TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Qatron - So'fiy barkamollik maktabi

 

Zamonamiz sofiysi Safarboy ota hamisha shariatni hurmat bilib, tariqatda nur topgancha, marifatdan mavo izlab, xalq manfaati yolida beminnat xizmat qilgan orif insondir.

Xosh, Nursafardiyya maktabining g`oyasi qanday korinishga ega? Uning mazmun-mohiyatini nimalar tashkil etadi?

Nursafardiyya aynan tasavvuf dunyosining ichida, yani mag`zi botinida shakllanayotgan irfoniy maktabdir. Shayx Nursafardiyning bu borada mohiyatan qarashlari mavjud. Yani maktab quyidagilarni oz ichiga oladi.

Birinchidan, Alloh yolida sobitqadamlik. Toat-ibodat, zikr orqali Haq jamoliga intilish, Tangridan ilohiy quvvat topish. Yuksak tafakkur va toza qalb, botiniy musaffolik orqali Allohni doimo yodda tutish.

Ikkinchidan, nafs tarbiyasi. Ozlikni poklash. Vujudni nafsoniy xirslardan tiyish. Shaytonga xay bermoq. Nojoya, insoniy xislatlarga yot bolgan chirkin odatlardan voz kechish. Vujudni yuksak darajada tarbiyalab, ong quvvatini kamolot nuqtasiga yetkazish.

Uchinchidan, shariatga doimo hurmatda bolmoq. Uning shartlariga amal qilmoq. Nursafardiyning takidlashicha, har qanday sofiy avvalambor shariat yolini bosib otadi. Shariatsiz tariqat yoqdir. Demak, shariat mevasidan bahramand bolgan kishi, yohud sofiy hech qachon tuzluqqa tupurmasligi lozim. Chunki sofiyning sofiy darajasiga yetmog`ida shariatning ham munosib orni bor. Shariat shartlariga amal qilmoq chin sofiyga xos fazilatdir.

Tortinchidan, yosh avlod tarbiyasiga kuchli etibor qaratish. Tafakkur tarbiyasini kuchaytirish. Bu borada Nursafardiyning odob-axloq, tartib-intizom, insoniylik hulqlari xususida Nursafardiyya tafakkur tarbiyasi nomli tarbiyaviy ahamiyatga molik kitoblari mavjud.

Beshinchidan, har bir inson ruhan tetik, jismonan baquvvat bolmog`i lozim. Ana shundagina inson haqiqiy kamolot choqqisiga yetadi. Maktab qoshidagi sofiy jang sanati har bir insonni ham ruhan, ham jismonan yuksak darajaga kotaradi, manaviyatini boyitadi. Sog`lom turmush tarzi bilan taminlaydi.

Oltinchidan, Nursafardiyya maktabida tabobat muhim orin tutadi. Shayx Nursafardiy tabobat ilmida kuchli ilohiy ilmga ega bolib, xalq dardiga shifo izlab, ozining beminnat xizmati ila zamondoshlarimiz qalbidan joy olgan. Maktabning ushbu dasturi ham xalq yolidagi munosib harakatdir.

Yettinchidan, maktabning shunday shiori mavjudkim, Haq yolida haqparvar, xalq yolida xalqparvar. Demak, Haq yolida jonfidolik, riyozat va mashaqqat oz ornida bolsa, bir tomondan xalq yolida ham jonkuyarlik Nursafardiyning asl maqsadi. Shu orinda savol tug`iladi. Xosh, sofiy Nursafardiy Haq yolida sobitqadam ekan, xalq yolida qanday xizmat qilmoqda? Birinchidan, ilohiy ilm sohibi sofiy tabobati orqali minglab bemorlarning dardiga darmon bolmoqda. Ikkinchidan, yoqolib borayotgan bazi bir madaniy meroslarimizni asrab qolish ilinjida harakat qilib, uni kelajak avlodlarga yetkazmoqda. Bunga bazi xalq oyinlari, raqslari, laparlarini misol qilib keltirish mumkin. Uchinchidan, ota-onasiz qolgan yetim-esirlarni oz qaramog`iga olish, ularni bekam-i kost voyaga yetkazib, jamiyat uchun foydasi tegadigan farzand qilib tarbiyalamoqda. Tortinchidan, jamiyat va Vatan uchun sog`lom, baquvvat, botir va mard yigitlarning kamolot darajasini belgilovchi sofiy jang sanati orqali fidoyi farzandlarni tarbiyalamoqda.

Sakkizinchidan, ajdodlarimiz tasavvuf durdonalarini mukammal organish. Tariqat javohirlaridan bahra olib, madaniy choqqilarni zabt etish.

Toqqizinchidan, maktabning oziga xos dasturlarini xalq ommasiga havola etib, aholini undan bahramand etish. Yani, maktabning on tort darslik majmuasini nashrdan chiqarish (shu kunga qadar maktab hayotiga bog`liq bir necha kitob nashrdan chiqib, oz oquvchisini topib ulgurdi).

Oninchidan, Nursafardiyya maktabi sofiy maktabidir. Uning talimoti faqat ezgulikka, Haq yolida iymonli bolishga, insonlar orasida mehr-oqibatni asrashga, Vatanga fidoyi, halollik va chinakam mardlik tuyg`usi bilan yashamoqlikka qaratilgandir.

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA