TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Kozim bilan kormaganlarim

Muallif: Sofiy-tabib shayx Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2010-09-27

Menkim Nursafardiy dedim, anglagilki dunyoni mavjud ko’z bilan emas, mavhum ko’z ila ko’rmoq kerak. Toki moddiyatdan yiroqlashib mavhumiyatga yaqinlashmas ekansan, moddiyat ila cheklanib qolgaysan. Moddiyat mavjud vujuddir, mavhumiyat mavhum ruhiyatdadur. Ruhiyat toki o’z asliga qaytmas ekan, mavhumiyatni anglamas ekan, moddiylik nafslari uni o’z quchog’ida tortgay va dunyoviy  xilqatning bir qolipida saqlagaykim, undan chiqib ketmog’ing mushkuldir. Dunyoni jismoniy holatda ko’rmoq va his qilmoq hayvoniy xislatdirki, sen bunday hislatlar zanjirini o’zib, ruhiyatingni ozod etmog’ing va tafakkur ila ko’ngilning jilolaridan bahra olmog’ing lozim bo’ladi. Ruhiyat vujuddagi asir bir qafasdagi qushga o’xshar va toki uni ozod etmas ekansan, dunyoviy holatingda qolib ketgaysan va ilohiy olamning betakror lazzatidan benasib bo’lgaysan. Ilohiy olamning asl makoni  ko’ngildadur va ko’ngilda uning orazini ochmoqchi bo’lsang, tafakkur ilmlarini yuksaltirib mashaqqat bo’stoniga kirgil. Mashaqqat nima? Dunyoviy nafsdan kechmoq bu mashaqqatdir va uning sinovlariga bardosh bera olsang, ko’ngling maskani ilohiy nurdan yorishgay. Va ana shunda sen, olamni jismoniy ko’z ila emas, ko’ngil ko’zi ila ko’ra boshlaysan.  Bu sening o’zga odamlar ko’ra olmaydigan o’zga olamingdir...

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA