TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Nursafardiyya mohiyati

 

Mehribon va rahmdil Alloh nomi bilan boshlayman.

Ilohiy ilm nima?

Ilohiy ilm – ilmi laduniy jabhalarida o‘z darajasiga erishgan piru murshid, shyxu ulamo nazdida namoyon bo‘ladi. Ul ilm Parvardigoro va subhonaka va taoloning hoxish irodasi birla, ul zotning suyukli bandasiga ato etiladi.

Allohning suyukli bandalari qanday toifa kishilardir?

Ul kim, Haq yo‘lida haqparvar bo‘lib, omonat olamning buzg¢unchi qiliqlaridan xazar qilgan, oxirat kuni Alloh oldida yuzini nur kabi yorug¢ etuvchi iymon, e’tiqod etagidan tutgan, bu sinov maydonining barcha amallariga munosib va mardona turib bergan, mashaqqat maydonida riyozat izlagan, Haq ishqida yongan xos kishilardir.

Inshoolloh, bu kabi insonlar ya’ni, ilmu irfon sohiblari mavjudki, necha ming olam Allohning ilohiy quvvati birla mo‘tadil bir holatni muntazam va muallaq tutib turmog¢ini tan olur va Haq taoloning ilohiy mo‘jizasiga hamdu sano aytur.

Olam yaratilgandan buyon, ma’lum bir din shakllanmasdan burun ham, zamin atalmish kurrai fanoda ilohiyot quvvati mavjuddir. Olamning paydo bo‘lishi sababi – mutlaq kuch va quvvat egasi bo‘lmish yagona va buyuk Allohning irodasi bilan bog¢liq. Fan va taraqqiyot nazariyasi bilan koinotning tutgan o‘rnini tahlil qiladigan bo‘lsak, g¢aroyib bir holatda Allohning bunday mo‘jizasiga lol qolurmiz. Albatta, ulkan galaktikalar, yorqin sayyoralar, qolaversa, zamin atalmish hayot manbai o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmagan. Uni boshqarib, me’yorida tutib turguvchi mutlaq kuch mavjuddir. Ana shu mutloq kuch manbai, Alloh quvvatidir.

Subhonaka va taolo odamizod xilini jannatga munosib bilib, Odam ato va Momo havoga, ya’ni, boshlang¢ich tavakkur egalariga shafoat qilib, abadiy xuzur-halovat marhamat etmish. Taasuf qilurlarkim, ul ajdodlarimiz Jannatning Alloh taolo buyurmagan mevalaridan tatib, bir-birlariga mehr qo‘yganlaridan so‘ng, bul bo‘stondan quvilmishlar. Ana shundan buyon odamzod gunoh va savob orasida turur. Ana shundan buyon bu nihoyasi mavjud umri ummonda aqli donolar ilohiyot izlab Alloh marhamatiga musharraf bo‘lsalar, ba’zilar tafakkur bo‘stonida o’zligini topolmay, buyuk ne’matlar ta’midan mosuvo bo‘lib, gunoh yo‘lida yururlar.

Ilohiy ilm manbaini Allohdan quvvat topmoqlik tashkil etur. Bu esa ma’lum bir din, tariqat, ma’rifat va haqiqat yo’lini munosib bosib o‘tgan murshidning Haq birla sirlashuvi jarayonida ma’lum bo‘ladi. Ilohiy limning ma’lum bir nuqtasini asosan ilmi laduniy doirasidagi ilohiyotga singib ketgan shaxs orqali kuzaturmiz. Ya’ni, moddiylikdan mohiyatga o‘tgan ilmu irfon sohibi o‘z ilmi darajasida ilohiy mo‘jiza ko‘rsatish qobiliyatiga ega bo‘ladi.

Xo‘sh, mohiyatdagi odam moddiy qarashlardan qay yo‘sinda kechadi? Yoki, holatdan holga o‘tmoq jarayoni qanday sodir bo‘ladi?

Nursafardiya ta’limoti bunday “o‘tish” jarayonini ilohiyotning mutlaq va asosiy negizi bo‘lmish – zikrga qaratadi. Zikr – Allohni eslash, sog¢lom ong, teran tafakkur ila fikrni jamlab, butun borlig¢ini Haq taologa qaratib, undan quvvat izlash, shu barobarida o‘z atrofida immun tizimi – qo‘rg¢on yaratish, kezi kelganda salbiy kuchlarga ma‘lum quvvat birla munosib qarshilik ko’sata olishdir.

Shu narsa ayonki, Allohning marhamatiga musharraf b‘lmoq, uning quvvatini vujudda zoxir etmoq, o‘ta mushkul vazifadur. Buning uchun insonning iymoni – shariatni, ilmi – tariqatni, tafakkuri – ma’rifatni va quvvati – haqiqatni anglamog¢i darkordir.

Ilohiy ilmni qalbda jo aylamoq fursatini anglagan kishi, birinchi galda nafsoniyatdan kechib, tarixiy ilmlarga nazar soladi Hozirgi zamon e’tiqod sarchashmalari faqat tarixiy ilmlar asosidagina ilohiy ilm etagidan tutish imkoniyatiga egadur. Azal-azaldan ilmu irfon yo‘lida yurgan buyuk bobokalonlarimizning ilohiyot olamida quvvat topib, Haq subhonahu va taolo birla sirlashganlari ilmu adabiyotlardan ma’lumdir.

Tarixiy ilmlar negizini tashkil etuvchi ota-bobolarimiz merosi, ya’ni, ilohiyot ilmining yuqori ko‘rinishi asosn so‘fiyona qarashlarda namoyon bo‘la boshlagan.

So‘fiylik nadur?

U, Haq yo‘lida yurgan, pok iymonli, sof e’tiqodli, ilmu ilohiyot darajasi o‘z ongiga sig¢magan mard kishidur. Ul kishi Alloh yo‘lida hech bir mashaqqatdan cho‘chimagay. Moddiy ahvolni azobga qo‘yib, mohiyatdan xuzur izlagan, Yaratganning haqiqiy oshig‘idur.

Turli davrlarda so‘fiylarga nisbatan turlicha qarashlar mavjud bo‘lgan. Bir zamonlar, so‘fiylar izzat-ikrom, hurmat topgan bo‘lsalar, yana bir zamon ular ongidagi ilohiy ilm noto‘g¢ri talqin etilib, ta’qibga duchor etilib, qatl qilingan. So’fiylarga bir yoqlama qarash noto‘g¢ridir. Ular tafakkur bobida butun rihiyatlarini Allohga qaratsalar, jismoniy jihatdan bor kuchlarini faqat ezgulikka baxshida etmishlar. Ma’lum sabablarga binoan bir necha muddatga tarixiy ilohiyot ilmining unutilganu bois, yangi avlod shuurida so‘fiy tushunchasi birmuncha erish tuylmog¢i tabiiy holdir. Ammo uning mohiyatini chuqur o‘rgangan kishida, so‘fiy – Allohning haqiqiy mo‘jizasi ekanligiga shubha qolmagay, inshoolloh.

Nursafardiya tariqati, haqiqiy so‘fiylik olamidur. Uning mohiyatini, ilohiy va tarixiy ilmlarga asoslangan holda ilohiy amaliyot yaratish va uni hayotga tadbiq etishni tashkil qiladi. Bu holat o‘z-o‘zidan ilohiy va nazariy ilmlarning ilohiy amaliyot jarayoniga o‘tishi ko‘rinishida namoyon bo‘lur.

Birinchidan, shaxsni erkinlik va ezgulikka chorlash. Ruhan erkin kishi ijobiy quvvat ta’sirida bo‘lib, ezgulikka oshno bo‘ladi. Bu holat o‘z-o‘zidan e’tiqod eshigini ochib, tafakkur negizi – yagona Allohga qaratiladi. Lekin, Alloh bilan bandasi orasidagi masofa o‘ta yiroqdir. Ilmu irfon nazariyasi bilan Haqni tanigan zot, o‘lim ostonasiga qadam qo‘yguncha butun vujudi birla unga intiladi.

O‘lim nadur?

O‘lim – abadiyat bilan fano orasidagi bir eshik. Fano bir bo‘lsa, baqo ikkidir. Fano bu, sinov maydoni. Baqoning esa ikki yo‘li mavjud. O‘lim eshigi orqali abadiyatga o‘tgan banda, fano burjida qilgan savob, yohud gunohiga qarab ma’lum ikki yo‘lning biriga tushib qoladi. Biri Jannat yo‘li bo‘lsa, biri Do‘zax yo‘lidir. Iymon keltiring.

Allohdan quvvat topib, unga singib ketish esa, Jannatlarning Jannatidir. Bu yo‘lda cheksiz mashaqqat talab etilib, banda fano lazzatidan kechmog¢i lozim bo‘ladi. Kishi ilohiy olamga tarixiy ilmlarsiz kira olmaydi. Aziz avliyolar ilmini puxta o‘rganib, Xaqning quvvati birla ilohiy amal yaratish va uni hayotga tadbiq etish, yosh avlodni sog¢lom fikrli, jismonan baquvvat, ruhan tetik, mukammal shaxs, komil inson qilib tarbiyalash, Nursafardiya mohiyatidagi birinchi maqsaddir.

Ilmga qiziqmagan kishi bo‘m-bo‘sh idishdir. Idish bir kuningizga yaramasa, undan ne naf. Siz uni ilm bulog¢iga botiring. Masalan, kosani suvga to‘ldirgach, suv yuzida o‘z aksingizni ko‘rasiz. Siz xushro‘ymisiz, yohud… Shunday ekan, “bo‘sh idish”ni ilm birla to‘ldirsangiz unda o‘zligingizni ko‘rasiz, butun olamni taniysiz, savob bilan gunohni ajratasiz, eng muhini Haq yo‘lida yurib, chinakkam komilikka erishasiz. Mana sizga ilmning kuchi. Bu birinchi bosqich.

Ikkinchi bosqichda siz, mashaqqat birla puxta egallangan ilohiy ilmni hayotga tadbiq etasiz. Ilohiy quvvat sohibi, haqiqiy mo‘jiza yaratuvchidir. Bu mukammallik belgisu bo‘lmay, aynan mukammallikning o‘zidir.

Ilohiy ilm tarixdan bizgacha ham mavjud. Bu ilm orqali ma’lum shaxslarning avliyolik darajasiga ko‘tarilgani bois, yangi avlod vakillari ularning amallariga lol qoladilar. Ular hayotlik davrlarida ilohiy mo‘jizalar ko‘rsatib, ommani Haq yo‘liga chorlaganlar. Ya’ni o‘sha zamon ilmu irfon sohiblari ma’lum quvvatda o‘z darajalariga ega bo‘lganlar. Ayni davrda bunday aziz Avliyolar tarixda abadiy muhrlanib, Allohning tengsiz marhamatiga musharraf bo‘lgan zotlardir.

Diqatga sazovar joyi shundaki, xozirgi davrda ham tarixiy, ilmi laduniy bilimlarni qalbida, tafakkurida, borlig‘ida jo aylab, Haq irodasi birla undan quvvat topgan tirik Avliyolar ham yo‘q emas. Ularning yaratgan ilmlarini e’tiborga olmaslik, o‘z darajalarini bermaslik, faqat tarixiy shaxslar ilmini o‘rganish bilan cheklanish, jamiyatning, insoniyatning rivojlanishini susaytiradi va ilohiy ilmlarning yo‘qolib ketishiga sabab bo‘ladi.

O‘z-o‘zidan savol tug¢iladi:

Xo‘sh, tarixiy Avliyolar, yohud xozirgi davr ilmu irfon sohiblari qay yo‘sinda ilohiy quvvatga erishganlar?

Y’ani, tarixiy Avliyolar birinchi galda ilohiy quvvat asosida Tangri bergan ilm bilan o‘z dasturlarini ishlab chiqqanlar. Bu asosan ezgulik va ilohiyotning mashaqqatli yo‘lidir. Tabiiyki, bu yo‘ldan har kim ham bora olmagan. Cheksiz mashaqqatning hosilasi esa o‘z-o‘zidan Haqning quvvatiga ulanishdir.

Bizning mohiyatimizcha, Oliy quvvatga etishmoqning sakkiz yo‘li mavjud. Bu sakkiz usul, nazariy, ilmi laduniy qarashlardir. Amaliyotda “Mukammallik sari o‘n to‘rt qadam” usuli mavjudki, bu holat so‘fiy nazariyasini tadbiq etish, ya’ni uni amalda qo‘llashni nazarda tutadi. Bu haqda keyinroq fikr yuritamiz.

Ilmi laduniy olamiga kirmoqlik, avvalo Haq taoloning hoxish irodasiga bog¢liq. Chunki bu ilmni ilmi-Tangriy, ya’ni Alloh bergan ilm deydilar. Aslida, ilohiy ilmga o‘qimasdan, ilm o‘rganmasdan ham erishish mumkin. Suygan bandasining ko‘ngliga Allohning o‘zi ilohiy quvvat beradi. Albatta, bunday holat har kimga ham nasib etavermaydi.

Bizning mohiyat sakkiz ustundan iborat dedik. U nimadan iborat va qanday ko‘rinishga ega?

Farzand onadan tug¢ilganida o‘ta beg¢ubor, dunyoning chirkin odatlaridan holi bo‘ladi. U ulg¢aya boshlagani sari hoxlaymizmi-yo‘qmi, turli muammolarga duch keladi. Uning qay yo‘ldan borishi birinchi navbatda oila tarbiyasiga bog¢liq. Aqlini tanigan bola dunyoni o‘zicha kashf qila boshlaydi.

Demak, birinchi ustun:

Borliq va o‘zlikni anglash

Borliq azaldan mavjuddir. Garchi umr qisqa bo‘lsada, inson ham shu borliq bilan hamnafas. Alloh borliqni sinov maydoni qilib yaratdi. Bandasiga oily ong nasib etdi. Bu olamni fano demishlar, ammo fano atalmish qisqa fursatda inson xili – aynan oily ohg sohiblari ikki turga bo‘linadilar.

  • Birinchi toifa - olamni ko‘z bilan ko‘radilar. Ular, Haqdan yiroqlashgan, toat-ibodatni unutgan, boylik ilinjida birovning haqini yegan, birovga ozor bergan, rahm-shafqatdan yiroqlashgan, savob nimaligini bilmagan, dunyoga mukkasidan ketgan, oxiratni unutgan johil kishilardir.

  • Ikkinchi toifa vakillari – borliqni qalb ko‘zi birla ko‘radilar. Ular saxiy, mehribon, toat-ibodatda peshqadamdirlar. Qalb ko‘zi birla dunyoni ko‘rganlar uning mohiyatini anglab, o‘zlikni kashf qiladilar. Bu maydonni fursat anglab, oxirat taraddudiga tushadilar.

Bizning mohiyat: qalb ko‘zini ochmoqlik, o‘zlikni anglamoqlikdir. Haq yo‘lida Haqparvarlikni, Alloh bandasi ekanligini, ko‘ngliga, qalbiga jo aylamoqlikdir. Bul nasihat – har bandaki, uning vijdoniga havola.

Vijdon va poklik

Vijdon va poklik ezgulik bulog¢idir. O‘zlikni anglagan inson o‘z-o‘ziga savollar beradi: “Men kimman? Olam nimadan iborat? Umr o‘tkinchi ekan, manzil qaerda? Bu sinov maydonida qanday amallar bilan mashg¢ul bo‘lmog¢im kerak? Demak, Alloh buyurmagani gunoh ekan, savob yo‘lini tanlamoq lozim!”.

Kishi ana shunday savollar bilan qalbiga quloq tutadi. Bu vijdon amridir. U vijdon orqali poklik olamiga kiradi. Bu yo‘l, saodat yo‘lining ostonasidir.

Bizning mohiyat: tarbiya, tafakkur taraqqiyotini rivojlantirish, komillikka undash. Bul nasihat – har bandaki uning iymoniga havola.

Iymon, e’tiqod – Shariat

Dini islomda shariatning o‘z qonun qoidalari mavjudki, Jannat ilinjuda bo‘lgan har bir mo‘min uning amallariga bekamu-ko‘st rioya qiladi. Shariat yo‘lidagi kishi iymonli bo‘lmasa, uning tutgan ro‘zasi, o‘qigan namozi, bergan zakoti, Haj safari, yohud boshqa amallari ijobat bo‘lmagay. Iymonning ustuni – shariat, poydevori e’tiqoddir. E’tiqodsiz iymon bo‘lmagay, e’tiqodsiz shariat yo‘liga kirilmagay.

Bizning mohiyat: shariatga hurmat, mo‘min musulmonlarga izzat, mukammallik izlaganlarga xizmat. Bul nasihat – har bandaki uning sabriga xavola.

Mashaqqat va sabr

Gulzorga nazar solsangiz, bir xil o‘sgan gullar orasida ko‘kka bo‘y cho‘zganlari ham borlig¢ini ko‘rasiz. Shunga o‘xshab, shariat yo‘lini munosib bosib o‘tgan kishilarning ba’zilari sabr etagidan tutib, tariqatga qadam qo‘yadilar. Buning uchun mashaqqat chekmoq, sabr sarhadlarining achchiq mevalaridan tatimoq talab etiladi.

Mashaqqat nima?

Bu, shariatdan ustunroq, ziyodaroq amallar qilishdir.

Sabr nima?

Bu, nafsdan, nafsoniyatdan kechmoqlikdir. Mashaqqat va sabr yo‘lidagi kishining fanoga ishtiyoqi so‘nadi. Alloh vaslini qo‘msaydi. Bu esa, haqiqiy ishq belgisidir.

Bizning mohiyat: Uzlatdan birmuncha yiroq, xalq orasida xalq dardiga hamnafas bo‘lib, insonni faqat mukammallik orqali Haq yo‘lida sobitqadam etmoqlik (boshqalardan birmuncha farqli). Mukammal kishi mukammallikni o‘zi bilan olib ketmay, ma’lum qismini shogirdiga qoldirmog¢i lozim.

Riyozat

Riyozat, bu mashaqqatning ikkinchi ko‘rinishi bo‘lib, haqiqiy tariqat yo‘lidir. Tariqatda yurgan kishi haqiqiy so‘fiylik maqomini oladi. Bizningcha tariqatda ikki toifa kishilar mavjud:

Birinchi toifa, tariqat yo‘lida yurgan, mashaqqat, sabr orqali mukammallikka erishgan ilohiy Avliyolar, ya’ni So‘fiylardir.

Ikkinchi toifa kishilar, tariqat ilmini tahlil qilguvchi, tariqat ilmidan yaxshi xabardor bo‘lgan, tariqat ichida yurganlardir.

Faqat ilmga ega bo‘lmoqlik, so‘fiylik alomatini bildirmaydi. Haqiqiy mashaqqat, riyozat va zikr orqali Alloh vasliga yetgan, undan quvvat topgan zotlar so‘fiylardir.

Bizning mohiyat: tariqat ilmini puxta egallamoq. Sabr va mashaqqat sarhadlaridan munosib o‘tib, faqat mukammal shaxs sifatida shakllanmoqlikdir. Mukammal inson – Alloh quvvatiga musharrafdir.

Ilohiy ilm va ma’rifat

Yuqorida aytib o‘tganimizdek, cheksiz mashaqqat va Allohdan nasib etilgan quvvat orqali ilohiy ilm o‘z samarasini bera boshlaydi. Ya’ni, ul zot o‘z ilmi darajasida ilohiy mo‘jiza ko‘rsata olish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Demak, so‘fiy – chekkan mislsiz mashaqqatlar evaziga haqiqiy ilmi laduniy sohibiga aylanadi. Unga g¢oyibdan xabarlar kela boshlaydi.

Bizning mohiyat: mashaqqatda chidamli, sabrda ildam, Alloh yo‘lida sobitqadamlilik.

Mutloq ishq – Haqiqat

So‘fiylik maqomidagi zot Haqdan quvvat topib, uning haqiqiy oshig¢iga aylanadi. Ba’zida u o‘z quvvatini vujudiga sig¢dira olmay jazavaga tushadi. Haq taolo bilan suhbat qurib, natijasi o‘laroq, uning quvvatiga singib ketadi. Bu holat Haqqoniyat bilan uzil-kesil qo‘shilib ketishdir.

Bizning mohiyat: pok amallar bilan Haqdan quvvat topmoqlikdir.

Amaliyot va faqat amaliyot

Ko‘p ilmga ega bo‘lish, chiroyli gapirish, kitoblar yozish – masalaning bir tomoni xolos. Hayotning asosiy tomoni bu, amaliyotdir. Har qanday fikr, falsafa amalda qo‘llanilmasa, u safsatadan uzoq emas. Qanchalar aqlli, bilimdon insonlarni, dinda ilg¢orlarni uchratasanki, hayotda ularning ishlari yurishmay, sustkashlik, tushkunlik girdobiga yiqilgan holatlarini ko‘rib, hayotda, jamiyatda, oilada va o‘likda „amaliyot va faqat amaliyot bo‘lishi kerak“ degan chuqur xulosaga kelasan kishi. Amaliyot – inson uchun to‘xtamaslik nishonasi, mukammallik sari yo‘l.

Bizning mohiyat: har qanday ilmlarni hayotga, jamiyatga, oilaga va shaxsga tadbiq etish.

Kamina dunyo kezib, ilmu irfon izladim. Tariqat ilohiy ilmining mutafakkirlarini o‘zimga ustoz bildim. Ularning mo‘jizaga boy kashfiyotlarini faqat o‘rganibgina qolmasdan, balki, o‘z g¢oyalarim asosida ularni hayotda qo‘llash usullarining bir necha turlarini ishlab chiqdim. Bunday amallar – „Mukammallik sari o‘n to‘rt qadam“ g¢oyasini ilgari suradi.

Bundan maqsad nima? Maqsad, so‘fiylik olamining yangi qirralarini ochmoqlikdir. Aslida so‘fiylik – cheksiz xilqat. Avvalo, Haq taolo insoniyatni cheksiz imkoniyatlar manbai qilib yaratganining o‘zi bir baxtdir. Faqat shunisi ajablanarli holki, inson o‘ziga berilgan bunday imkoniyatdan foydalanmaydi. Sababi, o‘tkinchi dunyo tashvishlariga o‘ralashib qoladi, Haqdan yiroqlashadi. Bu esa o‘z-o‘idan ma’naviy ko‘rlikka olib kelib, u nafaqat o‘zini, balki atrofidagi odamlarni ham unutadi.

Bir davlatning ikkinchi bir davlat ustidan hukmronlik qilishi ham inson e’tiqodiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Qachon bunday hol ro‘y beradi? – degan savol tug¢iladi. Qachonki, e’tiqod kuchsiz bo‘lsa. Kuchsiz e’tiqod ma’lum kuchlar ta’siri ostida qolsa, u manqurtga aylanadi.

Bizning mohiyat: manqurtlikdan voz kechish, ilohiyot sirlarini o‘rganish orqali insonni haqiqiy kamolot cho‘qqisiga olib chiqishdir.

Buning uchun inson mukammallikka intilib yashashi lozim. Mukammallik bu nafaqat jismoniy, balki, ruhiy barkamollik, baquvvatlilikni talab etadi. Har ikkala ko‘rinishda maqsadga yetmoqni o‘ziga vazifa qilib qo‘ygan kishi so‘fiy harakatlar tizimi bilan shug¢ullanadi.

So‘fiy harakatlar tizimining ilmi tariqat bilan qanday aloqasi bor?

So‘fiy harakatlar tizimi kishini mukammal, ilohiy harakat san’atiga o‘rgatadi. Inson vujudida o‘n to‘rtta quvvat nuqtasi bo‘lib, uni uyg¢ota olgan kishi chinakam kuchlidir. Bu orqali u o‘zida ilohiy quvvat yig¢adi. Qo‘l tekkizmasdan, ichki quvvati bilan har narsani egish, yiqitish, sindirish, ko‘tarish kabi qobiliyatlarga ega bo‘ladi. Bu holat esa ilohiy harakatlar tizimi samarasidir.

Azaldan tarkidunyochilik qilgan so‘fiylar yolg¢iz yashaganlar. Ularning uzundan-uzoq umr ko‘rib, tashqi dunyoning salbiy ta’sirlaridan holi yashay olganlarining boisi, o‘z atrofida kuchli immun tizimini yaratgliklaridadir. Ya’ni, qarshi kuchlar ularga hech qanday ta’sir o‘tkaza olmaganlar.

So‘fiy harakatlar tizimi bunday mukammallikni yanada kuchaytirib, insonni barkamollikka undaydi. Bu holatda tarkidunyochilik qilish shart emas. Bizning mohiyatimizcha Haq yo‘lida yurgan inson Haqdan quvvat topib, xalq xizmatida bo‘lgani ma’quldir. Mukammallikka erishgan inson haqiqiy jonkuyar, saxiy va mehribon bo‘ladi. U ikki dunyo amallariga bir ko‘z bilan qaraydi. Xalq yo‘lida xalqparvarlik ham, Alloh bandalariga nisbatan buyuk savobdir .

Bizning amallar texnika taraqqiyoti, kimyoviy, yohud siyosiy taraqqiyot emas, balki insoniy taraqqiyotdir. Bunda inson avvalo o‘zligini kashf qiladi. Nimalarga qodir ekanligini anglaydi. Shunday insonlar borki, ular robotni kashf qilishi mumkin, biror texnika yaratib, uni osmonga uchirishi mumkin. Bu holat o‘zidan tashqari o‘zgacha kashfiyotdir. Inson avvalo o‘zini kashf qilishi kerak. Alloh unga ham cheksiz imkoniyatlar bergan. Temirni jonlantirib uchirgan inson, nega endi o‘zi uning yordamida uchadi. Nima uchun o‘zi ojiz? Masalaning mohiyati ana shunda. Chunki inson o‘z ustida ishlamaydi, o‘zini kashf qila olmaydi, buning murakkabligini his qilib, o‘ziga buyumlardan yordam izlaydi.

Mukammal insonning ortida nima qoladi? Albatta, mukammal avlod qoladi. Kamolot cho‘qqisiga intilgan odam nafaqat oilasiga, balki atrofidagi kishilarga ijobiy quvvat ta’sirini o‘tkaza oladi. Jamiyatga foydasi tegadi.

Bizning mohiyat, shaxsni har jihatdan mukammallikka erishtirish, ichki quvvatiy, ruhiy, fiziologik va jismoniy baquvvatlilikni yuzaga chiqarib, jamiyatga, oilaga va eng asosiysi ilohiy dunyoga tayyorlashdir.

Biz yuqorida „Mukamallik sari o‘n to‘rt qadam“ amaliy dasturi haqida gapirdik. O‘n to‘rt qadamning har bir bosqichi mukammallikni maqsad qiladi. Xo‘sh, mukammallikning o‘zi nima? Unga qanday erishish mumkin? Hayotda unga erishmoq uchun qaysi amaliyot yo‘lidan bormoq lozim?

Shuni aytib o‘tish joyizki, bu yo‘l barcha uchun ochiq emas. U faqat to‘xtovsiz intilish, g¢ayrat, fahm-farosat, yuksak axloq asosida o‘z ustida ishlay oladigan insongagina beriladi.

Alloh bizni yaratibdiki, ichki quvvatiy markazlarimizni, tanamizni ozuqaga–ilmga, quvvatga tashna qilib qo‘ygan. Demak, mukammallik o‘sha ozuqaning – ilmning darajasini yuqori qilib, kerakli joyga zarur narsani o‘z vaqtida yetkazib berish, tana ko‘zasini oltin xabarga to‘ldirish bilan teng.

Ushbu yo‘ldan yurmoqchi bo‘lganlar o‘z amaliyotida quyidagi tizimlar bilan mashg¢ul bo‘lmoqliklari lozim:

  • So‘fiy falsafasi;

  • So‘fiy hayot tarzi;

  • So‘fiy harakatiyoti (gimnastikasi);

  • So‘fiy xoreografiyasi (raqs san’ati);

  • So‘fiy jang san’ati;

  • So‘fiy nafasiyoti;

  • So‘fiy zikr tizimi;

  • So‘fiy hattotlik san’ati;

  • So‘fiy musiqasi;

  • So‘fiy adabiyoti va she’riyati;

  • So‘fiy tabobati;

  • So‘fiylikda Qur’oni Karim;

  • So‘fiylik karomati va maxfiy ilm;

  • So‘fiy pardozi.

Albatta bunday tizimlar so‘fiylikdagi hamma tariqatlarda ham mavjud emas. Mantiqan olib qaraydigan bo‘lsak, so‘fiylikda har qanday tizim o‘z ilmiy qarashlariga ega. Bizning mohiyat o‘z dasturini amaliyotda qollash bilan o‘zga tariqat, yohud so‘fiylik tizimlaridan keskin farq qiladi. Biz yuqorida so‘fiylikni cheksiz xilqat dedik. O‘tmishda buyuk bobokalonlarimiz ilmu irfonda o‘ziga xos maktab yaratdilar. Insoniy tafakkur taraqqiyoti bois, bunday maktablar yangilanib boradi va mukammallashadi. Bizdan keyingi avlod ham balki ilohiyot olamida mo‘jiza yaratarlar. Har qanday so‘fiylik tizimi o‘z dasturi bo‘yicha mukammal va ezgulik tomon intiladi.

Maqsad esa, yagona Alloh quvvatiga erishmoqlikdir.

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA