TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Insoniyat va nafsoniyat...

Muallif: Sofiy-tabib shayx Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2010-10-28

Mohiyat

Dedim, - “dunyo nadir”. Dedi,  - “dunyo havas”. Dedi, - “dunyo nadir”. Dedim, - “dunyo qafas”. Dedim, - “dunyo nadir”. Dedi, - “dunyo kibr”. Dedi, - “dunyo nadir”. Dedim, - “dunyo qabr”. Dedim, - “dunyo nadir”. Dedi, - “dunyo vatan”. Dedi, - “dunyo nadir”. Dedim, - “dunyo kafan”. Dedim, - “dunyo nadir”. Dedi, - “dunyo fikr”. Dedi, - “dunyo nadir”. Dedim, - “dunyo zikr”. Dedim, - “dunyo nadir”. Dedi, - “dunyo rohat”. Dedi, - “dunyo nadir”. Dedim, - “dunyo zulmat”. Dedim, - “dunyo nadir”. Dedi, - “dunyo ma’vo”. Dedi, - “dunyo nadir”. Dedim, - “dunyo taqvo”.

 

Ma’no

Dedimki, dunyoi dunda taqvodan o’zga amalkim ijobat bo’lmas. Taqvodan o’zgasidakim, rohat bo’lmas. Banda toki taqvo birla nafas olmas, vujudini nafs tark etmas. Taqvo nafasi vujud va ruhiyat olamini pok aylagaykim, samarasi ko’ngil  gulshanini  ilohiyot olamining mangu quvvati vatan qilgay. Ilohiy olamning ilohiy zaminida bandalar  ilohiy bergan quvvatni begona etdilar. Ilohiy olam bandani ilohiy qilib yaratdi va lek ular o’zlarini ilohiy ekanliklarini  anglay olmadilar. Ilohiydan kelgan banda ilohiyga aylansagina ilohiyga qaytar. Ilohiydan kelgan banda ilohiyga aylanmasa, ilohiydan ketar va zamin nafsi birla zaminda qolgay. Ilohiyning kaliti tafakkurda bo’lsa, qulfi ko’ngildadur. Toki tafakkurni uyg’otib, uning kaliti birla ko’ngil qulflari ochilmas ekan, Iloh mavhumdir va jamolini ko’rsatmas. Bandalarmiz olamga keldik. Bu olam yorug’ bo’lgani bilan oxiri qorong’udir.  Kimdir o’lmay burun yorug’lik istar, kimdir o’limdan so’ng yorug’lik istar... O’lmay burun yorug’lik bir lahzadir. O’limdan so’ng, yorug’lik  to abaddir. O’lmay burun lahzalik yorug’lik gunohkoru gunohsiz uchun berilgandir. O’lgandan so’nggi to abad yorug’lik taqvosi butunlar uchundir...

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA