TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Fanoviy holat ichra holiy karomat...

Muallif: ---

Joylashtirish vaqti: 2010-09-28

Shayx Nursafardiy hayotidagi sirli ilohiy voqealardan parchalar...

 

Siz  afsonaviy Geraklni haqida kitoblarda o’qib suratini ko’rgansiz.  Men shayx Nursafardiyni Geraklga o’xshataman. Afsonaviy qahramonlarni eslatuvchi savlat. Gavdalar  haybatli,    qiyofaning  tuzilishi... Bu chinakam Geraklni eslatadi...  Ustozning Gerakldan farqlarini oradagi uzoq tarix va ilohiy olam ajratib turadi.  Shayx Nursafardiyning  ilohiy  ishq yo’lidagi mashaqqatlarining chegarasi yo’qdir.  U zotning yuzidan taralib turgan nur chinakam avliyoliklarini anglatib turibdi.  Utozni ko’p yillardan buyon bilaman. SUHBATLARIGA OSHIQAMAN.  Iloh yo’lida yursalarda, hamisha xalq, vatan, millat dardi haqida gapiradilar. Dillarida Ollohni zikr qilib, tillarida xalqni faqat ezgulikkka ,  vatanparvarlikka chorlaydilar. So’nggi marta uchrashganimizda ustoz bilan devorda o’rnatilgan katta oyna qarshisida turar ekanmiz, u zot   ko’zguga tikilgancha, - “SHU MENMI?” – dedilar.  Bilasizmi, hayratdan yoqa ushladim.  Shayx hazratlari shu darajada Iloh yo’lida mashaqqat chekib, samoviy quvvatni anglaganlaridan so’ng, o’z vujudlari o’zlariga begona bo’lib tuyulayapti. Kamina – “Ha bu sizku, o’zingizni tanimayapsizmi” – desam, u zot, – “Men oynaga qarashni istamayman, soqolimni tartibga keltirsam, iloji boricha ko’zlarimga qaramayman, unda xuddi boshqa inson qarab turganday bo’ladi” - dedilar. To’g’risi vujudimda titroq uyg’ondi. Tasavvur qiling, siz oynaga qarab tursangiz-u, unda o’zingiz emas,  boshqa inson qarab tursa.  Yuragingizni hovuchlab tashqariga otilib chiqsangiz kerak. Bu holat o’zlikni tark etib, o’zgaga aylanganini bildirmaydimi? Shayxning uylarida mehmonda bo’lganimda shogirdlari hovdidagi yong’oqni terardilar. Juda serhosil bo’libdi. Ustozdan – “Bu yil hech bir yong’oq hosil bermadi, sizda esa... Qanday tushinish mumkin”- deb so’radim. Ustoz dedilar –“Bahorda yong’oqning gullash paytida sovuq bo’lishini sezdim va ikki daraxtning ham gullashini vaqtincha, kunlar isigancha to’xtatib turdim. Ana qarang, qo’shnilarnikini erta ochilgani uchun sovuq urib ketdi. Bitta ham hosili yo’q. Kamina hayratlandim. Dunyoning biz bilmagan sinoatlari ham ko’p ekan. Kamina ustozning xonadonlarida mehmonda bo’lganim uchun u qishining shogirdlari Nargizaxon   bilan Nursafardiyning karomatlari haqida suhbatlashdim va hayratga tushdim. Bilasizmi deb gap boshladi, Nargizaxon –“Shayx bilan umrguzaronlik qilish katta mashaqqatni talab qilarkan. U kishi bu olamning insoni emas. Birga yashaganim uchun Nursafardiy bilan sodir bo’ladigan sirli voqealarning deyarli barchasidan xabardor va shaxsan guvohman. 

Bir kuni hovlimizning pastki qismiga birga suhbatlashib tusharkanmiz, kutilmaganda ustoz,  - “Siz shu erda qoling,” – deb oldinga yurdilar. Va kanal yoqasida to’xtab, qo’llarini yuqoriga ko’tarib u yoqdan, bu yoqqa harakatlantira boshladilar. Keyin qo’llari aylanasiga ketdi. Men ancha berida kuzatib turardim. Shu payt  faqat hovlimizning o’zida qattiq shamol turib, yong’oq daraxti silkina boshladi va samodan u kishi tomonga nurli bir yo’l shiddat bilan kelganida ustoz qo’llarini  oldilariga tutib uni  qaytardilar va shu barobarida nurni itarganidan ikki metrlar chamasi ortga surilib ketdilar. Ishonasizmi, qo’rqqanimdan usti bekilgan tandirxonaga kirib ketibman. U erdan sekin bosh chiqarib kuzatdim. Ustoz hamon o’sha holatda, shamol qattiq esib, nur taralib turar, u kishi  nimalarnidir shivirlardilar. Kanaldagi suv esa sathidan ko’tarilib ketgandi. Bu juda sirli holat, insoniyatga ma’lum bo’lmagan Ilohning bir karomati ekanligini angladim. Qo’shnilar musiqa qo’yib o’yin qilardilar. Shu onda ularning ham ovozlari o’chib qolgan edi.  Eslasam qo’rqib ketaman. Ertasi kuni  qo’shnimizning yong’og’ining butun tanasidagi barglar qurib qoldi. Devordagi suyab qo’yilgan shifer mayda bo’laklarga bo’linib ketgan. Bunaqa voqealar tez-tez sodir bo’lib turadi. To’qqizinchi fevralda kechasi to’satdan uyg’onib ketdim. Telefon tinimsiz jiringlardi. Tashqariga chiqib hovlida turgan go’shakni ko’tarsam hech kim javob bermadi. Yarim tun. Xonaga qaytib qirdim. Qarasam, ustozning boshlari ustida bir siymo boshlari uzra harir ro’mol bilan elpib to’rardi. Avvaliga qo’rqib ketdim va yana bir ilohiy sirdan voqif bo’lgan holda indamay joyimga yotdim.

O’n ettinchi fevralda kechasi uyg’onsam ustoz uyquda,  ustilarida esa kaligrafik - xattotlik yozuvlari uchib yuribdi. Ilohiy harflar shu qadar chiroyli ediki, tasvirlab berolmayman. Ko’zlarimdan uyqu yo’qolib, deyarli uch soatlar chamasi sirli bu holatni kuzatib o’tirdim.  Informatsiyalarning ko’pligidan boshlarim shishib, garang holatga tushib qoldim. Dod deb yuborgim keldi. Ustozni uyg’otishga esa menda mador yo’q edi. Shu payt ustozning ustilarida ikkita katta qora dastali, bir - biriga o’sma - ust turgan holda, chiroyli qilichlar paydo bo’ldi va u qishining tanalariga singib ketdi. Qilichlar ortidan yozuvlar ham... Ajabo ne edi bu... Bunaqa sirli voqealarning qaysi birini aytay.

Yana bir kun kechasi soat birlar atrofida bir siymo ustilarida elpig’ich tutib elpib turibdi, deng. Deraza pardasi shamolida hilpiraydi. Xona to’la siymolar. Farishtalar olamiga tushib qolgandek edim, o’zim ham. Eng hayajonlisi bir kun kechasi o’rnimdan tursam ustoz nur kabi uxlab yotardilar. Qo’rqqanimdan -hey turing, sizga nimalar bo’layapti, - deb turtsam, qo’lim tanalariga botib ketayapti. Hushimni yo’qotganman. Ustoz mening ahvolimga achinib qo’yadilar ,- “Men bilan bo’layotgan voqealarga ko’pam e’tibor qilmang, sizga zarari tegmaydi, Iloh bizga madadkordir” - deydilar. Ko’pincha kechalari xonaga tashrif buyurgan siymolar bilan tamoman tushunarsiz tilda suhbatlashadilar. Bizning olamda bunaqa til, bunaqa lahja yo’qligiga ishonaman. Bir kuni yo’ldan kelayotsak, kattakon bir daraxtga ishora qilib, - “Shu daraxtni kesish kerak, umri tugabdi, - dedilar. Ikki kundan so’ng, shu daraxt qulab tagidagi garajni pachoq qildi. Hayratdan yoqa ushladim.

 Ustozning bir yaqin do’stlari bor edi. Ko’zini operatsiya qildirib oxiri ko’rmay qoldilar. Kunlar o’tib xonada o’tirganimizda ustoz do’stlari haqida gap ochib, - “Men O’tkirjonning quvvatini sezmayapman, bir telefon qilib ko’ring, dedilar. Gaplari men uchun qonun, telefon go’shagini ko’tarib raqam terdim. O’tkir akani ertalab jonlari uzilganini aytishdi. To’g’risi ustozda karomat  juda kuchli. Gavdalarini qarang, bahaybat inson. Kechalari shunday katta inson ba’zan o’zlarini yo’qotgan holda qaltirab to’shaklaridan ko’tarilib muvozanatlarini yo’qotadilar. Ilohiy kuchlar  olib ketmoqchi bo’lsa kerakda. Bunday holatlarga ko’nikib qolganman. Odamlarga aytsam ishonmasligi mumkin. Indamay, dunyoning sir - sinoatlariga lol qolib yuribmanda...

Kamina Nargizaxonning suhbatlaridan zavq oldim. Bu haqda yozmoq kerakligini aytganimda, ustoz qarshilik bildirdilar. Men ham insonlarga o’xshagan odamman va mendagi hodisotlarning ularga aloqasi yo’qdir,  -dedilar. Men u qishiga shundoq ham xalq sizni avliyo  ekanligingizni biladi, karomatdan bir chimdimda, - deb murosaga keldim. –“ Qiziq ekansizku” - deb kulib qo’yganlaridan foydalanib yozdim. Ustozga uning avliyolik sifatlari  yoshligidanoq namoyon bo’la boshlagan. Onalari Oyimbibi aya Nursafardiyni qishloqdan ancha narida kimsasiz, odamlar yaqinidan o’tishga qo’rqadigan bir honaqohda qirq kun chilla saqlab o’sha erda tuqqan ekanlar. Oyimbibining tushlariga Xizr buva kirib tug’ilajak farzandini karomat egasi bo’lishini  va tug’ilishdan oldin xonaqohda chilla saqlashini aytgan ekanlar. Xuddi shu kunlarda xotinining farzand kutayotganidan xursand Nurboy ota ham chillaxonaga Oyimbibidan xabar olg’ani otda ketayotsa yo’l ustida ko’klamda bir chol oftobada choy  qaynatib o’tiradi va yo’lovchi Nurboyga, -“ Meni olib ketmaysanmi” - deydi. Nurboy ota, -“bajonidil” - degancha cholni orqasiga engashtiradi. Yo’lda chol”- “Xotining farzand kutayapti. Karomatli inson bo’ladi” - deganda Nurboy ota quvonchini ichiga sig’dirolmaydi. Qizig’i, chol uning ortida bir paydo bo’lib, bir yo’qolib qolaveradi. Nurboy ota buni sezib tursada, ortiga qaramay indamay ketaveradi. Ma’lum bir joyga etganlarida otdan tushadilar. Nurboy ota qarasa, birinchi ko’rganiday, shu erda ham olov yonib oftobada choy qaynab turganmish. Chol piyolada choy quyib Nurboy otaga tutqazibdi. Nurboy ota piyolaning rangidan hayratda qolgan. G’ayritabiiy holat . Shunda chol Nurboy otaga choynakni tutqazib, suv olib kelishini aytadi. Nurboy ota ancha naridagi anhordan suv olib kelib qarasa, na chol va na olov, hech narsa yo’q. Olovning o’rni ko’klam. Nurboy otaning qo’lidagi choynak ham g’oyib bo’ladi. Shunda Nurboy ota hazrati Xizr buvaga ro’para kelganini anglaydi. Keyinchalik Nursafardiy dunyoga kelganidan so’ng, ilohiy voqealar uning yoshligidanoq bezovta qila boshlaydi. U qishining hayotlari haqidagi yozilgan kitoblarni o’qisangiz buning guvohi bo’lasiz. Nursafardiy yoshliklaridan ilmga qiziqqan inson edilarki, ulg’ayganda ham bu an’anaga sodiq qolib ilmiy salohiyatlarini oshirish maqsadida dunyoning ellikdan ortiq mamlakatida bo’lib, o’n  sakkiztasida yashab, kelajakda xalqqa, vatanga xizmat qilmoq uchun, topgan ilmlarini elga bermoq uchun yurtlariga qaytdilar. Italiyaning Milan shahriga samolyotda uchganlarida qiziq bir voqea sodir bo’lgan. Ko’pchilik yo’lovchilar  charchoqdan  salonda uxlab qolganlaridan so’ng, Nursafardiyning ham ko’zlari ilinadi. Qo’lida patnis ko’tarib chiqqan styuardessa salonga ko’z yugurtirib, hammaning birvarakayiga ko’zlari uyquga ketganiga hayron bo’ladi, so’ng ko’zi Nursafardiyning boshlari tepasidagi aylanib turgan  nurga tushib, qo’rqqanidan ortiga tisarilgancha, qo’lidan patnisi tushib ketadi. Nur aylanib,  Nursafardiyning peshonalari dan singib ketadi. Chamasi biror soatlar o’tib, nosozlik tufayli  samolyotda silkinish ro’y beradi. Yo’lovchilar vahimaga tushadilar. Shunda Nursafardiy zikr qila boshlaydi. O’rnilaridan turib, - “Hamma, hamma, – deb ingliz tilida aytadilar. Turli millat vakillari, xorijliklar birvarakayiga,- “La illaha illalloh, - deb Nursafardiyga jo’r bo’ladilar. Jamoaviy zikrdan so’ng, samolyot silkinishdan to’xtamasada eson -omon erga qo’nadi. Odamlar Nursafardiyga rahmat ayta boshlaydilar, qo’lini siqadilar. Milanda pilotlar u qishiga alohida minnatdorchilik izhor etib, samolyotdagi chinakam nosozlikdan eson -omon qo’nganlarini  bildiradilar.  Xudoning borligiga imon keltiradilar. Balkim ularni falokatdan ilohiy zikrlar asrab qolgandir. 

Baxmal tog’larida o’t - giyoh terish mavsumida kamina ham ishtirok etdim. Kuchli ultrabinafsha nurlariga to’yingan giyohlar tog’ning eng yuqori cho’qqilaridan mashaqqat bilan terilib, oftobda quritilgandan so’ng, maxsus apparatlar orqali ishlov beriladi. Bir kuni osmonni bulut qoplab  yomg’ir yog’ish arafasida, quritilgan o’t - giyohlarni namda qolishi aniq bo’ldi.  Hamma shoshib turganda, shayx palatkadan tashqariga chiqib, qo’llarini osmonga qaratgancha ilohiy zikr va harakat bilan bulutlarni ikki tomonga ajratib yubordilar. Hammamiz birdek hayratlandik. Shogirdlar Tangri qudratiga hamdu - sanolar aytib ustozning qo’llaridan o’pib qo’ydilar. Shu erda yana bir qiziq voqea ro’y berdi. Baxmal o’z tabiati bilan go’zal va tog’larda o’sgan cheksiz archazorlar amazonka o’rmonlariga o’xshab ketadi. Maftunkor bu o’rmonda yovvoyi hayvonlarning barcha turini uchratish mumkin. Ayiqlar, yovvoyi cho’chqalar, quyon deysizmi... Shu kuni ikkita ovchi qo’llarida  qonga belangan quyonlarni tutib kelib qolishdi. Tabiiyki ezgulik yo’lida yurgan ustoz ularning bu harakatidan ranjidilar va tabiat va hayvonlarga ozor bermaslikni uqtirib, ularning qo’lidan ov miltig’ini oldilar. Ustoz ularga, - “Ovchi bo’lsangiz, ko’zingiz  vatan himoyasi uchun hamisha o’tkir bo’lsin, qani anavi konserva bankasini o’ttiz metr nariga qo’yingchi” –dedilar. Bir yigit aytilgan masofada konserva bankasini qo’yib keldi. Kutilmaganda, nishonga ham olmasdan ustoz miltiqni o’sha tomonga qaratib otgan edilar, konserva bankasi  titilib ketdi. Ishonasizmi, hayratdan sakrab yuboribman. U kishi – “Ko’zingiz  vatan va xalq himoyasida mana shunday o’tkir bo’lmog’i kerak” - dedilar. Biz xalqmiz va shuning uchun ham ilohiy karomatga ega bunday insonning etaklaridan mahkam tutamiz. U zotning hikmatlarga to’la saboqlari bizni vatan oldida, millatimiz oldida,  davlatimiz oldidagi xizmat qilmoq mas’uliyatimizni yanada kuchaytiradi va u zotning duolari millatimizga,  davlatimizga hamisha sodiq qolishimiz uchun e’tiqod va quvvat beradi. Shayx Nursafardiyning komillik va mukammallikka asoslangan Nursafardiyya falsafasi  xalqimiz,  vatanimiz va millatimizning ravnaqiga buyuk hissa qo’shmog’iga yana bir bor iymon keltirdik. Ustoz Iloh so’ygan inson. Yurtimizda ana shunday karomatli insonlar borligidan har qancha faxrlansak arziydi. Bunday insonlarning qadriga etishimiz, e’zozlashimiz kerak. Bizning yurt buyuk avliyolar mamlakati. Bu yurtda hamisha avliyolar tug’ilib kelgan va kelajakda ham avliyolik silsilasi davom etadi. Bu yurtning tarixi buyuk, hoziri buyuk va kelajagi ham buyukdir. 

Shohrasul

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA