TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Ozgadan ozlikni tanigan darvesh falsafasi

Muallif: So'fiy-tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2011-03-23

Ey Tangrim, seni tanidimu, boshimga kuloh tushdi, egnimda xirqa, to sanga etmadim tanimda jon, ishqim mani sanda, zikringni mendan qilma kanda, etganimda jamolingga jaloling izlab.
Ey Tangrim, ishqing lazzatidan mani jonim lazzati begona bo’ldi. Kangul devona, ko’zlar parvona, so’zlar bir yona bo’ldi.
Man sani dedim, angladimki asli san edim va sanga qaytmoqqa qadam qo’ydim, qadamimni bardam va har dam qo’ydim.
Dunyo nadir, angladimki sariq chaqadir, vaqti komiga tortadir, kim toat qilmadi gunohi ortadir. Men dunyodan ma’no topdim, ma’vo topmadim, senga bo’lgan ishq dardimga bir davo topmadim.
Ma’no ulki, Haq ishqi boshga tushdi, dilni ishq vasli quchdi. Dunyo dardimmidi, Tangrim! Saning darding etmasmidi. Kangul fig’on etmasmidi, yo sen tomon ketmasmidi. Dunyo menga begonadur, qalbim sani deb yonadur, men bir yonu, hamma bir yondadur. Nafsi birla xo’p qonadur, sandan begumon tonadur. Sabr qildim, riyozat qildim, sanga etmoq yo’li shuldir bildim, nafsimni dorga ildim, vaslingga intilib yurak bag’rim tildim. Man o’zimdan kechib o’zimga qaytdim, nafs to’nini echib so’zimga qaytdim, kelgan izimga va bir tizimga qaytdim.
Man o’zimdan kechib san bo’ldim, nafsimdan kechib man bo’ldim, so’zimda quvvat, izimda shiddat, tizimda qudrat bo’ldim.
Ko’rmoqdasan, nafs bandalar uchun xudo bo’ldi, ajab, sandan judo bo’ldi, jannatlari vido bo’ldi...

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA