TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

O'zlikni anglash hiyoboni

Muallif: Nursafardiy, K. Avaz

Joylashtirish vaqti: 2009-08-14

- Vale, javhar ham o'z holicha go'zal emas, qay tarafidan nur tushishiga bog'liq. Ana shu nur sabab javohir qirralari jilolanib, odamni o'ziga maftun etadi. So'z ham ana shunday ma'ni nuri ila muzayyan bo'lsagina go'zal ifodaga aylanadi. Va yana So'z iborasi siyosiy ahamiyatga molikligi bilan ham beyikdir, negakim, oliy farmonlaru farmoyishlar «... Amir Temur ko'rogon so'zimiz...», deb boshlanashidayoq, o'zbek davlatchiligining rasmiy hujjat darajasiga ko'tariladi.

****

Nursafardiy:  Komil aka, xatingizni o'qib, darhaqiqat xursand bo'ldim. Mening xursandligimning yana bir tomoni, sizning menga ixlosingiz va so'fiylik tariqati ta'limotini to'g'ri ilg'ay bilganingizdadir. Siz ajoiyb bir usulubda yaratgan «Qo'nalg'a» romaningizdagi dindorlaru ahli ilm bilan bahsu munozaralaringizdan-ku, ko'p xushhol bo'ldim. Bu romangizni 102 yoshga kirgan Eshmurod akam yaqinda menga uni ikkinchi marta o'qiyotganini mamnunlik bilan aytib qoldi. Xatingizga javob yozmaganim bilan Sizga qalbim to'la mehr ila niyatlarimni aytdim. Shu boisdanmi, xullas javob yozishga rag'bat qolmaganday bo'la berdi.  

Komil Avaz:  Mayli, hali ko'plab xatlar yozisharmiz. Keling, yaxshisi zurafolig' ziynati - idrok dunyosi haqida gaplashaylik.

Mustaqilligimizning dastlabki yillari turklar bilan qo'shma korxona qurish maqsadida ish boshlab, yo'lim Istambulga tushdi. Ish orasida «Turkiya» gazetining bosh donishi Nevzat Yolchintosh bilan juma kuni «Musulmon dunyosi vaqfi»ga bordik. U erdagi manzara, muomala, munoqasha, nesini aytay har qanday tahsinga loyiq.  Har juma kuni islom ilmi va madaniyati bilan mashg'ul olimlar peshin namoziga yig'ilib, bir piyola choy ustida din ahkomlari, hadislar borasida, u yo bu sura oyatlarining tafsiru tahlili xususida gurunglashib, bahslashib, tarix safhalarini varaqlab ko'p fikr olishar ekanlar. Ularning musohabalarini, munoqashalarini tinglab, ingliz  olimining bir yigit bilan bo'lgan suhbatini o'qiganimni esladim. Yigit olimdan «La iloha illallah» nima deb so'raganida, olim ikkilanmasdan «Allohndan boshqa iloh yo'q», deb javob qaytargan.

Shunda yigit:

- Men sizdan buning tarjimasini emas, ma'nisini so'rayapman, - degan.

Olimning savol qarshisidagi ojizligini payqagan yigit hayratomuz sukutga cho'mgan. Bu suhbatdan foqif bir odam:

- Menda «La iloha illallah»ning tafsiri bor, birga o'qiy qolaylik, - debdi.

Olim tafsir 15-20 bet bo'lsa kerak deb rozi bo'lgan ekan, qarashsa, tafsir 5000 sahifadan ortiqroq ekan.

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA