TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Jahannam ichra jannat

Muallif: So'fiy-tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2011-03-23

Bismillahir rohmanir rohiim

Dedim, jannat eshigining kaliti qalbdadur, qalbning kaliti tafakkurda, tafakkur esa yuksak ong orqali chegarasiz olam, laduniy kashfiyotlar sarhadlariga olib boruvchi beqiyos ilm ummonidir.
Dedim, jannat zamindadur, zamin osmondadur, osmon qalbdadur, qalb esa tafakkurda.
Dedim, jahannam zamindadur, zamin nafsdadur, nafs ongdadur, ong dunyoviydur.
Dedim, ong dunyoviydur, tafakkur ilohiydur. Qalb Tangridur.
Dedim, ong moddiyat, ya’ni nafsdur, nafs vaqtdur, nafs oxiratdur, oxirat jahannam yoki jannatdur.
Dedim, tafakkur ilohiyotdur, ilohiyot vaqtdan holi, ya’ni abadiyatdur.
Dedim, qalb Tangridur, Tangri qalbdur, ya’ni ikki xilqat uzviy bog’liqdur.
Dedim, ong moddiyatdur, moddiyat o’limdur, o’lim jahannam yoki jannatdur.
Dedim, tafakkur ilohiyotdur, ilohiyot abadiyatdur, abadiyat jannatdur.
Dedim, jahannam va jannat mavjudligi ko’rinmas va mavhum bo’lsada, oxir-oqibat ikki xilqat sarhatlariga o’lim eshiklari orqali o’tilgay.
Dedimki, jahannam va jannatning asl qiyofasi narigi dunyoda bo’lgani bilan uning debochasi, ya’ni kirish eshiklari shul mavjud olamdadur. Banda fano olamida yashashi davomida o’zi uchun jannatni yoxud jahannam otashini barpo qilg’ay. Taassufki, bul olamning jahannam atalmish jannat eshiklari tirband, jahannam atalmish jannat eshiklari huvillar.

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA