TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Maqolalar

Ma'lum bir maqola matni bilan tanishish uchun uning sarlavhasiga yoki maqolaning qisqacha ta'rifidan so'ng muvofiq ssilkaga cherting.

Nursafardiyya tariqat falsafasining mohiyati

Muallif: Nuru so’fiy tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2016-02-15

1. Azaliyat - ajdodlar quvvatini uyg’otish, tarixiy-ilmiy meroslarni o’rganish.

2. Asliyat - musaffolikni saqlash, azaliy urf-odatlar, madaniyat va ma’naviyatni qadrlash.

3. Nasliyat - milliylikni asrash, bu yo’lda mukammal va komil avlodlar tarbiyalash.

4. Insoniyat - odamiylikni o’rganish. Vatanni sevish, millatni qadrlash, ajdodlarga hurmat, kelajakka izzat, jamiyatga xizmat, mehr - oqibat, saxovat va haqiqat yo’lini tanlab, insoniylik xislatlari bilan barkamollik sari intilish.

To'liq o'qish uchun...
Epidemik xastaliklar

Muallif: Nuru So’fiy tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2016-02-15

Dedimki, buyuk tarixning bizga meros bo’lib kelgan musaffo olami zamonaviy nobop, epidemik unsurlarini tarqatayotgan chirkin taraqqiyotning pardasi ortida qolib ketdi. Buyuk va musaffo tarix bizdan borgan sari uzoqlashib, taraqqiyotning qora tutunlari orasiga g’oyib bo’lib ketayotgan insoniyat kelajak olamiga o’zining qop-qora basharasi bilan chiqib borishiga asos bo’lmoqda.

To'liq o'qish uchun...
Samoviy xilqat

Muallif: Nuru So’fiy tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2016-02-02

Dedimki, olamning sirli saltanatida o’zimni sirli bir xilqatga o’xshatdim. Menga ayon bo’lgani mening Tangri tomonidan yaratilganimdir. Men yaralgan bir xilqatman. Mening xilqatimda olamlarga sig’maydigan butun gallaktikalar maydonini qamrab olguchi tafakkur quvvati mavjud.

Men bunday borliqda o’zimga ma’lum bo’lmagan bir vujudan yo’qlik harorati bilan suzaman. Samoviy cheksizliklar ichra tafakkurim aynan cheki chegarasi bo’lmagan samoga aylanadi.

To'liq o'qish uchun...
Missiyasi o’zgargan olam yoxud tanazzulga ishorat

Muallif: Nuru so’fiy tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2016-01-16

Qadrdonim, olam miqiyosida kechayotgan siyosiy mojarolar sening qalbingda ham xavotir nishini qadagan bo’lsa ajabmas. Anglagilki, qaltis zamon sahnasida sening elim deb, yurtim deb yashash davring keldi. Siyosiy turli missiyalar oqimi millatlar ustida qora bulut qoplagan bir pallada vatan himoyasi, millat sha’ni muqaddas burching bo’lmog’i lozimdir. Anglagilki, tashqaridan kirib kelgan haqiqat soxtadir va uning g’oyalari jaholatdan o’zga narsa emas. Haqiqat o’zingdadir, o’z vataningdadir, o’z millatingdadir. Sen o’zga yurtlarda haqiqat izlab haqiqat niqobi bilan vataningga qarshi jaholat bilan kirib kelishing bu o’z aziz tuprog’ingni qon bilan bo’yash, o’z millatdoshingni qonini to’kish, o’z elingni qirg’in qilish, uning xotirjamligiga putur etkazib olam miqiyosida o’z millatingni obro’sini to’kish bilan barobardir.

To'liq o'qish uchun...
Tafakkurga otilgan o’q... Yoxud ko’chmanchi amfiteatr zamiridagi tajovuzkorlik sindromi

Muallif: Nuru so’fiy tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2015-12-03

Bu kichkina zamin bag’rida mana necha asrlardan buyon Tangri yaratgan ongli insoniyat xili yashab kelmoqda. Bu zaminning deyarli har bir qarichi ana shunday ongli insonning qoni bilan sug’orilgan. Urushning ashaddiy qiyofasi insoniyat paydo bo’lgandan buyon uning ovuliga, qabilasiga, jamiyatiga, mamlakatiga ko’z tikib xonavayron qilib kelmoqda.

To'liq o'qish uchun...
Ilohiy muhabbat

Muallif: So’fiy tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2015-11-30

Assalomu alaykum qadrdonim.

Men ilohiy ilm shaydosi Tangri  ishqida uning jamoliga oshufta bir qalb fano olamining omonat bir olamidirman. Kamina moziydan hatlab kelajakdan keldimmi yoxud kelajakdan qaytib  moziy qa’ridan chiqib keldimmi, vujudim yashab turgan davr sahnasida ilmimni anglamaslar. Tangri taoloning kaminaga marhamat qilgan ilohiy ne’mat sifatidagi ilmiy, laduniy,  falsafiy ilmlari kelajakka daxldormi yoxud moziy qa’rining uyg’otilgan mukammal ilmlar silsilasining taraqqiyot davriga  noxosligimi anglamasman.

To'liq o'qish uchun...
O’zbek millati ayrim vakillaridagi psixologik, axloqiy va fahm-farosat (ichki madaniyat) tushunchalariga taqriziy nazar

Muallif: So’fiy tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2015-08-20

Kamina anglab turibmanki, siz buyuk bir millatning kelajagi yorqin avlodi ekaningizdan faxrlanib turibsiz. Va siz bunga haqlisiz. Agar psixologik nuqtai nazar bilan olamda yashayotgan butun millatlarning fundamental kelib chiqishi va hozirgi zamonda tutgan o’rni bilan qiyoslab xoh ilmiy, xoh madaniy, ma’rifiy va yoxud milliy an’analari, tarixiy urf-odatlari bilan bizning millatimiz shajarasini taqqoslab ko’rsangiz, anglaysizki, bizdek buyuk va qudratli millat olamda yo’qdir.

To'liq o'qish uchun...
Nurli olam yog'dulari

Muallif: So’fiy tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2015-06-01

Assalomu alaykum. Dedimki, olamning sirli saltanatida yashayotgan har bir qalb ilm oshyonida o’zligini anglab, fano imtihonidan mukammallik istagi bilan komillik saltanatiga ko’tarilib ilohiy bir darajada Tangrining quvvatiga musharraf bo’lsa demakkim, saodat manzillarida  g’uncha misoli ochilibdi.

To'liq o'qish uchun...
Biz zaboniy millat bo’lib qola olamizmi yoxud “english sindromi”

Muallif: So’fiy tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2015-04-08

Dedimki,  millat ishqida turgan inson borki, dilni poklagay, o’zlikni anglagay. O’zlik nadir desalar, dedimki, o’zlik avvalo Tangrini anglashdir. Inson foniy olamida Tangrining mo’’jizasi bilan  yorug’lik nashidasi ila umr atalmish bir ne’matga sazovor bo’lar ekan, uning irqi, elati, millati g’ururi qalbida jo’sh urib  ma’lum bir an’analari, go’zal madaniyatlari asosi bilan rivoj topib boradi.

To'liq o'qish uchun...
Hikmat olamidagi rohat

Muallif: So’fiy tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2015-03-16

Farzandim, agar hech kimga vafo qilmagan dunyoning o’tkinchiligini anglagan bo’lsang, hikmatli so’zlarim orqali qalbingga quloq tut. Bu olamda kimlar kelib kimlar ketmadilar. Dunyoning azali ham, hoziri ham, kelajagi ham mavhumiyatga to’la sinoatdir.

To'liq o'qish uchun...
Uchinchi olamda nafs taraqqiyoti va uning echimi

Muallif: So’fiy tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2015-03-16

Dedimki, olami fanoda jannatning nishonasi qalbdadur. Umr ustida turgan vaqt hukmronligi insonni ma’lum chegaralarga tutashtirgandan so’ng qazoning qadri etgay. Qalb ostidagi jannatning baqodan mosuvo bo’lmog’ining birinchi sababi aynan qalb ustida qora bulut bo’lib turgan nafs pardasining inson tafakkurining muzlanishi oqibatidir. Nafs olami bu ko’pchilik, qalbi baqo jannatini kashf qilmagan insonlarning soxta jannatidir.

To'liq o'qish uchun...
Dunyo zikr amaliyoti (videolavhalar)

Muallif: Ma'muriyat

Joylashtirish vaqti: 2015-03-10

Ushbu maqolada bir nechta videokliplar joylashtirilgan bo’lib, ularda turli davlatlarda va turli davrlarda so’fiy zikr tizimlarining amalga oshirilishi namoyish etiladi. Ushbu tizimlar jahriya yo’nalishiga taaluqlidir.

To'liq o'qish uchun...
Tanazzulga ishorat. Globalizm mavzusi

Muallif: So’fiy tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2015-03-05

Dedimki, insoniyat ming yilliklar o’tgan tarix silsilasidagi osuda sukunat saltanatidan yiroqlashib davr va kelajak qonuniyatining yuksak mexanizmiga aylandi. Ishonch bilan aytish mumkinki, so’nggi asrlarda insoniyat yuksak ongida paydo bo’lgan texnokratik evrilishlar beqiyos, o’z o’rnida omonat taraqqiyotga ishora qildi va uning bebaho  natijalariga umid bog’lab samarasidan bahra olganlar oxir-oqibat zamin hukmronligini o’z qo’llariga oldilar.

To'liq o'qish uchun...
Men vatanni sevaman

Muallif: --

Joylashtirish vaqti: 2015-03-03

Xotirjamlik bormi tinchlikdan o’zga,
Surtib yasha vatan tuprog’in ko’zga.
Bunday jannatmakon qaerda bordir,
Kimlar tinchlik degan totuvga zordir.
Har qarichi ulug’ tuprog’im,
Bunda millat yashar ko’zi qarog’im.
Mardligim matonatim qalbda yarog’im, 
Faxr tuyg’usidir bunda yurmog’im.

To'liq o'qish uchun...
Hikmatli javob

Muallif: So’fiy tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2015-03-03

Mening ishq olamidagi sarguzashtim samarasi ilohiy bir falsafaning namoyon bo’lmog’iga sabab bo’ldikim, ushbu tariqat falsafasi tarixiy tariqatlarga uyg’un holda Tangriga e’tiqod birla xalqqa ezgulik amallarini ulashmoqni yuksak qadriyat sifatida baholaydi.

To'liq o'qish uchun...
Ilohiy ilimni to’xtatib bo’lmas yohud oxiriga etqazilmagan ta’limot

Muallif: So’fiy tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2015-01-22

Qadrdonim, siz anglamog’ingiz lozimki, so’fiylik ilmi ilohiy olamning eng yuqori darajasida turur. Bu yo’l mukarram va muborak, martabasi ulug’ insonlarning yo’lidir. Bu yo’l dunyo doirasidan chiqib ilohiy olamning asl saltanatida qalbi qa’ridan tortib tafakkuri chashmasigacha nafsi pardasini ko’tarib, o’tkinchi dunyoning  oltinu-javohirini tuproqqa teng bilgan tabarruk zotlarning yo’lidir.

To'liq o'qish uchun...
Tafakkur sarhadlari

Muallif: So’fiy tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2015-01-22

Qadrdonim, sizkim dunyo tashvishlaridan chegara saqlab o’zingizga g’amxo’rlik sifatida ruhiyatingizga bir oz orom bera olasizmi?  Anglab turibmanki, ko’zingizdagi horg’inlik sizning qalbingizdagi rohatga olib boruvchi xotijamlikdan ancha yiroqlashib  behalovat kunlar og’ushida o’zingizni behol sezasiz. Amin bo’lingki, to’rt kunlik dunyoning bu talato’p bozorida xotirjamlikdan o’zga buyuk ne’mat yo’qdir.

To'liq o'qish uchun...
Ibtido va intiho

Muallif: Sufiy tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2015-01-19

Anglamoq lozimki, inson dunyoga kelgach uning yashash jarayoni faqatgina hayot bilan bog’lik emas. Tirik jon hamisha hayot va o’lim orasida turadi. Jonning omonatligi ham shunda. Hayot, inson va o’lim. Har bir jarayon ibtido bilan boshlanib intiho bilan tugaydi...

To'liq o'qish uchun...
Haqiqatga yuzma-yuz

Muallif: Sufiy tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2015-01-19

Agar sizga Ollohdan mening falsafam noto’g’riligi haqida vahiy kelgan bo’lsa ayting, men yo’limdan qaytaman.

***

Nafsingizni keng qo’yib Xudoni o’zgalardan qizg’anmang, uning karami oldida zarra emassiz. Kim to’g’ri kim noto’g’riligini siz emas, Olloh hal qiladi. Ilohning tarozusida turganingizni unutmang...

To'liq o'qish uchun...
Genotsid sharpalari

Muallif: So’fiy tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2015-01-13

Dedimki, biz dunyo ishqidan yiroq yursakda, dunyo dardi bilan yashagan inson, haqiqat olami ichra tursakda, insonlarni saodatga boshlamoq imkon. Mana shu imkoniyat doirasidagi vaqt har birimiz uchun g’animatdir, qadrdon. Ne ajabki, tarixning musaffo barqaror osmoni ikki asr oralig’ida moziy qa’rining davomchilari bo’lgan keyingi davr insoniyatining texnokratik taraqqiyoti natijasida qora tutunga aylansa. Dedimki, taraqqiyotning birinchi davridayoq insoniyat ona zaminga nisbatan ko’r-ko’rona munosobat yo’lidan bordi.

To'liq o'qish uchun...
So’fiylikda ijobiy va salbiy quvvatlar to’qnashuvi yoxud amaliyotning hal qiluvchi roli

Muallif: So’fiy tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2015-01-08

Dedimki, buyuk millatimiz toki mustaqillikka erishgunga qadar o’tgan ikki asr oralig’ida uning milliy an’analari, go’zal madaniyati asorat ostida qolib tarixiy ilmlarimiz, azaliy qadriyatlarimiz muzlatib qo’yilgan edi...

To'liq o'qish uchun...
Payg'ambar soyasi. So’fiy maxfiyatida jang san'at

Muallif: Ma'muriyat

Joylashtirish vaqti: 2014-01-16

Ushbu kitobda Malay arxipelagi (Malayziya, Indoneziya va boshqa mamlakatlar) – Silat jang san’ati to’g’risida gap ketadi. Bu mamlakatlar xalqlarini urf-odatlarida raqslar, musiqiy chiqishlar, jang san’atlari xalq madaniyati bilan bog’langan holda o’z ichiga shomonlik, xalq tabobati, mistiylik va boshqa amaliyotlarni oladi.

To'liq o'qish uchun...
Xabarlarga ulanish natijasi yoxud quyosh va oy orasidagi yo’lakchaga safar

Muallif: So’fiy tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2013-12-09

So’fiy do’stning vazifasi yaxshilik va yomonlik muvozanatini borliqda muhofaza qilishdir. Yaxshilik va yomonlik, qora va oqlik orasidagi daraja buzilsa, so’fiy uchinchi darajada o’z vazifasini bajara boshlaydi. Bu holat Ilohdan mavhum fikrlash tizimiga xabar sifatida beriladi va muvozanatni bir me’yorga keltirish uchun bisyor ko’mak quvvatlari jo’natiladi...

To'liq o'qish uchun...
Ajdodlar axborotining avlodlarga meros borasida yoxud ijobiy amallar merosxurlari

Muallif: So'fiy-tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2013-11-08

Irsiy hujayrada jang san’atlari bilan bog’liq axborot mavjud. El, urug’, oila, shaxs ushbu tizimni an’anaviy darajada rivojlantirib bormasa, bu el, urug’, sulola, oila, shaxs o’z mavqeini, darajasini, irsiy quvvatini yo’qotib boradi, natijada salbiy, dunyoviy odatlar asosida yo’qlikka duchor bo’ladi.

To'liq o'qish uchun...
Nursafardiyya ta’limotida inson vujudi va atrofidagi ijobiy va salbiy informatsion (xabariy) oqimlar tizimlari (maxfiy ilm yo’nalishi)

Muallif: So’fiy tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2013-06-20

Ona qornida paydo bo’lgan jonzod to 9-11 oygacha Iloh tomonidan maxsus ozuqa evaziga voyaga etadi. Uning tug’ilishi va yashab ketishi uchun unga beriladigan ruhiy hayotga bog’liqdir.

To'liq o'qish uchun...
Xalq yo’lida Xalqparvarlik

Muallif: So’fiy tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2013-06-20

Xalq deganda, aslida tom ma’noda insoniyat tushuniladi, ya’ni insoniyatning yaralishi Odam alayhissalom va Havo momodan boshlangan to’xtovsiz jarayondir. Aynan Nursafardiyya ta’limotidagi xalq iborasi er yuzidagi xalqlar, xalqparvarlik esa umuminsoniyatga bo’lgan munosabatni anglatadi.

To'liq o'qish uchun...
Ilohiy manba o’zagi (matritsa) / (Áîæåñòâåííàÿ ìàòðèöà) / (The Divine matrix)

Muallif: So’fiy tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2013-06-03

Dunyoda aholi sonining to’xtovsiz o’sishi, texnologik rivoj, insonning komfortga (qulaylik) intilishi, o’zining ongiy quvvat darajasini kuchaytirishi, erdagi hukmronlik etmasligi va uning koinotlar bag’ridagi sayyoralarga turli maqsadlarda ekspeditsiya uyushtirilishi va hokazalar odamzodni yangi tuganmas manba topishga majbur etmoqda.

To'liq o'qish uchun...
So’fiymisan yoki tariqatchi?! Yoxud ular kimlarga va qanday maqsadlarga xizmat qiladi?

Muallif: So’fiy tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2013-05-22

Insoniyat o’z uzoq va murakkab tarixi davomida bir qancha din, falsafa va oqimlar tizimlarini boshdan kechirdi, yana kechirmoqda. Ularning yaratilishi biri Iloh xabari asosida ro’y bergan bo’lsa, boshqa birlari ilohiy ilhom va yana birlari shaxsiy nafs, shaytoniy xabarlar asnolarida vujudga kelgan.

To'liq o'qish uchun...
Haq yo’lida Haqparvarlik

Muallif: So’fiy tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2013-05-02

Ushbu shior Nursafardiyyaning asosiy shiori bo’lib unda aynan insonning Ilohga bo’lgan munosabati belgilanadi.

To'liq o'qish uchun...
Nursafardiyya mukammalligida tafakkur, zehn va besh sezgi qobiliyatlarini kuchaytirish tizimlari

Muallif: Ma'muriyat

Joylashtirish vaqti: 2013-01-24

Eshitish qobiliyati. Ko’zlar ochiq yoki yopiq holatda gumbazlardagi barcha shakllar birin-ketin yuqori so’ngra past ovoz bilan talaffuz qilinadi. Fikr oldiniga bir keyin ikki quloqda bo’lishi lozim. Shakli dengizda har bir shakli daryo izlab topiladi...

To'liq o'qish uchun...
.UZ xududida domenimizning yopilishi borasida

Muallif: Ma'muriyat

Joylashtirish vaqti: 2012-08-29

.UZ xududida domenimizning yopilishi borasida

To'liq o'qish uchun...
Eng keragi to’g’ri yo’ldamiz

Muallif: So’fiy tabib (Nuru) Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2012-07-19

Sizning hushyorligingizni yuksak qadrlaymiz. Albatta, millatimiz yo’lida uning tinchlik va osoyishtaligini asramoq har birimizning muqaddas burchimiz bo’lmog’i lozimdir. Biz hamisha xalq yo’lida turib Haqparvarlikni o’zimizga odat qildik.

To'liq o'qish uchun...
Sizga muridlik so’zim bor... (Muridnoma)

Muallif: ---

Joylashtirish vaqti: 2012-07-04

Kamina, ezgulik yo’lida yurgan, Haqparvar, Xalqparvar va Vatan ishqida jonini fido qilgan piru komil Nursafardiyning muridiman.

To'liq o'qish uchun...
Xalqparvarlik aybmi yoxud ba’zi janoblarga gapimiz bor...

Muallif: So’fiy tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2012-05-03

Agar siz Nursafardiyni topmoqchi bo’lsangiz uni xalqning ichidan izlang. Chunki Nursafardiyya falsafasi ilohiy bir tariqat sifatida xalq falsafasi bo’lib yuzaga chiqdi.

To'liq o'qish uchun...
Yalang'och madaniyatning yalangoyoq missiyasi

Muallif: So’fiy tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2012-05-02

Dedimki, vatan ishqi har narsadan ulug’dir. Kindik qoni to’kilgan yurtning qadriga etmoq shu yurtda kamol topayotgan farzandning muqaddas burchi bo’lmog’i lozimdir...

To'liq o'qish uchun...
So'fiylik sabolari

Muallif: So’fiy tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2012-05-02

So’fiylik nadir desa degilki, uning qalbi ilohiy olamning markazida turuvchi quvvatlar shodasidir. Bu quvvatlarning bir tomoni ilohiy jalolga ulangan bo’lsa, bir tomoni  vujudan mavjud so’fiyning zamini bilan bog’liqdir. So’fiy ilohiy olam sohibi Ollohning xos kishisidir va ul mavjudlik olamida vujudiga begona bo’lgan sifati bilan ilohiyligi saodatida zamin va koinotni bir-biri bilan bog’lab turadi...

To'liq o'qish uchun...
Senga ne bo’ldi xalqim...?! Yoxud holingga achinar kimlar...?!

Muallif: So’fiy tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2012-05-01

Dedimki, millat ravnaqi milliy o’zlikni anglash negizidagi millatparvarlikdadir. Milliy mentalitet haqida gap ketganda, moziyning asrlar osha bardavom bo’lib kelayotgan bir millat qonidagi asriy udumlarning davomiyligi anglanadi. Asrlar osha milliy o’zbekchiligimizning tarixiy tamadduniga nazar tashlasak, uning milliy davlatchilik g’oyalari hamisha yuqori mavqe’larda yuksak printsiplarga ega bo’lgan. Xususan, buyuk ajdodlarimiz shajarasida, Amir Temur bobomizning milliy davlatchilik barpo etish borasidagi o’zining beqiyos siyosiy mavqei dunyo miqiyosida yuksak ahamiyatga egadir. Biz o’z tariximiz bilan qanchalik faxrlansak arziydi. Ajdodlarning milliylik o’zlik printsiplari zamiridagi bebaho udumlari bugungi davr millati uchun bebaho xazinadir. Hech bir millatda uchramaydigan milliylikning pok udumlari boshqa millat vakillari uchun chinakam o’rnakdir. Neki ezgulik bo’lsin, saxovat bo’lsin, kamtarlik va mehmonnavozlik bo’lsin, millatimiz qonida mujassamdir. Jannatmakon bu yurtda yashayotgan bag’ri keng xalqimiz o’zining bebaho udumlari bilan olam miqiyosida maqtovga arzigulik buyuk bir millat bo’lib shakllandi va buyuk ajdodlar qoldirgan bebaho udumlar xazinasini yorug’ yuz bilan kelajak avlodlarga etkazmoqqa bajonidil harakat qilib keldi...

To'liq o'qish uchun...
Iloh tafakkuri g’olib chiqadimi yoxud... hamma Ollohdan kelganmi?...

Muallif: So’fiy tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2012-05-01

Dedimki, olam tamaddunidan uning tanazzuliga qadar oraliq masofa orasida turgan insoniyat xilqati oraliqdagi ilohiy qonunlarni o’zlashtirib oxir- oqibat uni o’z nafsi hukmi bilan yuritmoqda. Umr qisqadir va lek qisqa umr qonuni bilan karvon kabi  bu olam sahnidan o’tib ketayotgan insoniyat o’z ortidan halokatli oqibatlarni meros qoldirib ketmoqda... Bu holat moziyning biz tasavvur qilolmagan ruhiy olamiga ham, kelajakning mavjudlik borligiga ham ayovsiz zarba bermoqda. Moziy haqida gap ketganda anglamoq lozimki, insoniyatning tasavvuriga sig’dirolmaydigan mavjudlik ongida, o’tmishning borliqdagi ko’rinmas jilolari kezib yuribdi. Bu javohir jilolar tarixda yashab o’tgan buyuk avliyolarning duo va zikriy quvvatlari bo’lib, ularning ruhiyat olamlari oramizda yashamoqdalar. Ming afsuski, keyingi asrlardagi insoniyatga xos bo’lmagan nobop texnokratik taraqqiyotning kirib kelishi insoniyat mavjudlik olamidan tortib uning moziy borlig’iga va kelajak poydevoriga zarba bermoqda...

To'liq o'qish uchun...
Assalomu alaykum. Shukrona

Muallif: Nursafardiyya

Joylashtirish vaqti: 2012-04-05

Nursafardiyya – bu Najmiddin Kubroning Kubroviya, Hoja Ahmad Yassaviyning Yassaviya, Bahouddin Naqshbandning Naqshbandiya tariqatlaridan so’ng vatanimizda vujudga kelgan mukammal milliy-ilohiy falsafa so’fiylikdir...

To'liq o'qish uchun...
Nurli buloq sari

Muallif: Haydarova Gulchiroy, Farg'ona viloyati

Joylashtirish vaqti: 2012-01-17

Inson tug'ilibdiki, u nafas oladi, harakat qiladi, o'zi bilgan bilmagan holda Alloh tomonidan berilgan quvvatga intiladi. Kimdir ichki quvvat tizimini ma`lum darazhaga ko'taradi...

To'liq o'qish uchun...
2011 yil sentyabr oyida chiqqan “Sirli tabobat” oynomasida chop etilgan “Nursafardiyya - nurli safar emas” maqolasiga ilohiy javob va aks ta’sir

Muallif: ---

Joylashtirish vaqti: 2011-10-03

Inna lillahi va inna ilayhi rajiun (Sendan keldik, Senga qaytamiz). Baqara surasi, 157 oyat.

Qur’oni qarimda 5 ta buzuqlik qoralanadi. Oxirgisi -tuhmatdir. (tuhmat - Ollohning oliy jazosiga mahkumdir, hatto u Ollohga shirk keltirishdan ham yuqori turadi).

To'liq o'qish uchun...
Qur’oni karimdagi shakli daryolarga turlicha qarashlar

Muallif: ---

Joylashtirish vaqti: 2011-10-03

Qur’ondagi bir necha sura shunday yolg’iz- yolg’iz harflar  bilan boshlanadi. Ko’pchilik Islom  ulamolari nazdida mazkur harflar “Xurufi muqattaot”, ya’ni ma’nodan uzilgan harflar sanalib, ularning ma’nosi yagona Ollohgagina ma’lum.

To'liq o'qish uchun...
Piru-ustoz sifatlari va qudrati

Muallif: So'fiy-tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2011-07-15

Dedimki, pirning sifatlari ilohiyot quvvatidan olingan tengsiz jilo va orazi otashidan paydo qilingan ma’vo orqali namoyondir. Pir ul zotkim Ilohning aynan nuri, bandalarning yo’lini yorituvchi, yo’qlik ichra borliqni anglatuvchi va yo’qlikdagi borliqni bandalarga ayon qiluvchi, nazarida ilohiy jamol, nafasida Tangri quvvati, uni ko’rsa gunoh titraydi, shayton falaj bo’ladi, manmanlik so’nadi, foniy ishqi o’ladi, nafs tiz cho’kadi... Shaytoniy quvvatlar daf bo’ladi, ezgu-niyatlar saf tortadi...

To'liq o'qish uchun...
Mashaqqatli saxovat...

Muallif: ---

Joylashtirish vaqti: 2011-07-15

Bilasizmi, qarshimda turgan purviqor tog’larga qarab turib, shayx Nursafardiyning tabiblik borasidagi kasbi naqadar sermashaqqat va o’z o’rnida o’ta xavfli ekanligiga shaxsan guvoh bo’lib turganimni bayon qilmoqchiman...

To'liq o'qish uchun...
Tafakkur, ong va nafsning to’qnashuvi (muzokara uchun mavzu)

Muallif: So’fiy-Tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2011-06-20

Ilohiy ming ilhom qaytmoqda bizga, siz angmayapsiz!

Mening ruhoniyat olamida ekanligimni anglamaganingiz uchun ham borliqdan uzilgan borlig’imni o’zingiz so’ygan  va bilib bilmagan dunyoviy falsafangiz ichra anglamayapsiz.

To'liq o'qish uchun...
Iloh, inson, ibodat va nafs sarhadlarida

Muallif: So'fiy-tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2011-05-27

Charchoqni yotganda bilasan, o’limni o’lganingda bilasan.

***

Sen menman desang, unda men kimman?!

To'liq o'qish uchun...
Xattotlik va Nursafardiyya

Muallif: ---

Joylashtirish vaqti: 2011-05-17

Xattotlik san’tining tarixi uzoq davrlarga borib taqalishi bilan bir qatorda, u nafaqat arabiy va forsiy yozuvlar bilangina cheklangan. Azaliy manbaalarga nazar tashlasak, xattotlik san’atini turkiy xalqlar orasida “kashta yozuvi” iborasi bilan 4-6 asrlardan ma’lum bo’lgan...

To'liq o'qish uchun...
Ilohiy shakli daryolarda mukammallik darajalari

Muallif: ---

Joylashtirish vaqti: 2011-05-17

1-daraja - nafs, oziq-ovqat, parhez, tozalanish.

2-daraja - ota-bobolar, azaliy-tarixiy quvvatni izlab topish.

To'liq o'qish uchun...
Insonlar orasidagi jannatning lazzatlari-farishtalar makonida

Muallif: Haydarova Gulchiroy, Farg'ona viloyati

Joylashtirish vaqti: 2011-05-02

Olam yaratilishda Ollohning nuri (NUR) erga safar (SAFAR) qilib olamni (DIYYA) yaratgan. Va Nursafardiyyaning asosi bo’lmish 14 nuqta orqali insonni yaratgan. Inson ongiga 14 yo’nalishni jo qilgan va uni mukammallikka intiltirib qo’ygan. Intilgan, izlagan, haqiqiy ustozni topgan insongina o’zidagi ilohiy va ilmiy qobiliyatlarga, amallarga umri davomida erishadi. Buning aksidagi odamlar esa bu dunyoning hayvoniy hirsi bilan o’tib ketadi.

To'liq o'qish uchun...
So’fiylar nurining 14 yo’nalishdagi foydali maslahatlari

Muallif: ---

Joylashtirish vaqti: 2011-03-02

1.      Dunyo voqealariga va hayotingizga falsafiy-ilohiy  jilo berishga harakat qiling. Mushkullaringiz osonlashadi.
2.      Hayot tarzingizni Iloh, to’g’ri jamiyat va oila qoidalariga moslashtiring, sabrli bo’ling. Baxtli hayot kechira boshlaysiz...

To'liq o'qish uchun...
“Soxta sadoqatlilik ham evi bilanda” yoxud olim bo’lish oson...

Muallif: ---

Joylashtirish vaqti: 2011-01-03

Biz, bizga otilayotgan tuhmat toshlarining nafasidan sezdikki, har qancha tasavvuf haqida gapirsak mumkin ekanu, lekin tasavvuf yo’liga kirish ta’qiqlangan ekan...

To'liq o'qish uchun...
Tafakkurda to’ntarilish

Muallif: So’fiy-tabib shayx Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2010-11-03

Ming yillar davomida insoniyat  taraqqiyot bosqichini bosib o’tdikim, davrlar silsilasida uning buyuk kashfiyotlari tarixda muhrlanib qoldi. Taraqqiyot nimani anglatdi?..

To'liq o'qish uchun...
Biz bir millat, vatan bizniki

Muallif: So’fiy-tabib shayx Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2010-10-14

Qadrdonim, dunyoni foniy derlar. Bu sinov olamida har birimizning muqaddas burchimiz borki, uni taqvo va ibodat derlar. Kimki taqvodakim, salomat derlar. Foniyda saodat topdi kim,  boqiy abadiyatining jannat bog’larini kashf qilibdi. Bizkim taqvo yo’lida turdik, ibodat yo’lida turdik va o’z amallarimiz bilan xalq ichida xalqparvarlik ishtiyoqini qonimizga singdirdik. Bizning ilohiy amallarimizda dunyoviy   vatanparvarlikning qondagi millatparvarlikning jo’shqin  g’ururi va sururlari hamisha uyg’un bo’lib, bu  yo’lda hatto jonimizni fido qilishga tayyor turdik...

To'liq o'qish uchun...
Fanoviy holat ichra holiy karomat...

Muallif: ---

Joylashtirish vaqti: 2010-09-28

Siz  afsonaviy Geraklni haqida kitoblarda o’qib suratini ko’rgansiz.  Men shayx Nursafardiyni Geraklga o’xshataman. Afsonaviy qahramonlarni eslatuvchi savlat. Gavdalar  haybatli,    qiyofaning  tuzilishi... Bu chinakam Geraklni eslatadi...  Ustozning Gerakldan farqlarini oradagi uzoq tarix va ilohiy olam ajratib turadi.  Shayx Nursafardiyning  ilohiy  ishq yo’lidagi mashaqqatlarining chegarasi yo’qdir...

To'liq o'qish uchun...
Ustoz yoxud mukammallikka yo’l

Muallif: So’fiy-tabib shayx Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2010-09-24

Zamonlar o’tar, davrlar o’tar, beshavqat vaqt atamasi insonni goho sahroga, goho obod manzillarga olib ketar. Aslida sinovlarga boy bu olamda ma’lum bir kamolot yo’lini topmoq mushkuldir. Insonning insoniylik maktabida saboq olishi va hayotda o’ziga munosib yo’l topishida ustozning o’rni beqiyosdir. Ayniqsa bizning davrimizda ustoz muammosi birinchi darajali tanqislik desak, mubolog’a bo’lmaydi...

To'liq o'qish uchun...
Men xalqdanman, Xalq mendan...

Muallif: So’fiy-tabib shayx Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2010-09-24

Bilasizmi, bizga milliy qahramonlik kerak emas, biz davlatdan yiroqlashgan holda, xalqni ortimizdan ergashtirmoqchi ham emasmiz. So’fiylik ilmida bunaqa odat yo’q, bo’lmagan va bo’lmaydi ham. So’fiylik falsafasida hokimiyatga intilish bu, so’fiylikning yo’qolishiga tengdir. Biz e’tiqod yo’lida turganimizni anglagan holda, xalq ichiga kirdik va xalq bilan birga qolgaymiz...

To'liq o'qish uchun...
Til va Dil yoxud g’iybat san’ati kimga kerak?

Muallif: So’fiy - tabib shayx Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2010-09-23

Agar inson ruhiyatiga nazar tashlaydigan bo’lsak, unda ham xuddi vujudda bo’lgani kabi nafsning bir necha turlarini ko’ramiz. Ruhiyat bu insonni ma’lum yo’lga boshqaruvchi asosiy kuchdir. Hamma gap uning qanday shakllanganida va qaysi  yo’lni tanlaganidadir. Ilohiy yo’l tafakkur va ko’ngil pokligi ila tanlansa, dunyoviy yo’lning tafakkurdan tashqari nafsiy xurujlari ham mavjudki, u insonni hamisha fikran chalg’itib turadi.

To'liq o'qish uchun...
So’fiy jang san’atlari - yigirma birinchi asrning buyuk kashfiyoti

Muallif: So’fiy-tabib shayx Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2010-09-23

Odam yaralibtiki, u doimiy izlanishda bo’lib qolaveradi. Bu izlanishlar asosida uning tafakkur darajasi o’sib boraveradi. Texnik -texnokratik rivojlanish inson harakatini jismoniy , fiziologik  holatini, sog’liqqa bo’lgan munosobatini salbiylashtirib yubormoqda. Bu albatta, bir kun kelib odam individumini  yaramas holga olib kelishi mijozlar qutbining almashib qolishiga va nihoyat ichki tuyg’ular insonga xos hissiyotlarning inert holati  ro’y berishi mumkin...

To'liq o'qish uchun...
Samolarga sayqal millatim...

Muallif: So’fiy-tabib shayx Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2010-09-22

Millatimga havas qildim, o’n beshinchi asrda, millatimga havas qildim, o’n olti, o’n etti, o’n sakkiz, o’n to’qqiz... yigirmanchi asrda ham millatimga havas qilardim. Qizil imperiya millatni hatto tomigacha paxta ektirganda ham millatimga havas qilardim. Bu millat mo’g’ul bosqinida ham o’zligini yo’qotmadi. Xonliklarga bo’linganda ham o’zligini yo’qotmadi. Chor Rossiyasi davrida ham o’zligidan ayirolmadilar...

To'liq o'qish uchun...
Qayga ketar o’zbegim yoxud Rossiya sindromi

Muallif: So’fiy-tabib shayx Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2010-09-22

Vatandan ketmoqlik bu o’zlikni yo’qotmoqlikdir...

Toshkent vokzalida o’zbek ayoli qo’lida yosh bolasini ko’tarib olgancha Rossiyaning ma’lum bir o’lkasiga ishlagani ketayotgan erini kuzatmoqda, –qachon qaytasiz, dadasi?...

To'liq o'qish uchun...
Hikmat bu - tuganmas xizmat

Muallif: So’fiy-tabib shayx Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2010-09-22

Dedim,  ey farzand, agarkim bu olamda odob ko’chasidan kirib, keksalik davrda narigi olamga saodat yo’lidan chiqib ketmoqni istasang ko’ngil saroyida e’tiqod qo’rg’onini bunyod etgil.  E’tiqod bu o’zligingni anglatib turuvchi  o’zlik ma’nosidurki, agar  uni mustahkam  tutmasang o’zligingni yo’qotgaysan. Anglagilki, e’tiqodning o’ng qo’li mehr bo’lsa, chap qo’li sadoqatdir. Ko’zlari mardlik bo’lsa, so’zlari haqiqatdir...

To'liq o'qish uchun...
Taklifnoma kelar qabrdan yoxud kafan bog’ichidagi savollar...

Muallif: So’fiy - tabib shayx Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2010-09-21

Tumonat odamlar bir safga tizilganlaridan so’ng,  mulla tobutning qarshisida turib, odamlarga  mahzun nigoh ila qarab oldi, so’ng, - xaloyiq marhum qanday inson edi? - dedi. Odamlar jimib qoldilar. Xaloyiq ichida sukunat cho’kdi. Mulla boshqa so’ramadi. Tobut tomonga o’girilib janozani o’qigach, odamlar tobutni ko’tarishga  urindilar. Biroq...

To'liq o'qish uchun...
So’fiylik hayot tarzidan

Muallif: So’fiy-tabib shayx Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2010-09-21

Dedim, so’fiylik to’g’risida to’xtovsiz gapiriladi, yoziladi va tv ekranlarida ko’rsatuvlar olib boriladi. Lekin uning mohiyatiga, asl ma’nosiga etib borish qiyin, balkim shuning uchundir odamlar uni chuqur bilishga harakat qilmaydilar. Ayrimlar uni oqimlar va yo’nalishlar bilan taqqoslab, ichki dunyosida qo’rquv va vahima paydo qilishadi. Aslida ular bilmaydilarki, uning tarixiy hujayra darajasida ilohiyotga olib boruvchi quvvat, so’fizm ta’limoti yotganligini...

To'liq o'qish uchun...
Ilohiy mamlakat va ilohsiz xilqat

Muallif: So’fiy - tabib shayx Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2010-09-21

Dunyoning azali hoziri va kelajagi ham Ilohdir. Bunday falsafani inkor qilganlar Yaratganning g’azabiga munosibdir... Samolar qo’ynida mavjud jajji bu olam gallaktikamizda yagona hayot manbaidir. Va bu hayot manbaining asosida ilohiy quvvat yotadi. Agar bu falsafani kim inkor qildi, Yaratganning g’azabiga munosibdir. Moziyga nazar tashlasak, bir qancha hodisa va halokatlarning guvohi bo’lamizki, ularning barchasi aynan, Yaratganning g’azabi ila sodir bo’lgandir...

To'liq o'qish uchun...
Nursafardiyya va milliy e'tiqod...

Muallif: So'fiy-tabib shayx Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2010-09-14

E'tiqod nadur? E'tiqod bu o'zlikni bag'ishlash ma'nosidir. E'tiqod kangulning mustahkam qo'rg'onidir. E'tiqod kabi buyuk tuyg'uning inson ongida paydo bo'lishi bu oilaga, jamiyatdagi ijtimoiy muhitga va tarbiyaning asosiga bog'liqdir...

To'liq o'qish uchun...
Tafakkur va qalb yoxud oshqozon muammolari

Muallif: So'fiy-tabib shayx Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2010-09-12

Birodarim, anglab turibmanki siz insoniyat xilqatidansiz. Sizda ong va aql mavjud... Top'g'risi siz shohona yashayapsiz. Lekin biz shohona hayotga qiziqmaganimiz uchun sizning boyligingizga na havas va na hasad qilish fikridan yiroqmiz. Istaymizki, topganingiz o'zingizga buyursin. Biz fikr yuritmoqchi bo'lgan narsa tamoman o'zga mavzudir...

To'liq o'qish uchun...
Dunyoviy taraqqiyot yoxud tafakkur tanazzulining oshkora ko'rinishlari

Muallif: So'fiy-tabib shayx Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2010-09-12

Betga aytganning zahri yo'q deydilar. Zamonaviy taraqqiyotning erka qiliqlari tarixiy ilmiy - ma'naviy va madaniy merosimizga nechog'li salbiy ta'sirlari va kelajakni bunyod etishdagi kerakli qurolimiz ma'rifat bulog'ining qurib qolishi sabablari bugungi kunda insoniy tafakkurning tanazzulga yuz tutgani bilan baholanmoqda. Zamonaviy taraqqiyot nafaqat bir millatning, balki umuminsoniy qadriyatlarning ham ma'naviyatiga genotsid printsipini olib kirdi....

To'liq o'qish uchun...
Ma'naviy etuklik yoxud komillik sarhadlari

Muallif: So'fiy-tabib shayx Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2010-09-11

Nursafardiyya falsafasi xaqida gap ketganda, to'la ishonch bilan aytish mumkinki, Haq inoyati birla xalqimiz komilligi yo'lida mukammallikka asoslangan ilmiy nazariyamiz va amaliyotimiz millatimiz uchun saodat sarhadlarini ochib beradigan madaniy va ma'rifiy manbaa bo'lib qolishiga ishonchimiz komildir. Bizkim xalqimiz, millatimiz va vatanimiz manfaatlarini ko'zlagan holda, ushbu tizimga bekamu ko'st kirib keldik...

To'liq o'qish uchun...
Ko'zlar orqali qarish yoxud boylikning javobi bormi?

Muallif: So'fiy-tabib shayx Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2010-09-11

Ayol deganda ko'z oldimizda go'zallik timsoli, bokiralik nishonasi, sharm - hayo ma'budalari gavdalanadi. Hayotimizni ayollarsiz tasavvur qilolmaymiz. Ularning sirli nigohlari, muhabbatga oshufta qalblari, sharm - hayo pardasi ortidan yanayam jozibador va maftunkordir. Jamiyatda ayollarimizning o'ziga xos o'rni, matlabi va salohiyati bor.  Yurtimizda To'maris, Bibixonim (Saroymulk) Nodira, Uvaysiy kabi buyuklik va bokiralik  timsollari  to hanuz millatimiz sha'nini yuksak qadar ko'tarib kelmoqda...

To'liq o'qish uchun...
Biz millatmizmi?... yoxud... Eh... elim!

Muallif: So'fiy - tabib shayx Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2010-09-04

Angla elim, ki sen milliy madaniyati dunyoni lol qoldirgan, ma'naviyati jahon xalqlariga o'rnak bo'lgan, ilmiy meroslari olam tamadduniga qo'llanma bo'lib qo'llangan, tarixiy sarkardalari zaminni titratgan, donishmandlari samo qadar ziyo taratgan, mard o'g'lonlari vatan himoyasi uchun bir tomchi qoni qolguncha kurashgan, bokiralari hayo pardasi birla go'zallik timsoliga aylangan, kangullarida mehr - oqibat saroylari bunyod etilgan, yuraklarda sadoqat, vafo nafaslari ufurgan, ko'zlarida saxovat va saxiylik mevalari g'arq pishgan, shiddatlarida odillik va haqiqat qalqonlari mustahkam, amallarida komillik nashidalari mangulikka daxldor, ona tabiati ila etti iqlimga mashhur jannatmakon zamin qo'ynida Olloh nasibi va inoyati birla yashamoqdasan...

To'liq o'qish uchun...
Nursafardiyya ta'limoti nazarida (muhokamaga oid)

Muallif: Sayt ma'muriyati

Joylashtirish vaqti: 2010-09-03

Yurtimizda komillik va mukammallikka asoslangan Nursafardiyya  so'fiylik falsafasining vujudga kelishi bu millatimizning ma'naviy, madaniy va ma'rifiy yuksalishi uchun  beqiyos yutuqlar omili bo'ldi, desak adashmaymiz. Nursafardiyya falsafasi kecha yoki bugun vujudga kelgan  falsafa emas. Uning yoshi deyarli mustaqil yurtimiz yoshi bilan tengdir. 18- yillik ta'limot davrida  Nursafardiyya falsafasi vatanimiz bilan, xalqimiz bilan, millatimiz bilan yonma - yon turdi.  Uning madaniyatiga , ma'naviyatiga, vatanimiz xalqining salomatligiga, millatimiz komilligi va mukammalligiga baholi qudrat hissa qo'shdiki, uning shuhrati nafaqat yurtimizda, balki markaziy Osiyo va Evropa davlatlarida ham  ma'lum va mashhur bo'ldi...

To'liq o'qish uchun...
Bir vujudda ikki olam

Muallif: So'fiy-tabib shayx Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2010-09-03

Vujud nadir, kelajagi qabr bo'lajagi tuproqdir.  Va ana shu tuproq mahsuli tuproqqa qaytguncha, dedimki, ikki olamni o'z bag'riga sig'dirib uning  ilohiyotga bog'liq lazzatini borlig'ida mujassam etganki, ularning biri tafakkur olami bo'lsa, biri kangul olamidir. Va yana dedimki, bu ikki olam o'z orazidan nafs pardasini ko'tarib  komillik saodati birla boqiylik javohirotidan bahramand bo'lmoq ilinjida  vujud qamog'idan ozodlik istar. Ojiz vujudning karomati shundadirki, ul ikki buyuk olamni birlashtirish va uning aniq manzili, saodat sarhadiga kuzatgan holda, qabrga xotirjam qaytmoq qobiliyatiga egadir...

To'liq o'qish uchun...
Amaliy ibodat yoxud vatanparvarlik tuyg'usi

Muallif: So'fiy-tabib shayx Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2010-08-30

Dedim, ey farzand, dunyoning senga berilgan to'rt daqiqasi imkoniyating uchun mukofotdir. Daqiqang ibodatga aylanmas ekan, bilki, umring zoe ketibdur. Ibodat nadir desalar, degilki, ibodat bu nafaqat Ilohga bo'lgan amal, balki ibodat bu dunyoviy go'zal amaldir ham. Bilagingda quvvat, yuragingda shiddat jo'sh urib turgan bir paytda anglagilki vatanga, millatga, xalqqa bo'lgan sadoqating bu sening ibodatingdur...

To'liq o'qish uchun...
"Buyurtmani bajarish" borasida

Muallif: Sayt ma'muriyati

Joylashtirish vaqti: 2010-08-28

Tarixiy manbaalarga tayangan holda aytishimiz mumkinki,  Turon zaminda etishib chiqqan buyuk allomalar silsilasi dunyo ilmiy ma'naviyatiga o'zining bebaho hissasini qo'shib kelgan.  Ming afsuski, keyingi yuz yilliklarda aynan ilohiy ilm yo'lida dunyoga tanilgan buyuk allomalarni ko'rmadik. Deylik, o'n beshinchi asr o'rtalarida Naqshbandiyya tariqatidan so'ng, oradagi besh yuz yillik sukutni  nima bilan baholaymiz...

To'liq o'qish uchun...
Haqning diydoriga intilganlar

Muallif: Sayt ma'muriyati

Joylashtirish vaqti: 2010-04-22

Poytaxtimizning qoq markazidagi to'qqiz qavatli binolardan birining birinchi qavatiga joylashgan bir muassasa bor...

To'liq o'qish uchun...
Chayondan ham malham olgan...

Muallif: Sayt ma'muriyati

Joylashtirish vaqti: 2010-03-23

Yer yuzida halq tobobatiday mukammal ilm hali topilmagan bo'lsa kerak...

To'liq o'qish uchun...
Ixlos - xalosdir

Muallif: Sayt ma'muriyati

Joylashtirish vaqti: 2010-03-23

Bugungi kunda dunyoning ko'pgina mamlakatlarida hozirgi zamon tibbiyotini halq tabobatiga tayanib amalga oshirish tajribasi sinab qo'rilmoqda...

To'liq o'qish uchun...
So'fiy jang san'ati

Muallif: Sayt ma'muriyati

Joylashtirish vaqti: 2010-03-23

«O'zbekiston» nashriyoti tomonidan Saparboy Kushkarov va Ulug'bek Kushkarovning nashr etilgan «So'fiy jang san'ati» monografiyasi birinchi kitobining chop etilishi...

To'liq o'qish uchun...
So'fiy tabobati

Muallif: Sayt ma'muriyati

Joylashtirish vaqti: 2010-03-22

So'fiy - sirri sof, aqli etuk, muhabbat ahliga dil bog'lagan (Koshifiy) bo'lishi, nafasidan bedardlar qalbi bedor bo'lmog'i kerak...

To'liq o'qish uchun...
Nursafardiyya gimnastikasi

Muallif: Sayt ma'muriyati

Joylashtirish vaqti: 2010-03-22

Odamzod paydo bo'libdiki, unda Alloh yaratgan harakat va nafas olish tizimi mavjuddir. Hamma gap bu jarayonlikni mukamallikka etkazishdadir.

To'liq o'qish uchun...
Kamsukum - manmanlikka yot

Muallif: Sayt ma'muriyati

Joylashtirish vaqti: 2010-03-22

Ehtiyotqorlik o'zlikni himoya etmoq, deganidir. Kundalik hayotda inson turli hodislarga ro'baro' keladi...

To'liq o'qish uchun...
Kelajakka ishonch ko'ngilni ko'taradi

Muallif: Sayt ma'muriyati

Joylashtirish vaqti: 2010-03-22

Intizom ko'ngil bog'ining lolasidir. Lolaning chiroyidan qanchalik bahra olsak, insonning intizomidan shunchalik bahra olamiz...

To'liq o'qish uchun...
Ko'ngilning shirin mevasi

Muallif: Sayt ma'muriyati

Joylashtirish vaqti: 2010-03-22

Odob - ko'ngil chashmasining gavhari. Uning shodalarini tarbiya marhamati ila tergan kishi ham zohiriy, ham botiniy poklikka oshno bo'lgay. Odobning odatlari inson bezagidir...

To'liq o'qish uchun...
Nursafardiyya pardozi

Muallif: Sayt ma'muriyati

Joylashtirish vaqti: 2010-03-22

Inson yashar ekan, uning yuzi, boshi sochi, qo'l-oyoqlari, badani sog'lom ko'rinishga ega bo'lishi kerak. Avvalombor, go'zallik bu tozalik va gigiena bilan chambarchas bog'likdir.

Xo'sh, shunday go'zallik, nafislik, xushqomatlikka qanday erishsa bo'ladi va buning uchun nimalar talab qilinadi?

To'liq o'qish uchun...
So’fiy jang san’ati

Muallif: Sayt ma'muriyati

Joylashtirish vaqti: 2010-03-16

So’fiy jang san’atini so’fiylikning tarkibiy qismi deyishadi. Aslini olganda, so’fiy jang san’ati nima?

Mo’’tabar manbalarning guvohlik berishicha, Odam Alayhissalomning uchinchi o’g’li Shis payg’ambarga Alloh taolo tomonidan 50 pora ilohiy bitik tushirilgan. Ushby ilohiy bitikning yarmi Allohga etishi uchun ibodat tizimini tashkil etsa, yarmi sog’liqni saqlash va himoya dasturlaridan iborat bo’lgan.

To'liq o'qish uchun...
Yashartiradi, go’zallashtiradi

Muallif: Sayt ma'muriyati

Joylashtirish vaqti: 2010-03-15

«NURSAFARDIYA» tabobat markazi mijozlarni sog’lomlashtirish barobarida go’zallashtirish – kosmetik muolaja bilan ham shugullanadi. Bu markaz shifokorlari insonni yaxlit hodda tasavvur etadi. Kishining yuz terisining tiniqligi, tozaligi, hatto, sochning rangi, holati ham uning ichki a’zolarining holati bilan chambarchas bog’liqdir. Shuning uchun So’fiy tabibning kosmetik muolajalari faqat parvarish emas, davodir.

To'liq o'qish uchun...
Tabib

Muallif: Sayt ma'muriyati

Joylashtirish vaqti: 2010-03-15

«Oloy bozori atrofida bir tabib bor ekan. Uning qabuliga kirmoqchi bo’lsangiz, navbatga ezilasiz. Navbat esa sizga may oyida keladi. Ungacha tabibni ko’raman deb ovora bo’lmang», degan gap-so’zlar tez-tez quloqqa chalina boshladi. Bundan tashqari, tahririyatimizga qo’ng’iroq qilib, o’sha tabib haqida so’rovchilar ham so’nggi paytlarda ko’paydi. Shularni inobatga olib, yaqinda xodimlarimizdan birini ma’lumot olish maqsadida tabib Nursafardiy yoniga jo’natdik. Buni qarangki, eshitganlarimiz rost bo’lib chiqdi. Haqiqatan ham, tabibning qabuliga kirish uchun may oyini kutish lozim ekan. Hatto muxbirimiz ham u bilan uchrasholmadi.

To'liq o'qish uchun...
Giyoh bilan hayot bergan so’fiy tabib

Muallif: Sayt ma'muriyati

Joylashtirish vaqti: 2010-03-12

Dardini bergan davosini ham beradi, deydi dono xalqimiz. Lekin shunday kasalliklar borki, davo istab bormagan joyingiz, bosh urmagan ostonangiz qolmaydi. Maqsadingizga erishib, sog’ayib ketsangiz, xo’p-xo’p, unday bo’lmasa-chi? Yaqinlaringizdan biri og’ir xastalikka chalinsa-yu, uning dardiga davo topolmasangiz-chi?..

Ko’p sonli muxlislarimiz qo’li engil so’fiy tabib borligi va u qanchadan-qancha insonlarning hayotini saqlab qolib, joniga ora kirayotgani haqida aytishdi va bizdan o’sha tabib to’g’risida batafsil ma’lumot berishni iltimos qilib xatlar yozishdi, qo’ng’iroqlar qilishdi.

To'liq o'qish uchun...

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA