TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Inson kashfiyoti taraqqiyotining tanazzuli

Muallif: Sofiy-tabib shayx Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2010-11-03

Dunyo sirli bir xilqatdir. Inson sirli bir xilqatdir. Olamni ilohiyot mahsuli derlar. Ilohiyot ichidagi odamni ham uning bir bo’lagi dedilar. Olam ilohiyot ekan, nega odam ilohiyot emas. Olam ilohiyot ekan, nega odamlar ilohiyotni nafsga aylantirdilar. Olam odamlarga bog’liqdir, nega odamlar olamga olamiy ilohiyotga bog’liq emas. Odamlar olamni oddiy ko’zda ko’rdilar, odamlar olamni Iloh nazari bilan ko’rmadilar. Iloh nazari ko’ngilda ekanligini bilmadilar. Odamlar ko’ngil oltinini zanglatdilar.  Odamlar ko’ngilni ko’zini ko’r qildilar. Odamlar o’z -o’zlariga qotillik qildilar. Odamlar o’zlarini o’zlari o’ldirdilar. Odamlar o’zlarini nafs bilan o’ldirdilar. Odamlar o’zlarini nafs botqog’iga otdilar. Odamlar nafsni jannat  o’rnida ko’rdilar. Odamlar nafs orqali  o’zlari o’zliklarini unutdilar va olamdan ayro tushdilar. Olam ilohiyot mahsuli, odamlar bu mahsullikda ma’suliyat sezmadilar va uning qobig’idan chiqib ketdilar. Odamlar tafakkurga nisbatan xiyonat qildilar. Odamlar tafakkurni  nafsga sotdilar. Yigirma birinchi asr xudosizlik asrimi? Yigirma birinchi asr iymonsizlik asrimi? Yigirma birinchi asr nafs asrimi? Yigirma birinchi asr manqurtlik asrimi? Yigirma birinchi asr dunyoviy taraqqiyot asri. Ilohiy olamda ilohiy taraqqiyot asri bo’ladimi? Insoniyat ilohiy taraqqiyot davriga qachon qiradi? Insoniyat dunyoviy taraqqiyot ortidan quvgan bir paytda ilohiy taraqqiyot ro’y beradimi?  Dunyoviy taraqqiyot nima? Dunyoviy taraqqiyot nafsdir. Dunyoviy taraqqiyot dunyodir, inchunun bir qolipdir. Insoniyat dunyoviy taraqqiyotga harchand berilmasinlar, kashfiyotlar natija bermas va bu qolipdan chiqolmaslar. Dunyo nadir? Dunyo insoniyatdir, dunyo erdir, osmondir. Ilohiy taraqqiyotsiz osmon chegarasidan chiqolmaslar. Dunyo insoniyat uchun tordir, ilohiyot uchun cheksizdir. Ilohiy taraqqiyotsiz osmon pardadir, naryog’i ko’rinmas. Ilohiy taraqqiyot pardani ko’tarar. Ilohiy taraqqiyot butun insoniyat ko’nglidan pardani ko’tarar...

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA