TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Nursafardiyya tafakkur tarbiyasi

Muallif: So'fiy-tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2009-08-11

Nursafardiyya maktabining mohiyati nadur? Uning kechgani fano, intilgani baqodir. Vujudda ruh zohirkim fursat maydonida fano burjidan baqo abadiyatiga qadar shiori Haq yo'lida haqparvar, xalq yo'lidagi xalqparvarlikdir.

****

Tarbiya haqida: Tarbiya asli oiladan boshlanur. Gar oila qo'rg'oni iymon g'ishtidan qurilgan bo'lsa, unga shayton o'qlari kor qilmaydi. Farzandning kamol topishi uchun oilaning barcha a'zolari mas'uldirlar. Ota-ona hulqi yaxshi bo'lsa, farzand ruhiyati undan o'rnak olib, olamga odob ko'zi ila qaraydi. Tarbiyaning sakkiz chashmasi kangulni obod aylaydi. Ota-ona tarbiyasi, bog'cha tarbiyasi, maktab tarbiyasi, ustoz tarbiyasi, ilmiy tarbiya, diniy tarbiya, pirlik tarbiyasi va vujud tarbiyasi. Ota-ona tarbiyasi - kelajak ostonasini belgilab beradi, bog'cha tarbiyasi - jajji kangulni mehr bulog'idan qondiradi, maktab tarbiyasi - ilm debochasi, kasb tanlash saroyi, o'zlikni anglash fasli, dunyoni tanitadi va ma'lum maqsadga yo'naltiradi, ustoz tarbiyasi - ilm, yoxud kasb o'rgatadi, ilmiy tarbiya - ongni yuksak darajada rivojlantirib, dunyoviy kashfiyotlarga xizmat qiladi, diniy tarbiya - shariat yo'lida sobitqadamlik Allohning barcha farzlariga amal qilish sunnatini belgilab beradi, pirlik tarbiyasi So'fiylikning saodatli yo'liga boshlab, Haq jamoliga oshno etadi va tariqat yo'lida muridni haqiqatga boshlaydi. Vujud tarbiyasi - nafsoniy hislardan kechmoq, pok yo'lini tanlab Haq jamolida yonib, zikr etmoq va uning quvvatidan quvvat olmoqdir. Sakkiz yo'ldan adashmay ravon yurgan kishi Allohning suygan bandasidir. Haq yo'lini tanlang. Alloh himmati beminatdir.

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA