TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Sofiylar nurining 14 yonalishdagi foydali maslahatlari

Muallif: ---

Joylashtirish vaqti: 2011-03-02

1.      Dunyo voqealariga va hayotingizga falsafiy-ilohiy  jilo berishga harakat qiling. Mushkullaringiz osonlashadi.
2.      Hayot tarzingizni Iloh, to’g’ri jamiyat va oila qoidalariga moslashtiring, sabrli bo’ling. Baxtli hayot kechira boshlaysiz.
3.      Charchoqni, tanadagi og’irlikni, tushkunlik holatlarini 10-15 daqiqalik sho’x kuyli musiqa ostida raqs tushish orqali daf etishga harakat qiling. O’zingizga tanqid nazari bilan qarashga o’rganing.
4.      Ichki dunyoyingizni, hasratlaringizni, og’ir siquvlarni, tushkunlik holatlaringizni va baxtli his-tuyg’ularingizni she’rlarda va hikoyalarda ifodalab berishga harakat qiling. Bilingki, ularni Siz yoki kelajak avlodingiz o’qib o’ziga xulosa yasaydi. 
5.      E’tiqodingizni mustahkamlash, Iloh bilan munosabatingizni o’rnatish uchun Qur’oni qarim suralarini va duolarni qiroat qilib yuring. Hech unutmang, Alloh Sizni unutmaydi. 
6.      Uzoq, sog’lom umr qo’rmoqchi bo’lsangiz tanangizni tayinli, foydali harakatlar-mashqlar tizimiga o’rgating. Ko’rinishingiz va qomatingiz uzoq yillargacha ko’zga tashlanib turadi.
7.      Qo’rqoqlikni jismingizdan daf etmoqchi, jasurlikni o’zingizga kasb qilmoqchi bo’lsangiz, albatta, jang san’ati bilan mashg’ul bo’ling. Shaxsingizning, yaqinlaringizning himoyasi Sizning zimmangizga tushib qolishi mumkin. 
8.      Unutmangki, sog’ligingiz va hushyorligingiz sababchisi-to’g’ri nafasdir. Ilohning quvvati Sizning jismingizga nafas ila jo bo’lg’ay.
9.      Vujudingizda xushchaqchaqlikni paydo qilmoqchi bo’lsangiz musiqa eshitib, ashulalarni xirgoya qilishni odat aylang. Ajdodlar quvvatiga mansub mumtoz kuylarni eshitgan ma’qul.
10.    Orastalik, ichki va tashqi go’zallik nafaqat jamiyatda, balki o’zingizda, so’zingizda, yurish-turishingizda namoyon bo’lsin. Bu omil muvaffaqiyatingizning yarmidan ko’pini tashkil etadi.
11.    O’zingizni, oila a’zolaringizni va atrofdagilaringizni tabiiy o’t-giyohlar yordamida sog’lomlashtirishni o’rganing. Bilingki, sog’lik havodek zarurdir. Ushbu faoliyat ham moliyaviy, ham psixologik yutug’ingizdir.
12.    Har bir kasb qo’lda unum topganiday, husni xatlik, yozuv-chizuv fikringizni bir joyga jamlashga yordam beradi va fahm-farosatingizni kuchaytiradi. Ajdodlar quvvatidan unumli foydalaning.
13.    Iloh quvvatiga erishishning eng mukammal va oson yo’li, bu zikrdir. Uning asosida sog’lik, boylik va kelajak yotadi. Harakatdagi zikrni kuniga o’n-o’n besh daqiqa bajarishga harakat qiling.
14.    Yuqoridagilarni astoyidil, uzoq yillar bajarib borsangiz, Ilohdan sizga maxfiy ilm va karomat beriladi, inshoolloh.

So’fiy-tabib Nursafardiy

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA