TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

So'fiylik Nursafardiyya talqinida

Muallif: So'fiy-tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2009-08-08

So'fiylar dunyoni bir lahzalik to'xtash joyi deya his qilib, undan yuz o'girgan holda, asosiy hayot, ya'ni baqo hayotidan najot izlaydilar. So'fiylikning, tasavvufning «najoti ruh», ya'ni «ruhning qutqarilishi» g'oyasi ham aynan Haq bilan bir bo'lib, qo'shilib ketish jarayonida sodir bo'ladi.

****

So'fiylik olami asrlar osha go'yo tarixga muhrlanib qolgandek edi. Bunga birinchi sabab ichki nizolar, urushlar bo'lsa, ikkinchi sabab - milliy insoniy mentalitetga (mentalitet - ma'lum milliy elatga xos bo'lgan urf-odatlar, udumlar,  irim-sirimlar, ma'lumot-tahsilot saviyasi, tarbiya darajasi, dunyoqarashi, umuman, ma'naviy-moddiy-iqtisodiy (turmush tarzi) bilimlar yig'indisi) rahna solgan tashqi kuchlar ta'siri bo'ldi. Aslida so'fiylik hech qachon yo'qolmagan. U shu olamda yashab turib, bir vaqtning o'zida bizni o'rab turgan dunyodan tashqarida - novobasta az jahoni moddiy - moddiy olamdan bog'liq bo'lmay turib yashaydi. U har qanday tuzumda  yashirin faoliyat ko'rsatgan. Chunki so'fiylar yakka holatda Haqqa bo'lgan sevgilarini namoyon etganlarki, gohida  zikr tushishlar yoxud boshqa amallar, masalan, parhez, nafsdan tiyilish kabi amallarni deyarli hech kim sezmagan. Biroq so'fiylargina unga sodiq qolishgan. Aslida so'fiylik sukunat olami, uning dunyo ikir-chikirlari bilan ishi yo'q. U qalban beg'ubor, mohiyatan avliyo odamdir.

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA