TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Kitoblar

Barcha kitoblar PDF elektron formatida yozilgan bo'lib, uni kompyuterda ochish uchun ushbu format bilan ishlay oladigan maxsus dastur zarur. Shunday dasturlarning birini siz «Fayllar» bo'limidan tortib olishingiz mumkin.

Aniq bir kitob bilan to'liq tanishish, shuningdek, uning nusxasini kompyuteringizga ko'chirib olish uchun kitob sarlavhasiga yoki kitobning qisqacha ta'rifidan so'ng muvofiq ssilkaga kursorni olib borib, kompyuter sichqonchasining o'ng tomonini bosing.

Ssilkaga bosganingizdan so'ng sahifa kitobning to'liq tavsifi bilan yuklanadi. Mazkur sahifaning pastki qismida ham «kitobni saqlab oling» ssilkasi bo'lib, unga bosganingizdan so'ng, kitob sizning brauzeringizda ochilgan yangi sahifaga yuklana boshlaydi. Bu bir oz vaqt talab qiladi.

Kitob yuklangach, siz uni kompyuteringizda saqlab qo'yishingiz mumkin. Buning uchun sizning brauzeringiz derazasidagi «Ôàéë» («File») menyusidan «Ñîõðàíèòü êàê» («Save as») buyrug'ini toping, keyin saqlash uchun joy tanlab, «Ñîõðàíèòü» («Save») tugmachasiga bosing. Kitob darhol saqlanadi.

Tarixiy nurli yo’l (xotirayi e’tiqod)

Muallif: So’fiy tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2017-09-03

Olam va odamzodning tiriklik tarixi zamon va makon nuqtai nazari hamda tarixchilarning voqea, hodisalarni to’g’ri yorituvlari juda katta ahamiyatga ega. Bu nafaqat dinlar, payg’ambarlar, avliyolar, balki dunyoviy ilmlardagi xalqlar, elatlar, urug’lar, sulolalar va boshqa tarixiy voqeliklar aniqlik yoxud noaniqlik bilan qalamga olinishidan o’tmish hodisotlari avlodlardan-avlodlarga o’tib keladi.

To'liq o'qish uchun...
Bo’rta Botir Nafharholi

Muallif: Nuru Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2016-06-13

Bo’rta Botir Nafharholi. Foniy va boqiy gimnastikasi.

To'liq o'qish uchun...
Men Osmonga intildim, Osmon esa menga

Muallif: So’fiy tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2014-09-19

- Yoningda bir jonon bo’lsa, qo’lingda may. Bu yog’i tong otmasa. Ana jannat, mana jannat.

Kuni bilan itday ishlab xaroba kulbam uzra jandasi chiqib ketgan to’shakda ana shunday xayol bilan uxlab qolibman.

To'liq o'qish uchun...
So'fiyona Zo'rmergan jang san'atlari rasmlarda. (kirish qismi)

Muallif: Ulug'bek (Ulug' zo'r so'fiy) Kushkarov

Joylashtirish vaqti: 2012-07-05

Jumrakdagi suvdan chanqog'ingizni qodiriyotganingizda bu jumrak suvi deb o'ylaysiz. Lekin fikringizga bu suvning baland tog'lardagi buloqdan keliyotganini tassavur ham qilolmaysiz.

To'liq o'qish uchun...
Bir shingil hikmatim bor

Muallif: So’fiy tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2012-05-04

Ey farzand, anglagilki fatan ishqisiz vatanparvarlik tuyg’usini yuksaltirib bo’lmas. Kindik qoning to’kilgan ona tuprog’ingni qadriga etmoqni har dam odat qilgil. Har bir nafasingda elning manfaati, qadamingda millating shijoati jo’sh ursin. Ollohning nazari tushgan ona tuprog’ingni ko’zingga surtgilki, bunday jannatmisol yurtni o’zga maskandan topolmassan...

To'liq o'qish uchun...
Er kurramiz kimlarga kerak bo’lib qoldi? Biz o’zimizga kerakmizmi?

Muallif: So’fiy tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2012-04-05

Anglamoq fasli kelganini anglamoq lozimligini anglamog’imiz lozim. Demakkim, anglamoq haqida gap ketar ekan, bu holat tafakkurimiz nishonasining ijobiy belgisi, desak xato qilmaymiz...

To'liq o'qish uchun...
Hamdu sano hikmati

Muallif: So’fiy tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2012-03-17

Parvardigoro, olamni yo’qdan bor etgan o’zingga hamdu sanolar bo’lgay. Sening avvaling yo’q, abadiysan. Hamisha mavjud va har narsani ko’rguvchisan, bilguvchisan. Har narsaga qodirsan va mehribon rahmlisan. Men seni dedim, senga ibodat qildim va angladimki, sening jamolingdan o’zga go’zal jamol va va qudratingdan o’zga qudrat yo’qdir...

To'liq o'qish uchun...
Nursafardiyya tabobatida dorivor o’t-giyohlar tizimlarini ishlatish borasida amaliy qo’llanma

Muallif: Ulug’bek (Ulug’ so’fiy tabib) Kushkarov

Joylashtirish vaqti: 2012-03-16

- Sog’-salomat bo’lishlik – ijobiy amallar yaratish uchun ma’qul yo’l;
- Sog’lom va mukammal shaxs – oila, jamiyat va ilohning boyligidir;
- Ruh salomatligi, vujud  salomatligi, tana salomatligi – oliy ne’matlardandir...

To'liq o'qish uchun...
Nafs xastaliklari yoxud inson ongiga tushgan “infektsiya”

Muallif: So’fiy-Tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2012-03-05

Inson nadir dedim, ilohiy xilqatning moddiy olamdagi jismoniy mavjudligi bo’lsa uning ruhiyat olamidagi borliq bevosita va bilvosita ilohiy olam bilan bog’liqdir...

To'liq o'qish uchun...
Mangulik falsafasi

Muallif: So’fiy-Tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2012-03-05

Dedimki, qalb oshyonini obod etmoq tafakkurni ulug’lagay. Tafakkur ruhiy borliqni ilohiy olamga tutushtiruvchi ko’prikdir. Qalbning avvali iymon, istagi e’tiqod, amali ibodatdir, samarasi ilohiy jalol, o’zagi jamoldir...

To'liq o'qish uchun...
Ilohni o’zlikda, ibodatda, riyozatda izlayman

Muallif: So’fiy-Tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2012-02-10

Najot izlab Haqqa iltijo qildimki, sabrim sarhadidagi mashaqqatlarim evaziga ilohiy kamol topsam. Umidim uldirki, umrim davomida qilayotgan ibodatlarim samarasi ilohiy jamolu jalolga erishurman...

To'liq o'qish uchun...
Ikki xilqat ichindaman yoxud mendaman, mensizlikdaman

Muallif: So’fiy tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2012-01-12

Dedimki, Maning manligim manda emasdur va maning mavjudligimda bandaligim o’zimga begonasifat vo ajab, dunyo ilkiga tushding, ki mandagi holat ichra hol sanda emasdur...

To'liq o'qish uchun...
Mendagi men - sizlik. 3-kitob

Muallif: So’fiy-Tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2011-12-01

Men o’z o’rnida foniy olamni garchi u nafsga yo’g’rilgan bir xilqat bo’lsada, bu olam ichra go’zal tuyg’ularning borligi uchun ham qadrlayman. Bu zamin o’zlikni anglash saroyidir va bu saroy ichra mavhum bo’lgan xazinadan iborat zikr javohirlarini topgan  bandagina chinakam saodatga erishadi.

To'liq o'qish uchun...
Mendagi men - sizlik. 2-kitob

Muallif: So’fiy-Tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2011-12-01

Mening asl menligimning asl sababi nimada?

Men Iloh doirasiga kirishim uchun avvalo Ilohni anglashim kerak edi. Angladimki, eng avvalo men istayotgan va tafakkurimda uning ishqi uyg’onayotgan bir paytda, men uning manzili uchun mustahkam va barqaror, pokiza bir saroy hozirlashim kerak edi.

To'liq o'qish uchun...
Mendagi men - sizlik. 1-kitob

Muallif: So’fiy-Tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2011-12-01

Dedimki, maning manligim manda emasdur va maning mavjudligimda bandaligim o’zimga begonasifat  vo ajab, dunyo ilkiga tushding, ki mandagi holat ichra hol sanda emasdur.

To'liq o'qish uchun...
Taqdir-qismat falsafasi

Muallif: So'fiy-tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2011-04-18

Ming yillar davomida insoniyat tamadduni o’ziga xos rivojlanish bosqichini bosib o’tdikim, uning samarasi bugungi bashariyat taqdir tamoyilini ma’lum masofalar chegaralariga tutashtirdi.

To'liq o'qish uchun...
Sabrla yaralur olam, sabrla Haq ila har dam

Muallif: So'fiy-tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2011-03-28

Nur umidi ravon safar,
Alloh faqat Alloh rabbim.
Dedim Iloh yagona,
Yagonadir Allohim.

To'liq o'qish uchun...
O’zgadan o’zlikni tanigan darvesh falsafasi

Muallif: So'fiy-tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2011-03-23

Ey Tangrim, seni tanidimu, boshimga kuloh tushdi, egnimda xirqa, to sanga etmadim tanimda jon, ishqim mani sanda, zikringni mendan qilma kanda, etganimda jamolingga jaloling izlab.

To'liq o'qish uchun...
Jahannam ichra jannat

Muallif: So'fiy-tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2011-03-23

Dedim, jannat eshigining kaliti qalbdadur, qalbning kaliti tafakkurda, tafakkur esa yuksak ong orqali chegarasiz olam, laduniy kashfiyotlar sarhadlariga olib boruvchi beqiyos ilm ummonidir.

To'liq o'qish uchun...
Baqo durlarini termoqdaman, men, durlar yaratmishsan ko’z yoshimdan, sen.

Muallif: So'fiy-tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2011-03-23

Orazing ichra or mandir,
Vaslingni qo’msab zor, mandir.

Agar minglar ichra sandan,
Yuz bursa gar, bor, mandir.

To'liq o'qish uchun...
Nursafardiyya so’fiylik jang san’atlari va harakatlar tizimi dasturi (Haq-ul yaqin)

Muallif: ---

Joylashtirish vaqti: 2011-02-25

Ushbu yo’nalish mahfiy ilm bo’lgan uchun, uni faqat ustozdan o’rganishingiz mumkin bo’ladi.

To'liq o'qish uchun...
Nursafardiyya so’fiylik jang san’atlari va harakatlar tizimi dasturi (A’ynal yaqin)

Muallif: ---

Joylashtirish vaqti: 2011-02-11

1. Eski o’zbek tili alifbosi

1.(alif), [o, a]   2.(be), [b]    3.(te), [t]    4.(se), [s]    5.(jim), [j]    6.(he), [h]    7.(xe), [x]    8.(dol), [d]    9.(zol), [z]

To'liq o'qish uchun...
Nursafardiyya so'fiylik jang san’atlari va harakatlar tizimi dasturi (Ilmal yaqin)

Muallif: ---

Joylashtirish vaqti: 2010-12-22

Shakli harflarga asoslangan tana tizimi

1. Shakli harflar tizimi va ularning talaffuzi.
2. Shakli harflarga asoslangan tana harakatlanishi tizimi.
3. Shakli harflarga asoslangan tana holatlari.
4. Shakli harflarni tana bilan erda yasash tizimi...

To'liq o'qish uchun...
Osmondan yog'ar hikmatlar, Osmondan buyurilar xizmatlar

Muallif: So'fiy-tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2010-12-13

-So'qir bo'lish ayb emas, lekin ko'zlar bo'la turib ko'rmaslik katta gunohdir.
-Ahli vujud tushunmasa, “to'ralar” o'z manfaatida ko'rolmasa, o'rtada qolgan xosning joyi faqat yuqoridadir.
-Menlikda menlikdan qolmadi nishon,
Menlikda Senlik bo'ldi namoyon...

To'liq o'qish uchun...
Nursafardiyya ta’limotida maxfiy ilm va karomat

Muallif: ---

Joylashtirish vaqti: 2010-11-29

Nursafardiyya-Ilohning jamoli-yu jaloliga intilgan insonni mukammallikka eltuvchi, bashariy kashfiyotlar va ijobiy amallarni yaratuvchi ta’limotdir...

To'liq o'qish uchun...
So'fiy jang san'ati haqida hikoyalar

Muallif: Ulug‘bek Kushkarov

Joylashtirish vaqti: 2010-11-21

Otam meni qilich tig‘i san’atini egallashga o‘qitish maqsadida Samar Tarxon otliq qilichbozlik ustasini taklif qildi. O‘sha paytga qadar men qilichni ishlata bilsam-da, biroq uni kerakli darajada egallamagan edim. Mashg‘ulotlarning birinchi kunida Samar Tarxon o‘zi bilan bir quloch arqon olib keldi-da, uning bir uchi bilan o‘ng qo‘limni tanamga bog‘lab qo‘ydi va shunday dedi: «Temur, endi sen faqat bir qo‘lli, ya’ni faqat chap qo‘li bor odamsan»...

To'liq o'qish uchun...
Inson kashfiyoti taraqqiyotining tanazzuli

Muallif: So’fiy-tabib shayx Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2010-11-03

Dunyo sirli bir xilqatdir. Inson sirli bir xilqatdir. Olamni ilohiyot mahsuli derlar. Ilohiyot ichidagi odamni ham uning bir bo’lagi dedilar. Olam ilohiyot ekan, nega odam ilohiyot emas. Olam ilohiyot ekan, nega odamlar ilohiyotni nafsga aylantirdilar. Olam odamlarga bog’liqdir, nega odamlar olamga olamiy ilohiyotga bog’liq emas...

To'liq o'qish uchun...
Insoniyat va nafsoniyat...

Muallif: So’fiy-tabib shayx Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2010-10-28

Dedimki, dunyoi dunda taqvodan o’zga amalkim ijobat bo’lmas. Taqvodan o’zgasidakim, rohat bo’lmas. Banda toki taqvo birla nafas olmas, vujudini nafs tark etmas. Taqvo nafasi vujud va ruhiyat olamini pok aylagaykim, samarasi ko’ngil  gulshanini  ilohiyot olamining mangu quvvati vatan qilgay. Ilohiy olamning ilohiy zaminida bandalar  ilohiy bergan quvvatni begona etdilar...

To'liq o'qish uchun...
Sarob dunyoning xarob an’analari (maxfiy ilmlar tizimidan)

Muallif: So’fiy-tabib shayx Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2010-09-29

Menkim Nursafardiy  dedim, dunyoning saroblig’ini uning borlig’ida ko’rdim.  Agarkim bul sarob ichra kishi ilohiy ma’budaga oshiqmadi, saodat topmagay. Dunyoning sarobligi nimada?  Toki o’lim mavjud ekan, borliq inson uchun yo’qlikka yuz tutmog’i muqarrardir. Saroblikning birinchi holati shundadir. Ikkinchi holatda odamlar o’zlariga bog’liq bo’lmagan, yumushlarga bog’landilar...

To'liq o'qish uchun...
Ko’zim bilan ko’rmaganlarim

Muallif: So’fiy-tabib shayx Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2010-09-27

Menkim Nursafardiy dedim, anglagilki dunyoni mavjud ko’z bilan emas, mavhum ko’z ila ko’rmoq kerak. Toki moddiyatdan yiroqlashib mavhumiyatga yaqinlashmas ekansan, moddiyat ila cheklanib qolgaysan. Moddiyat mavjud vujuddir, mavhumiyat mavhum ruhiyatdadur. Ruhiyat toki o’z asliga qaytmas ekan, mavhumiyatni anglamas ekan, moddiylik nafslari uni o’z quchog’ida tortgay va dunyoviy  xilqatning bir qolipida saqlagaykim, undan chiqib ketmog’ing mushkuldir...

To'liq o'qish uchun...
Ko’rinmasni ko’rmoq istadim (Ko’ngil xususida)

Muallif: So’fiy-tabib shayx Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2010-09-24

Ko’ngilsiz kishi, dedim, vatansizdur. Ko’ngil dedim, tafakkur orqali ochilgay. Siz izlagan vatan, ko’ngildadur. Siz izlagan saodat, ko’ngildadur. Siz izlagan ishq, ko’ngildadur, Iloh va panoh, ko’ngildadur. Sadoqat ko’ngildadur...

To'liq o'qish uchun...
Dunyo nadir? Yoxud parda ortidagi tafakkur (maxfiy ilmdan bir shingil)

Muallif: So’fiy - tabib shayx Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2010-09-23

Dunyo shunday sirli bir xilqatkim, aning ma’nosini anglamoq mushkuldir. Va bul ma’noning mushkulligi uchun ham insonlar bu mushkullikka toblari yo’qdir. Insonlar mushkullik istamaslar va shuning uchun ham dunyoning ma’nosini anglamaslar. Anglamoq osondir, ma’no mushkuldir. Mushkullik ma’noni topmoqdir va ma’no izlaganlar mashaqqat qo’ynida rohat sharobini ichdilar...

To'liq o'qish uchun...
Dilbar jamoli, ishqim kamoli

Muallif: So'fiy-tabib shayx Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2010-09-15

Haq jamolin ilohiy may ichib ko'rdim,
Visolini zikr birla quchib ko'rdim.
Tanam parcha-parcha bo'ldi quvvatidan,
Mukofoti birla samo uchib ko'rdim.
Man bir banda, ichimda bir banda kezar,
O'zim yo'qman, lek o'zimni tanda sezar.
Ruhim olib ketdi ishqing siyratlari,
Borlig'imni ikki vujud sanda sezar...

To'liq o'qish uchun...
Nursafardiy nima istar?

Muallif: So'fiy-tabib shayx Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2010-09-14

Dedim, borliq ichra yo'qlikka aylandim va yo'qlik ichra borliqning vazifasini bajardim. Kamina xalq ichida yurib xalqni ko'rdim, lekin mandagi borliq ularning ko'ziga yo'qliq sifatida ko'rina boshladi. Shunda yo'qliqning asli borliq ekanligini angladim va anglaganlarimni bayon etmoqqa jazm ettim. Dedimki, borliqning asli yo'qliqqa tutashur va buni anglaganlar borliq ichra yo'qliq istagidan cho'chidilar va borliqqa mehr berdilar. Yo'qliqning asli borliq ekanligini tafakkur anglar va tafakkurdan yiroqlar borliqni borliq sifatida ko'rdilar va yo'qliqdagi borliqni his qilolmadilar...

To'liq o'qish uchun...
Dilbar dostoni

Muallif: So'fiy-tabib shayx Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2010-09-12

Ko'zimga ko'rindi dunyo dilbar bo'lib,
Chamanzorida guli mushki anbar bo'lib.

Shaytonlig'ini bilmadim nafsi balo,
Tuproqi  ko'rinmish ko'zima zar bo'lib.

Sezdima, dunyosining yolg'oni rost,
Rostlig'i kasbi yolg'onni bezar bo'lib.

Angladim, ishq yo'lidan o'zga ziyon,
Qoldim har nafasda ani sezar bo'lib...

To'liq o'qish uchun...
Nursafardiyya pardozi

Muallif: NursafCosmetic

Joylashtirish vaqti: 2010-09-05

Tasavvuf (so'fiylik)ning asosiy maqsadi Alloh diydori va qudratiga erishishdir, ya'ni inson har tomonlama mukammal, barkamol darajaga etgan holdagina Yaratganga loyiq bo'lishi mumkindir. Alloh taoloning ulug' ismlaridan biri bu Jamoldir, ya'ni beqiyos go'zallik, tengi yo'q husnga ega bo'lishdir...

To'liq o'qish uchun...
So'fiy jang san'ati, 2-kitob

Muallif: ---

Joylashtirish vaqti: 2010-09-04

Falsafaning mohiyatida hayot, jamiyat, oila, tizim va nihoyat shaxs yotadi.  Falsafasiz tizim boshi berk ko'chaga, muammolar kelib chiqishiga, to'siqlarning paydo bo'lishiga, qarama-qarshiliklarning kuchayishiga va nihoyat to'qnashuvning ro'y berishiga olib keladi. Demak, falsafa salbiy jarayonlarning ro'y berishini sekinlashtiradi, iloji boricha ijobiy tomonga yurishni ta'minlaydi. Albatta, har bir inson o'z hayotiy falsafasiga ega. Hamma gap, tanlangan falsafaning darajasi qandayligiga bog'liq...

To'liq o'qish uchun...
She'riy maqom

Muallif: So'fiy-tabib shayx Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2010-09-04

Istagim  qilsam  bayon,
Holatim  sizlarga  ayon.
- - - - -
Sizda  ham bo'lur edi nafs,
Xohish,  manmanlik  illati  har  dam.

To'liq o'qish uchun...
Oxir zamon falsafasi

Muallif: So'fiy-tabib shayx Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2010-09-01

Assalomu alaykum ahli olam, bandai mo'min, donishmandi xiromon va faqiri fuqaro. Ki, man donishimdan xonish aylab ma'naviy birla masnaviyga qalam chizmak istadimki, ko'z yosh kabi to'kilmak bul siyohlar, inchunun inson dardi va dargumon dunyo haqindadir.

To'liq o'qish uchun...
Tafakkur va Tangri

Muallif: So'fiy-tabib shayx Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2010-09-01

Nursafardiy falsafasi qanday falsafa desalar, - dedim, Nursafardiyya falsafasi VATANPARVARLIK falsafasi, MILLATPARVARLIK falsafasi, XALQPARVARLIK falsafasi  va TANGRI TAOLO marhamati bilan vujudga kelgan ILOHIYOT falsafasidir...

To'liq o'qish uchun...
Taraqqiyot qurbonlari

Muallif: So'fiy-tabib shayx Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2010-08-25

Dunyoviy taraqqiyot haqida gap ketganda, biz uning tamoyillariga bir yoqlama qarashga o'rganib qolganmiz. Va mana shu bir yoqlamalik zamirining o'zida ham ba'zi muammolar ko'rinmoqdaki, bu haqda jiddiyroq o'ylab ko'rmasak bo'lmaydi...

To'liq o'qish uchun...
Nursafardiyya nima?...

Muallif: ---

Joylashtirish vaqti: 2010-07-24

So'fiylik - bu jamiyat, oila va aynan shaxsning ravnaqi, barkamolligiga to'g'ridan - to'g'ri ozuqa beruvchi manbaadir. Qanchalik esankirash va vahima bo'lmasin, ular undan najot so'rashga majburdirlar. Oxirlarining ushbu manbaani rasman tan olishlari shart emas. So'fiylik doimo maxfiylikda, inson ichki darajasi bo'lib qolaveradi...

To'liq o'qish uchun...
Hikmatimdan hikoyat

Muallif: So'fiy-tabib shayx Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2010-07-20

Man ishq izlab odamlarning ko'ngli ichra kirib chiqdim,
Shaytoni ko'p ekan anda, arosatda bilib chiqdim.

Zulmat ichra yo'qoldimman, ketarimni bilmay qayon,
Yuragimni ming parchalab, yuzlarimni yulib chiqdim.

Fano ustoz dedim bog'man, bog'bonida shafqati yo'q,
Yangi ochilgan gulmanu, xazon misol so'lib chiqdim.

Istab ezgu niyat birla, kezdim jafo sahrosini,
Mehr topmay oqibatdin, bag'rida qon to'lib chiqdim...

To'liq o'qish uchun...
Sizga nima yomonlik qildik... (Munozaraga oid muhokama)

Muallif: So'fiy-tabib shayx Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2010-07-20

Aytingchi, birodarim siz kimsiz va kimga qarshi kurashayapsiz. Biz bu siz emasmi? Siz bu biz emasmi?  Siz bilan bizning kurashimiz tom ma'noda millat millatga qarshi ma'nosini anglatmayaptimi? Siz nima istaysiz o'zi? Siz bir vatan ichra vatansiz, biz bir vatan ichra vatanmiz. Siz bir millat ichra millatsiz, biz bir millat ichra millatmiz. Bir qonmiz, bir tanmiz, bir jonmiz...

To'liq o'qish uchun...
Yalang'och keldik, yalang'och ketmaylik

Muallif: So'fiy-tabib shayx Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2010-07-20

Nursafardiy deganda ko'z oldimizga ezgulikning otashin ramzi va ilohiy olamning haqiqiy oshig'i, Haq yo'lida jonini fido qilguchi otashin shayx gavdalanadi. Derlarkim, topganini xalq birla baham ko'rdi. Ilohiy ilmlar ortidan saodat topmoq bu, buyuk baxt emasmi? Ul zot, garchi Vatan mehri ila Yurtga, xalqimizga xizmat qilib saxovat bo'stonida javlon urayotgan bo'lsalarda, yozgan misralarida ilohiy ishqqa nisbatan buyuk muhabbat nafasi ufurib turadi...

To'liq o'qish uchun...
Karomat

Muallif: ---

Joylashtirish vaqti: 2010-07-17

Nursafardiy kim?  U ilohiyotni o'ziga kasb qilgan, hujayra darajasida so'fiylik bilan sug'orilgan, kasbni ilohiy amalga aylantirgan, u dunyosi-yu, bu dunyosi bir bo'lib qolgan, xislatu- karomatga to'lgan, boqiylikda jon surgan, Haqparvarlikni shior qilgan, ilohiy ilm egasi bo'lib qolgan, borliqdagi yo'qlikda mavjud, vujuddagi vujuddir.

To'liq o'qish uchun...
Globalizm. Taraqqiyot va tafakkur doirasidagi muhim muammolar

Muallif: So’fiy-tabib shayx Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2010-07-15

Bizkim, insoniyat xili Yaratuvchimiz Haq subhonahu va taoloning  marhamati ila, oliy ong va tafakkur maqomida  dunyo tamadduniga baholi qudrat hissa qo'shdikkim, ushbu tamaddun asosining ba'zi negizlarida uning salbiy xususiyatlari ko'rinib qolmoqda. Bu holat esa, global muammolarning yuzaga kelishida  sabab bo'lgan tarzda insoniyat tafakkur tanazzulini vujudga keltirdi...

To'liq o'qish uchun...
Tafakkurimning ilohiy ilhomi

Muallif: So’fiy-tabib shayx Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2010-02-05

Ushbu ilohiy ilhomni anglamoq uchun Olloh sizga darajangizni bersin.

Agar shu hodisa ro'y bersa, sizning insoniy tafakkuringiz ilohiy tafakkurga aylanmog'i muqarrardir, inshoolloh.

To'liq o'qish uchun...
Yor istagi – ketmoq fanodan

Muallif: So’fiy-tabib shayx Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2010-02-05

Devonaliq Ishq birla bir xonaliq
Xonaliqda birga bitta donaliq

So’fiy-tabib shayx Nursafardiy

* * * * *

Ko’nglim koshonasida
zikrim binosi,
Bino peshtoqida yal-yal
qizg’ish xinosi.

To'liq o'qish uchun...
Ichki va tashqi ko’rinmas unsurlar bilan maxfiy suhbat

Muallif: So’fiy-Tabib shayx Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2010-02-04

Olamlar va butun borliqning hokimi, mavjudodlar hukumdori, yaratuvchanlik, buyrukdorlik va amaldorlikni o’z zimmasiga olgan va dunyoni beshik kabi tebratib turgan yagona ilohimiz, senga hamdu sanolar, maqtovu ijobatlar bo’lsinkim, bizni, insonni o’z xizmatingni darig’ tutmagan holda, yaratib unga jon, amal va sog’lik berding, alhamdililloh.

To'liq o'qish uchun...
Nursafardiyya, 1-kitob

Muallif: Nazrulloh Rasulzoda Kuhistoniy

Joylashtirish vaqti: 2009-10-08

Nursafardiyya so'fiyligiga ko'ra, uning ta'limotidan kelib chiqqan holda shu narsa ayon bo'ladiki tasavvuf va tabobat, ilm va amal uyg'unligi hozirgi zamon fan-texnika yutuqlari, ilmu irfon va fanning turli sohalari gullab yashnayotgan bir paytda mazkur taraqqiyotni qamrab olgan holda ularni yangi bosqichga ko'tarishga yordam beradi, rivojlanish yo'nalishlarini bashorat qiladi. Tabobat tizimida Nursafardiyya ta'limoti mizojga tayanadi. Ayrim kishilar mizoj so'zini mijoz so'zi bilan adashtirib yuborishadi. Har ikkala so'z arabcha bo'lib, mizoj temperament, xulq, tabiat, natura, kayfiyat, xislat kabi ma'nolarni anglatgan holda, mijoz biron bir musiqa, kuy va qo'shiqning doimiy shinavandasi, biron xil tansiq taomni yoxud biron bir qahvaxona, oshxona, choyxonani doimiy xo'randasi, biron bir duxtur yoki tabibga doimiy qatnaydigan patsiyentga aytiladi, ya'ni kliyent ma'nosida.

To'liq o'qish uchun...
Haqni suying, odamlar

Muallif: So'fiy-tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2009-09-07

Nafsimni o'zimga dushman bildim
Salomatlik birlaki xushman bildim

Kibrning qasrini malomat bildim
Kamtarlik kamoldir alomat bildim

Menkim haqiqatning oshiq shaydosi
Shaydolik birla mayning paydosi

To'liq o'qish uchun...
Nursafardiyya talqinida informatsion quvvatiy manbalar

Muallif: So'fiy-tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2009-09-06

Ushbu risolamizning asosiy maqsadi odamlarga ilhom, kayfiyat, xursandchilik beruvchi soxta manbalardan tashqari ular hali tafakkurida joy olmagan quvvat manbalari haqida biroz to'xtalib o'tishdir.

To'liq o'qish uchun...
Nursafardiyya tabobatiga xush kelibsiz

Muallif: - - -

Joylashtirish vaqti: 2009-09-05

Davolashdan ko'ra, organizm kasallinishining oldini olish afzal. Bu degan so'z, Sizni hech narsa bezovta qilmasa ham, har 3-5 oyda bir o'zingizni ko'rsatib, profilaktika yuzasidan dorivor o't-giyohlardan tayyorlangan damlamalarni ichib turing.

To'liq o'qish uchun...
So'fiy-tabib dorivor o't-giyohlar tizimi yoki Nursafardiyya tabobatida shifobaxsh o't-giyohlar

Muallif: So'fiy-tabib Nursafardiy, A. Kushkarov

Joylashtirish vaqti: 2009-09-04

Ushbu kitobning asosiy maqsadi shu davrgacha So'fiy tabobati, aniqrog'i, So'fiy-Tabib avlodlari tomonidan ishlatilib kelingan, lekin hali ommaga ma'lum bo'lmagan dorivor o't-giyohlar haqida dastlabki ma'lumot berishdir.

To'liq o'qish uchun...
Samoviy muhabbat

Muallif: So'fiy-tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2009-09-04

Ilohiy ilm mahsuli obod oxirat, Olloh jamoli, Haqning amri, Yaratuvchining jaloli bo'lsa, halol yumush o'shal manzilga eltuvchi charog'on yo'ldir.

Dunyo asli ko'hna bir qal'dir. Unda yashab ko'ngil olamini obod etmoq-oliy saodatdir.

To'liq o'qish uchun...
Vujudimda yashar bir vujud

Muallif: So'fiy-tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2009-09-03

Insonning iloh quvvatiga yaqinlashishi yoki uzoqlashishi ushbu unsurlarga muayyan darajada mos kelgan holatda, ular shaxsni iloh quvvati ila u yoki bu darajaga ko'taradi yoxud undan uzoqlashtirib, mahrum etadi. Alloh insonga etti tana berib qo'yganligi haqida Qur'oni karimda aniq ma'lumotlar mavjuddir.

To'liq o'qish uchun...
Zo'rmergan - engilmas ilohiy jangchi

Muallif: So'fiy-tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2009-09-03

Raqsga hamma tushaverganidek, tevalashishga ham hamma qodir, ammo ikkalasining ham o'z mutaxassisi bo'lgani ma'qul...

Ushbu kitobimni Markaziy Osiyo hududida ilk bor jang tizimini mukammal darajaga etkazgan Xoliqul (Zo'rmergan)ga va uning yo'lini o'z hayot tarzi sifatida tanlagan yoshlarimizga bag'ishlayman.

To'liq o'qish uchun...
Zo'rmergan - ilohiy harakatlar ustasi

Muallif: So'fiy-tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2009-09-02

Ulug'lar va donolarning ismlarini doimo o'zimizga yaqin tutishga harakat qilamiz, hatto ularning ismi bilan farzandlarimizni nomlaymiz. Ilohdan ularga uzoq umr, g'ayrat-shijoat va baxt tilaymiz.

To'g'ri harakatsiz va nafassiz, faqat fikr bobi bilan shaytoniy quvvatga qarshi kurashib bo'lmaydi.

To'liq o'qish uchun...
So'fiy jang san'atiga kirish

Muallif: Ulug' zo'r-so'fiy

Joylashtirish vaqti: 2009-09-01

Olomonga chiqmasdan donishmand bo'laman, jangga chiqmasdan jangchi bo'laman.

So'fiy jang san'ati iloxiy ilmga asoslangan mukammal insonning jang tizimi bo'lib, undagi tayanch tamoillar  so'fiylik bilan chambarchas bog'liq.

To'liq o'qish uchun...
So'fiy jang tizimlari

Muallif: Sh. Axmurodov (Yosh zo'r-so'fiy)

Joylashtirish vaqti: 2009-09-01

Biz anchadan beri so'z yuritayotgan xabar ko'pchilikni xayratda qoldirsa, ayrimlarda ishonchsizlik yoki xasankirash paydo qilmoqda. Bu hol, albatta, hozirgi zamon sharoiti bilan bog'lasak - tabiiydir. Faqat biz aytmoqchi bo'lgan narsani siyosatga, ideologiyaga  va biryoqlamalikga bog'lash kerak emas, bu oddiygina mukammallik  tizimlaridan biri, xolos.
 
Shunday qilib, so'fiy jang tizimlari 3 darajaga yoki 3 yo'nalishga bo'linadi.

Bular:
So'fiy jang san'ati.
So'fiy jangovor olishuvi.
So'fiy jangovor jangi.

To'liq o'qish uchun...
So'fiy (musulmon) jang san'ati usullari

Muallif: So'fiy-tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2009-08-30

Jang qilishga o'rganish mushkul ish emas, hamma gap bu jarayonning tarixida, falsafasida va mohiyatida qanday chuqur ma'nolar yotishidadir.

Uyg'ur, do'ngon, xuan xalqlarining islomga kirishi ushbu iboraning yanada mustahkamlanishiga olib keldi. Chunki bu xalqlar tarixan kuchli jang san'atiga ega edi. Ular Xitoydagi Xan aholisiga jangovar tizimlarni o'rgatib kelardi.

To'liq o'qish uchun...
So'fiy jang san'atiga chuqur falsafiy nazar va uning amaliyoti

Muallif: So'fiy-tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2009-08-30

Jangni yaxshi biladigan, o'zini engilmas qila olgan, demak raqibni engilishga majbur qila olgan.

Engilmaslik odamning o'ziga bog'liq, engish raqibga bog'liq.

Yaxshi jang qiladigan o'zini engilmas qiladi va raqibni engilishga majbur qiladi.

To'liq o'qish uchun...
Dildagi vujud nidolari

Muallif: So'fiy-tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2009-08-30

So'fiy ilgarilagan darajada sustlikni - holat, faollikni - hol maqomiga etkazishga ulguradi, ya'ni ichki quvvatni saqlagan holda faqat lozim topilgan paytdagina uni qo'llay olmaydi.

To'liq o'qish uchun...
Komillik istar kangul

Muallif: So'fiy-tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2009-08-30

Bizkim shunday zaminda tug'ilmoq baxtiga mayassar bo'ldikkim, aning har qarich tufrog'idan ulug' avliyolarning nafasi ufurib Turgay. Inshoolloh, buyuk ajdodlar tafakkurida ilohiy ilhom bo'lib tarix zarvaraqlariga bitilgan oliy hikmat, javohir falsafalardan o'rnak olgaymiz. Maqsadkim, biz ham fano burjining bir nafaslik umrini g'animat bilgan holda ularning pok qadamlariga javonmardlik istagi birla qadam qo'ygaymiz.

To'liq o'qish uchun...
Dardim qo'zg'ar gunohim, davo unga borliqdagi holim

Muallif: So'fiy-tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2009-08-29

O, Tangrim! Ki men ishqingda mastu devona, fano burjining vaqti nafasiyotida yuragim urar ekan, umrim poyoniga qadar bul shaydo hissiyotdan meni benasib etmagil. Men kim, shul qadar o'zligimdan o'zib ketdimki, istaymanki, ortimda qolib ketgan vujudimga qaytmasam:

Men seni dedim, manga vujud na kerak,
Ki sensiz sarob atalmish mavjud na kerak.

To'liq o'qish uchun...
Nasihatlik so'zim bor

Muallif: So'fiy-tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2009-08-28

Ey farzand, bilgilki, aqlli inson tafakkurini charxlab ilm birla mashg'ul bo'lur, hargiz dunyo ilkiga mehr qo'ymas. Bul maydonning sen olayotgan nafasingchalik qimmatli va g'animat mahsuli yo'qdir. Sen hidoyat sari borib, saodatni baqodan izla, ki abadiyat saltanati sening nafasingdagi ibodatning shodasida hosil bo'lur.

To'liq o'qish uchun...
Turkiylar uyg'onish zikri va jangovar raqsu samo'

Muallif: So'fiy-tabib Nursafardiy, Far zo'r so'fiy

Joylashtirish vaqti: 2009-08-28

Turkiy xalqlar tarixiga nazar tashlasak, undagi lingvistik, etnografik, milliylik, urf-odatlar rang-barangligiga hayratlanmasdan hech iloji yo'q. Bu xalqlar ichida shamanliklardan tortib, Lotin Amerikasida yashovchilarda hali olimlar tomonidan o'rganilmagan diniy marosimlar mavjuddir. Aynan ushbu holat bizni ayrim fundamental masalalarga qiziqishimizga sabab bo'ldi.

To'liq o'qish uchun...
Dil javhari

Muallif: So'fiy-tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2009-08-27

Ey, farzand!

Gar mukammallik istab tasavvuf olamida Nursafardiyya tariqat maktabiga qadam qo'ymoq istabsen, Alloh taolo yuzingni yorug' etguvchi ushbu komillik yo'lida Inshooloh saodat topgaysen.

To'liq o'qish uchun...
So'fiy tabobatida shakli daryoga asoslangan quvvatiy markazlar

Muallif: So'fiy-tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2009-08-27

Nursafardiyya so'fiylik yo'lidagi falsafada o'n to'rt shakli daryoli shakli dengiz - mukammallik ilmi sifatida ta'riflanadi. Undagi 33 turdagi maxfiy ilmlardan biri so'fiy tabobatida ham qo'llaniladi. Ushbu ta'limotga binoan odam tanasida o'n to'rtta ichki quvvat markazlari mavjud. Bu quvvat markazlari ham ijobiy, ham salbiy xabarlarni o'zida jamlash, saqlash va amaliyotga qo'llash xususiyatiga ega.

To'liq o'qish uchun...
So'fiy zikriyoti va Nursafardiyya

Muallif: So'fiy-tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2009-08-27

Zikr - qalb javhari, ruhiyat oynasi, vujud rohati, istakning shiddatidir. Zikrning tomiri quvvat, tanasi - muhabbat, mevasi - rohatdir. Zikr daraxti qish, bahor, yozu kuzni bilmay meva beraveradi. Uning azaliy va abadiy bog'i botindadir. Gar botin ko'zi ochilmas, Haq zikri unga sig'masdir.

To'liq o'qish uchun...
An'anaviy milliy qadriyatlar va «Qatron» so'fiy barkamollik maktabi

Muallif: So'fiy-tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2009-08-27

So'fiy - tasavvuf olamida ruhiyatni cheksiz xilqat bilan bog'lovchi shaxs. Demakkim, ko'proq ruhiyat, tafakkur bilan shug'ullangan odam haqiqiy barkamoldir. So'fiy tasavvuf olamining quyoshidir, ki u o'z hikmatli nurlari bilan qalblarni yoritib turadi. «Qatron» so'fiy barkamollik maktabining asl maqsadi ham ilmga tashna ko'ngillarni ilm bulog'i bilan sug'orishdir. Ilmga intiling. Ilm - saodatdir.

To'liq o'qish uchun...
Qatron so'fiy barkamollik maktabi

Muallif: D.S. Tursunova, U.S. Kushkarov

Joylashtirish vaqti: 2009-08-27

Jang san'ati kishi ongini mashq qildiradi. U bilan shug'ullangan kishida fikrni bir joyga jamlash, ichki quvvatni kuchaytirish, butun jismni junbushga keltirish, hushyorlik va chaqqonlik kabi ruhiy holatlar bo'ladi. Jang san'atining sir-asrorlarini to'liq egallagan odam o'zidan kuchli energetik quvvat paydo qilishdek mahoratni egallaydi.

To'liq o'qish uchun...
So'fiy orastaligi va Nursafardiyya

Muallif: N. Kuhistoniy, D. Tursunova

Joylashtirish vaqti: 2009-08-27

«Orostalik» so'zining zamiridan insonni tashqi ko'rinishi, uning rangu ro'yi, chehrasi, hozirgi zamonaviy atama bilan aytganda uning imiji, uning so'zlashuvidagi orostaligi, odamlar bilan munosabat o'rnata olish mahorati kabi tushunchalarni axtarish kerak bo'ladi.

To'liq o'qish uchun...
So'fiy tabobatiga chuqur nazar yoki Qo'chqor mulla-tabib mulohazalari

Muallif: A. Kushkarov

Joylashtirish vaqti: 2009-08-26

Ruhiy olam juda boy va sirlidir. Uni bilish, sezish va nihoyat, unga kirib borish ilohiy axborot darajasida sayr qilgan holda, yangidan-yangi ilm cho'qqilarini zabt etmoq bilan barobardir. Borliqda o'tib ketgan ota-obolarimiz, ajdodlarimiz ruhlaridagi ijobiy xabarlar biz uchun tuganmas irfoniy bilim manbai bo'lib xizmat qilgusi.

To'liq o'qish uchun...
Ajdodlar umidi, 2-kitob

Muallif: Sh. Ahrorov

Joylashtirish vaqti: 2009-08-26

Ushbu kamtargina qissamiz shayx Nursafardiyning hayot yo'lining ikkinchi qismidir. Nasib etsa, uning mo''jizalarga boy ilohiy karomatlari haqida kitobimizning keyingi sonlarida bayon etamiz, inshoolloh.

To'liq o'qish uchun...
Ajdodlar umidi, 1-kitob

Muallif: Sh. Ahrorov

Joylashtirish vaqti: 2009-08-26

Dunyoi-dunda mehmon kimu mezbon kim. Barcha jonzod kabi odamizod xili omonat makonda mehmon erur. Yaratgan Alloh sirli saltanatga o'zi keltiradi, o'zi kuzatadi. Bu olam mehmonxona. Unda Allohning barcha nozu-nematlari mavjud. Gap undan oqilona foydalanib, xayo-ibo va oriyat bilan «tanovvul» qilishda. Mehmonxona ataganimiz bu «saroy» ning «dasturxon» ida ilmu-irfon, tafakkur gulshanlari borki, undan komil insonlargina donishmandlik javoxirini teradilar. Bu saltanat ichra shunday insonlar borki, ularning pok qadamlaridan nur yog'iladi.

To'liq o'qish uchun...
Nursafardiyya harakatlar tizimida o'zbek milliy raqslari va jangovar o'yinlari

Muallif: R. Karimova, F. Sobirova

Joylashtirish vaqti: 2009-08-26

Raqs harakatlarining har bir maktabga xosligini saqlash, ular asosida raqs syuitalari yaratish muhm masaladir. Yu.Ismatova tarixiy kitoblarni o'qib raqs spektakllari yaratmoqda. «O'zbekiston», «Baxor» va boshqa ko'plab ansambllar, O'zbekiston xalq artistlari Q.Mirkarimova, Q.Mo'minov, M.Ergasheva va boshqalar ko'plab yangi-yangi raqslar yaratishmoqda.

To'liq o'qish uchun...
Tabobat mo''jizasi

Muallif: Sh. Ahrorov

Joylashtirish vaqti: 2009-08-26

So'fiy tabobati deganda biz, avvalo, tabiblarni esga olamiz. O'tmishda bu sohada ma'lum va mashhur kishilar o'z ilmlari ila dong taratganlar. So'fiy tabobatining mohiyati inson vujudini toza va sog'lom saqlashdir. Uning zamirida ilohiyot yotadi. Ya'ni bemor inson sog'ligidan nolib, tabib huzuriga kelarkan, dastavval undan ilohiy quvvat oladi.

To'liq o'qish uchun...
So'fiy she'riyati

Muallif: S. Kushkarov

Joylashtirish vaqti: 2009-08-26

She'rning mazmun mohiyati insonning eng yuqori kamolot darajasiga etganidan so'ng Allohga qul emas, ya'ni do'st sifatida o'zni namoyon etib unga qo'shilib ketish ma'nosini anglatadi. Qur'oni karimda ham «Valikulin Darajatun mimma amiluf» deyilgan. Alloh deydiki, o'z darajangizni izlang. So'fiy na shu daraja haqida qayg'uradi, riyozat chekadi.

To'liq o'qish uchun...
So'fiy nafasiyoti

Muallif: S. Kushkarov

Joylashtirish vaqti: 2009-08-25

Nafas olish va chiqarish bilan dardu-xastaliklarni, og'rig'u-noqulaylikni, qiyinchiligu-omadsizlikni engishga o'rganing.

To'liq o'qish uchun...
So'fiy gimnastikasi

Muallif: Kushkarova Sh.

Joylashtirish vaqti: 2009-08-24

Badaninga bir harakatni takrorlash evaziga singdirishni odat qilma, organizmingni shunday tarbiyalaki, u takrorlanmas harakatlar tug'dirsin. Iloxiy - zikriy holatlar yaratishdan tolma.

To'liq o'qish uchun...
Umumbashariy taraqqiyot va global muammolar

Muallif: So'fiy-tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2009-08-23

Ushbu ilmiy-ommabop risolada so'fiy-tabib shayx Nursafardiyning Tangri, Olam va Odam haqidagi hikmat xazinasidan bahramand bo'lish bilan birga global muammolarni mukammallik orqali hal etish haqidagi falsafiy-diniy qarashlari bilan tanishar ekansiz, uning teran asoslari insonni fikrlashga undaydi. Ilohiy g'oyalari tafakkur tarbiyasini yuksaltirishga, komillik cho'qqilariga ko'tarilishiga xizmat qiladi. Ilohiy tamoyillarga asoslangan ulug' falsafa o'zlikni anglashga, Tangrini yod olishga, mukammallik va komillik sarhadlariga yuz burishga chorlaydi.

To'liq o'qish uchun...
So'fiy tabobati

Muallif: A. Kushkarov

Joylashtirish vaqti: 2009-08-19

Bir odam Masih bilan sayr qilib yurgan ekan, bir nechta suyakka ko'zib tushib qolibdi. U Masihdan o'likni tiriltirishni o'rgatishini so'rabdi.

Masih aytibdi: «Bu ish sizga to'g'ri kelmaydi. Siz o'zingizning sog'lig'ingizga yaxshi qaray olmaysiz-ku, birovlarga ta'sir etmoqqa qiziqib yuribsiz».

To'liq o'qish uchun...
So'fiy jang san'ati

Muallif: Kushkarov S.N., Kushkarov U.S.

Joylashtirish vaqti: 2009-08-16

Iskandar Zulqarnayndan so'rashbdi: «Qanday qilib yosh bo'lsangiz ham shuncha joyni bosib olib, katta saltanatga ega bo'ldingiz?»

U javob berdi: «Eng yomon dushmanlarimni ham yonimga oldim, ularga yaxshilik qildim va orada do'stlik rishtalarini bog'lashga muvaffaq bo'ldim».

To'liq o'qish uchun...
O'zlikni anglash hiyoboni

Muallif: Nursafardiy, K. Avaz

Joylashtirish vaqti: 2009-08-14

- Vale, javhar ham o'z holicha go'zal emas, qay tarafidan nur tushishiga bog'liq. Ana shu nur sabab javohir qirralari jilolanib, odamni o'ziga maftun etadi. So'z ham ana shunday ma'ni nuri ila muzayyan bo'lsagina go'zal ifodaga aylanadi. Va yana So'z iborasi siyosiy ahamiyatga molikligi bilan ham beyikdir, negakim, oliy farmonlaru farmoyishlar «... Amir Temur ko'rogon so'zimiz...», deb boshlanashidayoq, o'zbek davlatchiligining rasmiy hujjat darajasiga ko'tariladi.

To'liq o'qish uchun...
Nursafardiyya tafakkur tarbiyasi

Muallif: So'fiy-tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2009-08-11

Nursafardiyya maktabining mohiyati nadur? Uning kechgani fano, intilgani baqodir. Vujudda ruh zohirkim fursat maydonida fano burjidan baqo abadiyatiga qadar shiori Haq yo'lida haqparvar, xalq yo'lidagi xalqparvarlikdir.

To'liq o'qish uchun...
So'fiylik Nursafardiyya talqinida

Muallif: So'fiy-tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2009-08-08

So'fiylar dunyoni bir lahzalik to'xtash joyi deya his qilib, undan yuz o'girgan holda, asosiy hayot, ya'ni baqo hayotidan najot izlaydilar. So'fiylikning, tasavvufning «najoti ruh», ya'ni «ruhning qutqarilishi» g'oyasi ham aynan Haq bilan bir bo'lib, qo'shilib ketish jarayonida sodir bo'ladi.

To'liq o'qish uchun...
Mukammallik sari 14 qadam

Muallif: Nursafardiyya ta'limotidan

Joylashtirish vaqti: 2009-08-05

Nursafardiyyaning asl maqsadi mukammallik, mukammallik va yana mukammallikdir.

Xo'sh, mukammallikning o'zi nima? Unga qanday erishish mumkin?

To'liq o'qish uchun...
Nursafardiyyada murshid-murid munosabatlari

Muallif: Nursafardiyya ta'limotidan

Joylashtirish vaqti: 2009-08-02

O'z kelajagida mukammallik sarhadlarini his qila olgan kishi, biror kishini o'ziga ustoz tanlashi tabiiy va shartdir. Biror kasbni yoki, bilimni egallamoqchi bo'lgan har bir kishi ustoz murabbiy rahnamoligisiz to'liq tushunchaga, malakaga ega bo'la olmasligi ma'lum.

To'liq o'qish uchun...
Nursafardiyya va jamiyat

Muallif: Nursafardiyya ta'limotidan

Joylashtirish vaqti: 2009-07-28

Har qanday jamiyat borki, u bir-biridan keskin farq qilishi mumkin. Bu albatta o'sha millatning kelib chiqishi, qoni, udumlari, shakli-shamoyiliga bog'liq. Tarixga nazar tashlaydigan bo'lsak, Allohning nazari tushgan jannatmakon o'lkamiz azal-azaldan ilmu-irfon pirlari, nodir va noyob avliyolar maskani bo'lganligi bilan ajralib turadi.

To'liq o'qish uchun...
Nursafardiyya odobidan

Muallif: So'fiy-tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2009-07-23

Nursafardiyya tariqatining amallar dasturi o'ta mukammal bo'lsa-da, u o'zining ilohiy g'oyalarini nazariy jihatdan kamtarona soddalik bilan zamona tili orqali bayon etadi. Zero, kamtarona so'zlar o'quvchi tafakkuriga tez ta'sir qiladi. Va tushunmog'i oson kechadi. Sababkim, tasavvuf olami asrlar osha sukut saqlab qayta ko'z ochgani bois, uning buyuk g'oyalari xalqimiz uchun hali mutlaq yangilikdir. Zero, tasavvuf o'ta murakkab xilqatdir. Unga bosqichma-bosqich kirib borilmasa, murod hosil bo'lmagay. Alloh irodasi birla biz ham buyuk tariqatlar yo'lidan borguvchimiz, inshoolloh.

To'liq o'qish uchun...
Nursafardiyya mohiyati

Muallif: Nursafardiyya amaliyotidan

Joylashtirish vaqti: 2009-07-21

Ilohiy ilm manbaini Allohdan quvvat topmoqlik tashkil etur. Bu esa ma'lum bir din, tariqat, ma'rifat va haqiqat yo'lini munosib bosib o'tgan murshidning Haq birla sirlashuv jarayonida ma'lum bo'ladi. Ilohiy ilmning ma'lum bir nuqtasini asosan ilmi laduniy doirasidagi ilohiyotga singib ketgan shaxs orqali kuzaturmiz. Ya'ni, moddiylikdan mohiyatga o'tgan ilmu irfon sohibi o'z ilmi darajasida ilohiy mo'jiza ko'rsatish qobiliyatiga ega bo'ladi.

To'liq o'qish uchun...
Nursafardiyya ilohiy falsafasi

Muallif: Nursafardiyya ta'limotidan

Joylashtirish vaqti: 2009-07-18

Nursafardiyya falsafasining asosini jismoniy mukammallik, tafakkur mukammalligi va ilohiy - quvvatiy mukammallik tashkil etadi, yanada aniqroq qilib aytganda, shaxs amaliyotida ro'y beradigan haraktiyot, nafasiyot va zikriyot mukammalligidir.

To'liq o'qish uchun...
Nursafardiyya maktabi nima?

Muallif: Nursafardiyya amaliyotidan

Joylashtirish vaqti: 2009-07-17

Tasavvuf olamida so'fiylarning o'rni beqiyos ekanligi barchaga ma'lum. Ularning ilmu irfonda qarashlari turlicha bo'lsa-da, maqsadlari bir, ya'ni Alloh ishqida yonib, yaratgandan quvvat izlab, uning vasliga intilmoqdir. Aksariyat so'fiylar ilohiy ilmlar asosida o'z tariqatlariga asos solganlarki, bu borada Yassaviya, Naqshbandiya, Kubraviya, Suxravardiya, Chishtiya, Qodiriya tariqatlarini misol qilib keltirish mumkin.

To'liq o'qish uchun...
Nursafardiyya haqida haqiqatlar, 2-kitob

Muallif: Shokir Ahrorov

Joylashtirish vaqti: 2009-07-16

Koinotning Alloh taolo buyurgan ma'lum qoidalari mavjud. U ma'lum muddat, ma'lum vaqtda o'zgarib turadi. Biz yuqorida aytgan javohirlardan biri bizning ona zaminimizdir. Bu zamin shunday yaralganki, cheksiz koinot qo'ynida u go'yo Odam atoning ko'z yoshiday bir tomchi misol muallaqdir.

To'liq o'qish uchun...
Nursafardiyya haqida haqiqatlar, 1-kitob

Muallif: Shokir Ahrorov

Joylashtirish vaqti: 2009-07-14

Tasavvufning faqatgina tarixda muxrlanib qolishi davomiy tariqatlarning, ezgulikka yo'g'rilgan bunday tariqatlar ichida ilohiy falsafalarning qayta ro'yobga chiqmasligi, jamiyatdagi kishilarni Haqparvarlik, xalqparvarlik, javonmardlik, Vatanga fidoyilik, sahovat, oqillik, odob-axloq, insoniylik burchlarini, dunyoviy va ilohiy e'tiqodlarini, sifatlarini targ'ib etib, ularni mukamallikka, komillikka undamaslik buyuk avliyolar, allomalar oldida hamisha qarzdorligimizni bildirib turadi.

To'liq o'qish uchun...

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA