishtalar makonida

Muallif: Haydarova Gulchiroy, Farg'ona viloyati

Joylashtirish vaqti: 2011-05-02

So’fiylik shundayin bir ilohiy gulki,
uni ko’rgan bir umrga oshiq va uni
hidlagan umrbod mast bo’lib qolg’ay.

Nursafardiy

 

Insonlar orasidagi jannat-bu Nursafardiyya.
Insonlar orasidagi jannatning yagona tirik piri-bu Nursafardiy.
Lazzat-bu uning ilohiy amallari.
Farishtalar makoni-bu uning atrofidagi ko’rinmas, go’zal va nafis moviy bo’shliq va undagi nozik siymolar.
 
  

Nursafardiyya-tariqat oqimining bir yo’nalishi emas, balki so’fiylik olamining yig’indisi, ildizi, tarixi va kelajagidir.

Olam yaratilishda Ollohning nuri (NUR) erga safar (SAFAR) qilib olamni (DIYYA) yaratgan. Va Nursafardiyyaning asosi bo’lmish 14 nuqta orqali insonni yaratgan. Inson ongiga 14 yo’nalishni jo qilgan va uni mukammallikka intiltirib qo’ygan. Intilgan, izlagan, haqiqiy ustozni topgan insongina o’zidagi ilohiy va ilmiy qobiliyatlarga, amallarga umri davomida erishadi. Buning aksidagi odamlar esa bu dunyoning hayvoniy hirsi bilan o’tib ketadi.

Azalda so’fiylar, darveshlar zikr qilishgan, chillada bo’lishgan, lekin ularda amaliyot bo’lmagan. Chunki bu katta amaliyotga erishish uchun yillar, asrlar talab etilgan. Mana shu katta amaliyotning vujudga kelishi uchun kuchli quvvat tizimining yig’ilishi va bu tizimni to’g’ri yo’lga yo’naltira oladigan SO’FIYLAR NURI dunyoga kelishi kerak bo’lgan va Haqning haqqoniy, quvvatiy amaliyotiga ega bo’lgan mukammal falsafasining asrlar davomida yakdil bo’lib fano va baqo burjida ro’yobga chiqishi uchun “jonli narvon” kerak edi. Ya’ni o’tgan ustoz avliyo so’fiylarning ruhidagi, zikridagi, tavbasidagi, ularga berilgan ma’lum quvvat tizimining rivojidagi “jonli narvoni”.

Aynan shu “jonli narvon”ning cho’qqisida barcha so’fiylik yo’nalishlarining imtihosi, Haqning asriy yagona amaliyoti Nursafardiyya yo’nalishi ijobat bo’ldi. Jahannam orasidagi jannatning yagona piri So’fiylar nurining nuri jamiyatda, xalq orasida, vujudda, borliqda, fanoda, ilohiyotda, ijobiyatda mukammal ilohiy darajada o’z o’rnini topdi.

So’fiylar nurining nuri jamiyatda yashab, har bir narsaning o’ziga emas, uning ijobiy quvvatiga intiladi.

Masalan: Qur’oni qarim tilovat qilinganda uning qanaqa tilovat qilinayotganiga yoki so’zlariga emas, balki o’sha suraning qay holda va qaysi darajadagi quvvat tizimi bilan nozil bo’lganligini sezish darajasini So’fiylar nuri ta’kidlaydi. Shu quvvat darajasiga ulana olgan inson Alloh tomonidan berilgan 14 nuqtaning birini zabt etgan bo’ladi.

So’fiylar nuri haqida ikki og’iz to’xtalma:

Ilohiy bir oqshomning ilohiy bir daqiqasida ilohiy da’vat bo’ldi, - Sen kimsan?, - deb so’raldi undan g’aybdan kelgan ilohiy bir ovoz.
- Men So’fiy-tabibman, - deb javob berdi u.
- Yo’q deya yana so’raldi undan.
- Sen kimsan?
- Yana javob berdi.
- Men oddiy So’fiy-tabibman.
- Yo’q dedi yana o’sha ilohiy ovoz. Sen bugundan boshlab So’fiy-tabib emassan, Sen “So’fiylar nurisan”, - dedi.

So’fiylar nuri - olam ichra olamlarga berilgan ilohiy ilmlarning, ilohiy darajalarning, ilohiy amaliyotning, ilohiy mukammallikning sohibidir. Necha asrlar davomida “jonli narvon” yasab, to’plangan zikriy-ilohiy quvvatlar darajasini birlashtiruvchisi va boshqaruvchisidir. Berilgan ilohiy ong darajasi, insonlardagi sog’lik va ilohiy sog’lik darajasi va hujayra darajasida ta’sir ko’rsata oladigan ilohiy shaxs, biluvchidir. U xohlagan kitobning xohlagan satrini ochib, o’sha quvvat darajasiga ulana oladi va kitobdagi ma’lumotlarni bir satr orqali uqib oladi. Uning vujudi, borlig’i tabiat va undagi o’zgarishlar bilan, yaratilgan va kashf qilinmagan olamlar bilan, inson aqli eta olmagan butun gallaktika bilan, insonlar ruhiy va dunyoviy olami bilan shu qadar bog’liqki, ularni dunyoviy va ilohiy darajada boshqara oladi.

Tabiatda yog’ingarchilik qancha ko’p bo’lsa, uning vujudida suyuqlik miqdori kamayadi, dunyodagi ro’y berayotgan va ro’y berishi kerak bo’lgan voqealar tavsifi uning ko’z o’ngida hamisha namoyon, butun gallaktika og’irligi uning elkasida, (bu oddiy insonlar tasavvuriga sig’mayda va bu holni borligicha hazm qila olmaydi), uning borligi insonlar sog’ligining hujayra darajasida tuzalib ketishi uchun oddiy holatdir.

Olam yaratilishidagi Ollohning nuri (NUR) erga qilgan safari (SAFAR) bilan birga o’z safarini davom ettirib, yaratilgan ilohiy quvvat tizimlarini birlashtirish va ularga kerakli ilohiy ozuqa berish uchun So’fiylar nuriga (Nursafardiy) qoldirildi.  
Yaratilgan olam (DIYYA) esa alohida bo’lakka bo’linib, havo bo’shlig’iga yoyib yuborilgan (NURSAFARDIYYA). Bu havodan nafas olayapmiz, bu havo bilan tirikmiz va endi bu havosiz yashay olmaymiz. Chunki bu Yaratilgan tomonidan berilgan ilohiy havo, bundan to’yib nafas olish tanlangan va Tangri yorlaqagan insonlarga tuhfadir.
Bu so’zlarni o’ylab topish uchun inson ongi ojizlik qiladi. Ilohdan berilgan ilm, asrlar davomida tayyorlangan tizim, uni yoritish Ungagina xos.

(Ilohiy ilhom)

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA