TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Korinmasni kormoq istadim (Kongil xususida)

Muallif: Sofiy-tabib shayx Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2010-09-24

Ko’ngilsiz kishi, dedim, vatansizdur. Ko’ngil dedim, tafakkur orqali ochilgay. Siz izlagan vatan, ko’ngildadur. Siz izlagan saodat, ko’ngildadur. Siz izlagan ishq, ko’ngildadur, Iloh va panoh, ko’ngildadur. Sadoqat ko’ngildadur.

Saodat izlamabsiz, sadoqat izlamabsiz,  saxovat izlamabsiz, demak, siz ko’ngil eshiklarini, o’z vataningiz eshiklarini ochmabsiz. Siz o’zingizdan qochib, o’zga yurtlarda yuribsiz. Vatanga qachon qaytmoq istaysiz, vatan sizni kutmoqda. Saxovat va sadoqat, e’tiqod va haqiqat sizni kutmoqda. Men sizni anglamayapman. Men sizni tanimayapman. Siz vatandan ketib o’zligingizni yo’qotibsiz. Nahotki, o’sha siz bo’lsangiz. Ko’zingizda hasad va xiyonat ongingizda manqurtlik, yuzingizda arosat, so’zingizda jaholat, qadamingizda tubanlik, qo’lingizda manmanlik, barmoqlaringizda kibr, tilingizda nafs. Vatandan ketib topganingiz shu bo’ldimi? Siz bunday “bebaho boylik” bilan qayoqqa ketayapsiz. Vatanga qaytmoqni  istamaysizmi?   

Sizsiz vatan xordir, sizsiz vatan zordir, vatanni obod qilmaysizmi? Vatanni yuksakka ko’tarmaysizmi? Vatan bu o’zingiz emasmi? O’zingizga qachon qaytasiz?

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA