TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Taqdir-qismat falsafasi

Muallif: So'fiy-tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2011-04-18

Ming yillar davomida insoniyat tamadduni o’ziga xos rivojlanish bosqichini bosib o’tdikim, uning samarasi bugungi bashariyat taqdir tamoyilini ma’lum masofalar chegaralariga tutashtirdi.

Xo’sh bu qanday chegara?

Olam yaralibdiki, ong atalmish yuksak tuyg’uga ega insoniyat o’ziga munosib falsafalar yaratdi. Ma’lum ma’noda o’z Yaratuvchisini angladi. Anglash ma’nosini anglatuvchi asosiy omil, tafakkur negizidagi quvvatiy manbaa ekanligi ilohiy falsafalarda o’z aksini topdi. Moddiy olamda ilohiy falsafalarning paydo bo’lish jarayoni nimadan kelib chiqdi?

Bu holatni to’laligicha o’lim bilan izohlashimiz mumkin. Va aynan o’limning  haqligi uchun ham borliq, garchi  jannatga o’xshash xilqat bo’lsada, ma’lum ma’noda o’z qadrini yo’qotdi, ya’ni Yaratuvchiga qaytish to’g’risidagi falsafalarning vujudga kelishiga asosiy turtki bo’ldi. Bizning davrimizga qadar yaratilgan falsafalar insoniyat uchun ma’lum ma’noda ilohiy ozuqa vazifasini o’tagan holda, buyuk siymolarni ham yuzaga chiqardiki, ular qoldirgan ilmiy-ilohiy va ma’naviy meroslardan bahra olgan holda  Yaratganning falsafasi muntazam davom ettirilmoqda. Ilohiy falsafalarning anglash tamoyillari xoslarga xos yumush bo’lib faqat avliyosifat, ilohiy ishq yo’lidagi buyuk shaxslargina bunday omillarni  anglay oladilar...

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA